OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI “Amaliy matematika” yo’nalishi 101-20 guruh talabasi Shokirova Hayitgulning “Matematika va informatika oʻqitish metodikasi” fanidan
MUSTAQIL ISHI Tekshirdi: Ma’ruf Tojiyev
Jizzax -2023
Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning o’qitish metodikasi Reja: 1.Algoritm nima, uning kelib chiqish tarixi 2.Algoritmlash asoslari 3. Algoritmning tasvirlash usullari
1.Algoritm nima, uning kelib chiqish tarixi Algoritm so’zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 – 850) nomi bilan uzviy bog’liq. Algoritm so’zi al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag’ishlangan «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va almuqobala» nomli risolasida birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplari va undagi to’rt amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qolgan. Odatda, inson o’z hayotiy tajribasi yoki o’zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma’lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko’rsatma yoki buyruglar ketma-ketligini bajarish orgali kozlagan maqsadiga erishadi. Bunday ko’rsatma va harakatlar ketma-ketligi algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi deb atash mumkin. Har qanday algoritm amallarni belgilab beruvchi qoida bo’lib, uning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natija kelib chiqadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, algoritm tarkibidagi umumiy jihatga egahar bir amal esa algoritmning qadami deb ataladi.