Amaliy matematika fakulteti


-misol. n va m natural sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisi topilsin



Yüklə 77,36 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü77,36 Kb.
#196754
1   2   3   4   5   6   7   8
Algoritm tushunchasi mustaqil ishi

1-misol. n va m natural sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisi topilsin.
1) boshlansin;
2) agar n = m bo‘lsa, n natija deb olinsin va 6-bandga o‘tilsin;
3) n va m sonlarning kattasi aniqlansin;
4) n va m sonlarning kattasi o‘zi bilan kichik sonning ayirmasiga teng deb olinsin;
5) 1-bandga o‘tilsin;
6) tugallansin.
2-misol. Tomonlarining uzunliklari a, b, c bo‘lgan uchburchakning yuzi hisoblansin.
Quyida keltirilgan “Uchburchakning mavjud bo‘lish shartini tekshirish” algoritmidan foydalanib, avval uchburchakning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaymiz. Agar uchburchak mavjud bo‘lsa, uning yuzini hisoblaymiz, aks holda hisoblamaymiz. Bu ham natija sanaladi.
1) a, b, c qiymatlar aniqlansin;
2) agar a<=0, yoki b<=0, yoki c<=0 bo‘lsa, uchburchak tomonlarining uzunligi manfiy son bo‘la olmaydi, deb olinsin va 5-bosqichga o‘tilsin;
3) agar ((a+b<=c) va (a+c<=b) va (b+c<=a)) bo‘lsa, uchburchak mavjud emas, deb olinsin va 5-bosqichga o‘tilsin;
4) yarim perimetr P=(a+b+c)/2 hisoblansin;
5) yuza: S=√(P*(P-a)*(P-b)*(P-c)) hisoblansin;
6) tugallansin.
Yuqoridagi barcha xossalar bajarilgandagina, ko‘rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligi algoritm bo‘la oladi hamda u qandaydir (ijobiy yoki salbiy) natijaga ega bo‘ladi.
3.Algoritmning tasvirlash usullari
Algoritmning tasvirlash usullari .Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1.Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
2. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.

Yüklə 77,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin