O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” YO’NALISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
TAYYORLADI: 925-21 GURUH TALABASI D.KARIBOYEV
QABUL QILDI: O.ORTIQOV
1-topshiriq
1.O’zbekiston tarixini o’rganishning qanday uslubiy asoslari mavjud?
2.Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?
3.«Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?
4.O’zbekiston Respublikasi tashkil etilishida qaysi jixatlarga ko’proq e’tibor berildi?
5.Taraqqiyotning «O’zbek modeli» xaqida so’zlang?
Javoblar
1. XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o‘zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va «Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun bilan mustahkamlandi.
1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro’yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo 20-asr xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga qo’shildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida o’zining munosib o’rnini egalladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G’arbni bog’lab kelgan. Uning maydoni 447,4 ming kv.km ni tashkil etib, G’arbdan Sharqgacha 1425 km ga, Shimoldan Janubgacha 930 km ga chqzilgan. Respublika tarkibida 12 viloyat va Qoraqalpog’iston Respublikasi, 165 qishloq tumani, 120 shahar va 116 shaharcha, 1421 qishloq (ovullar) mavjud.
O’zbekistonda 100 dan ortiq millatlar va elatlarning vakillari bo’lgan, 25 millionga yaqin kishi yashaydi. Aholini to’rtdan uch qismiga yaqini o’zbeklardir. Respublika aholisining yarmidan ko’proq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining 60 foizga yaqinini bolalar, o’smirlar va 25 yoshga etmagan yigit-qizlar tashkil etadi. O’zbekiston qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor yerlar, kuchli iqtisodiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatdir.
2. SSSR qanday parchalangandi - qabohat saltanatining yo‘qlikka yuz tutish sabablari
XX asr — insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan falokatlar solgan ikkita jahon urushi bilan birga ikkita kuchli davlat, SSSR–AQSh qarama-qarshiligi orqali yodda qoldi. Bu ziddiyat, ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin kuchaydi. SSSR urush g‘olibi sifatida dunyo sotsializmining rahnamosi bo‘lgan bo‘lsa, AQSh jahon kapitalizmi peshqadami bo‘ldi.
Bunda dunyo davlatlarini o‘z tomoniga og‘dirishda AQSh ko‘proq o‘z kapitaliga suyandi, SSSR esa zo‘ravon siyosatga. Masalan, o‘z fuqarolariga qilingan ko‘plab zo‘ravonliklar yetmaganday ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng SSSR g‘olib sifatida Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir nechta davlatlarni majburiy tarzda sotsializm boshqaruviga o‘tkazdi. Shu tariqa bu davlatlar SSSRga tobe bo‘lib qoldi.
Albatta, ular orasida SSSRga tobe bo‘lishni xohlamay jahon hamjamiyatidagi boshqa davlatlar bilan o‘zaro teng huquqli munosabat o‘rnatishni xohlaydiganlari ham chiqdi. Ammo SSSR unday harakatlarni kuch bilan bostirib, qonga botirdi. 1954 yil Vengriya, 1968 yil Praga voqealari shular jumlasidan.
Tarixdan ma'lum, zo‘ravonlikda haddidan oshgan davlatlarning hech biri uzoq yashamagan. SSSR ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu davlat 69 yil umr ko‘rib, parchalanib ketdi.
Bu parchalanishga 1985 yil 11 mart sanasida KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh sekretari etib tayinlangan Mixail Gorbachyov ham tom ma'noda «yaxshi» hissa qo‘shdi.
Gorbachyov rahbar bo‘lgan paytda bir tarafdan afg‘on urushi, ikkinchi tarafdan G‘arbning o‘sha urush tufayli SSSRga joriy qilgan iqtisodiy sanksiyalari ortidan mamlakat og‘ir ahvolga tushgan edi.
Dostları ilə paylaş: |