Amaliy matematika


Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish



Yüklə 157,35 Kb.
səhifə6/7
tarix24.10.2022
ölçüsü157,35 Kb.
#66042
1   2   3   4   5   6   7
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish tartibi va ularning n

2.2 Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish

Quyidagi hollarda asosiy vositalar inventarizatsiyasi muqarrar o’tkaziladi:



  • Asosiy vositalar ob’ektlari ijaraga berilganida yoki davlat tasarrufidan chiqarilganida;

  • Yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;

  • Moddiy javobgar shaxs almashganida;

  • O’g’irlik va suiiste’mollik hollari aniqlanganida;

  • Yong’in yoki boshqa tabiiy ofatlar yuz berganida;

  • Asosiy vositalar qayta baholanganida;

  • Korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilganida.

Inventarizatsiyani korxona rahbari buyrug’i bilan tayinlangan komissiya o’tkazadi. Komissiyaning vazifasi asosiy vositalarni saqlash va undan to’g’ri foydalanishni tekshirishdan iborat. Komissiya korxonaga kerak bo’lmagan asosiy vositalarni aniqlashi hamda ular bo’yicha alohida ro’yxat tuzishi kerak. Inventarizatsiya yakunlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxati tuziladi. Ro’yxat moddiy javobgar shaxs va komissiya tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan haqiqiy mavjud mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o’rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks ettiriladi:
Masalan, «Bobur» hissadorlik jamiyatida hisobot yilida boshlang’ich qiymati 240000 so’mlik jihoz kamomadi aniqlandi. Jihozga hisoblangan eskirish 160000 so’m. Jihoz aybdor shaxs topilmaganligi sababli davr xarajatlariga o’tkazildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • Boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 240000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 240000 so’m.

  • Eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlar eskirishi» - 160000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 160000 so’m.

  • Kamomad summasi qimmatliklarning me’yordan ortiqcha tabiiy yo’qolishidan ko’rilgan talofatlarni hisobga olish hisobvarag’iga o’tkazildi (240000-160000)=80000 so’m;

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 80000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 80000 so’m.

  • Agarda aybdor shaxs aniqlanmasa kamomad summasi davr xarajatlari tarkibida aks ettiriladi – 80000 so’m:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 80000 so’m
K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 80000 so’m.
Agarda asosiy vositalar kamomadi bo’yicha aybdor shaxs aniqlansa, kamomad summasi aybdor shaxsdan undiriladi.
Masalan, «Bobur» hissadorlik jamiyatida hisobot yilida boshlang’ich qiymati 50000 so’mlik jihoz kamomadi aniqlandi. Jihozga hisoblangan eskirish 23000 so’m. Jihoz qiymati aybdor shaxsdan ikki hissa qilib undirildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • Boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 50000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 50000 so’m.

  • Eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlar eskirishi» - 23000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 23000 so’m.

  • Kamomad summasi qimmatliklarning me’yordan ortiqcha tabiiy yo’qolishidan ko’rilgan talofatlarni hisobga olish hisobvarag’iga o’tkazildi - 27000 so’m;

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 27000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 27000 so’m.

  • Kamomad summasi ikki hissa qilib undirish asosida moddiy javobgar shaxs zimmasiga o’tkazildi (50000-23000)*2=54000 so’m;

D-t 4730-«Yetkazilgan moddiy zararni qoplashda xodimlarning qarzi» - 54000 so’m
K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 27000 so’m
K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotilishidan olingan foyda» - 27000 so’m.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi:
D-t Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari
K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».

O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o’z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim.


Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.
Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMS va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asoslanadi.
«Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o’tkaziladi.
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMSga asosan asosiy vositalar inventarizatsiyasini o’tkazishdan oldin quyidagilarni aniqlash lozim:

  • Inventar kartochkalar, inventar varaqalarning mavjudligi va holatini;

  • Тexnik pasportlar va boshqa texnik hujjatlarning majudligi va holatini;

  • Korxonaga ijara asosida, saqlashga yoki vaqtincha foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarning mavjudligi va holatini.

Takliflar: inventarizatsiya haqida o’quvchilarga kengroq qilib yoritilib berilgan o’quv qo’llanmalari va korxonalarda inventarizatsiya o’tkazish tartibi va inventarizatsiya vaqti davomida rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan hujjatlar haqida kengroq yoritilgan o’quv qo’llanmalar yozilsa o’quvchilar inventarizatsiya haqida kengroq va mukammal tushunchaga ega bo’lishadi. Amaliy darslarda sinf xonasida, yoki ta’lim muassasasining o’zida inventarizatsiya ishlarini o’quvchilarning o’zlari olib borishsalar va hujjatlarda rasmiylashtirib ko’rsalar ularning tajribasi oshadi.


Yüklə 157,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin