OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi
“Matematika va informatika oʻqitish metodikasi” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Maktab “Informatika va hisoblash texnikasi” kursning mazmuni va maqsadlari.
Bajardi: Davlatov Orifjon
Tekshirdi: Ma’ruf Tojiyev
Jizzax -2023
Mavzu: Maktab “Informatika va hisoblash texnikasi” kursning mazmuni va maqsadlari.
Reja:
1. Axborot va uning turlari.
2. Fanning predmeti va vazifasi.
3. Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi. Axborot va uning turlari.
Fanning predmeti va vazifasi
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan o’zviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashqil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini ustirish, kompyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o’qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bulaklarga bo’lib, matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni kompyuterga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni urgatishdan iboratdir.
Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o’rni
Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axoborotlarni o’zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg’or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: "tosh asr" - mexnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, "kitob chop etish asri" - axborotni tarqatishni yangi usulini o’zlashtirish bosqichi, "elektr asri" - quvvatning yangi turlarini o’zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 yillar ilgari "atom asri" boshlandi deyilgan bo’lsa, hozirgi kunda "axborot asri", "Kompyuter asri" deb aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |