Amaliy matematika



Yüklə 35,9 Kb.
səhifə2/2
tarix28.05.2022
ölçüsü35,9 Kb.
#59841
1   2
DAVRON UZ TARIX

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasini 1990 yil 20 iyunda qabul qilgan.
SSSR tarkibidan eng birinchi Boltiqbo‘yi respublikalari 1990 yildayoq — 11 martda Litva, 4 mayda Latviya, 8 mayda Estoniya chiqib ketgan. Qolgan ittifoqdosh respublikalar 1991 yil avgustidagi GKChP voqeasidan keyin ittifoqni tark etishdi. Turkmaniston 27 oktabr, Qozog‘iston 16 dekabrda o‘z mustaqilligini eng oxirida e'lon qilishgan.
19–21 avgust kunlari ro‘y bergan GKChP hodisasi ortidan ittifoqdosh respublikalarning aksariyati o‘z mustaqilligini e'lon qilgani bilan SSSR hali hujjatlarda yashashda davom etaverdi.
1991 yil 8 dekabr kuni Belarus o‘rmonlarida joylashgan Belovej qarorgohida Rossiya prezidenti Boris Yelsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravchuk, Belarus Oliy Kengashi raisi Stanislav Shushkevich tomonidan SSSRni tarqatib yuborish va uning o‘rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilmasini tuzish haqida hujjatlar imzolandi.


3. QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi.
O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.
Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.


4. 1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari inti¬layotgani uning yangi Ittifoq shart¬nomasini ishlab chiqish jara-yoniga res¬¬pub¬lika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve¬ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor¬xona¬lariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil 20- sen¬tabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple¬numida so‘zlagan nutqida res¬publikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifa¬larini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah¬kamlash tarafdorimiz“, — degan edi. Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ular¬ga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi.
1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi.
Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi.
SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi. 1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiq¬bo‘yi respub¬likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakil¬lari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi.
Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, marka¬ziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saq¬lash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yan¬gi-lalash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. 1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.


5. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning uziga xos xususiyatlari
O‘zbek modeli tushunchasi
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir
Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh isloqotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.
Taraqqiyotning "O'zbek modeli”
Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi.
Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi.
Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi.
O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li
Bu asar Prezident Islom Karimov tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O'zbekiston taraqqiyotining o'ziga xos yo'li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi., bu asar 5 qism, bo'limlarni o'zida ifoda etadi. Bular: 1. O'z yo'limizning shart-sharoiti va zaminlari. 2. O'zbekiston demokratik va itimoiy adolat jamiyati. 3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat. 4. Ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish - mustaqil O'zbekiston ichki siyosatining negizlari. 5. Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari.
Bizning bosh strategik maqsadimiz
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon qayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo'lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ozbek modeli haqida hamkorlar fikri.
O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o'ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
Yüklə 35,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin