Andijon davlat pedagogika instituti rektori B. Rasulovga



Yüklə 40,1 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü40,1 Kb.
#181993
  1   2   3   4   5
rasmiy ish hujjatlari na`munalari


Andijon davlat pedagogika instituti
rektori B.Rasulovga
“Maktabgacha ta`lim” fakulteti
“Maktabgacha ta`lim” ta’lim
yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh
talabasi Karimova Gulshodadan

A R I Z A

Men, Karimova Gulshoda ariza yozishimdan maqsadim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 20-sentabrdagi “Talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va turar joy bilan ta’minlash” bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining 223-son bayoniga asosan yashash manzilim uzoqligi hamda ijara xodonda istiqomat qilayotganimni inobatga olgan holda sentabr va oktabr oyi ijara pullarini 50% ni ijara shartnomasiz to‘lab berilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.




G.Karimova __________ 20.11.2023-yil
(imzo)


Tarjimai hol
Men Shokirov Nosirjon Nozimjon o`g`li 1995-yil 9-aprelda Andijon viloyati Andijon shahrida tug`ilganman. Millatim o`zbek, ma`lumotim o`rta maxsus.
2002-yil sentabr oyida Andijon shahridagi 8-umumta`lim maktabining 1-sinfiga qabul qilindim. 2011-yilning may oyida mazkur maktabning 9-sinfini tamomladim.
2011-yilning may oyidan sentabr oyiga qadar ota-onam qaramog`ida bo`ldim.
2011-yil sentabr oyidan Andijon Moliya-iqtisodiyot kollejiga “Buhgalteriya hisobi va audit” yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilindim. 2014-yil mazkur kollejning to`liq kursini tamomladim.
2014-yilning iyun oyidan hozirgi kunga qadar ota-onam qaramog`idaman.
Oila a`zolarim
Otam: Shakirov Nozimjon Nizomdjonovich 1972-yil 10-fevralda Andijon shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus. Hozirda vaqtincha ishsiz. Muqaddam haydovchilik bilan shug`illangan.
Onam: Shakirova Muxtasarxon Tursunboyevna 1975-yil 22-aprel kuni Andijon shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus. Hozirda uy bekasi. Muqaddam ish faoliyatiga ega emas.
Akam: Shakirov Bobirjon Nozimjon o`g`li 1993-yil 14-iyun kuni Andijon shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus. Hozirda hunarmand.
Ukam: Shokirov Botirjon Nozimjon o`g`li 1998-yil 10-fevralda Andijon shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Hozirda Andijon Moliya-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich talabasi.
Men va oila a`zolarim muqaddam sudlanmaganlar, turli diniy oqimga a`zolar yo`q. Chet davlatida yashovchilar yo`q.
Men va oila a`zolarim hozirda Andijon shahar 9-ariq fuqarolar yig`ini Baynalminal ko`chasi 6-uyda istiqomat qilamiz.
Ushbu tarjimai holni o`z so`zim bilan to`liq, to`g`ri yozdim.


N.N.Shokirov
Andijon davlat pedagogika instituti
“Maktabgacha ta`lim” fakulteti
“Maktabgacha ta`lim” ta’lim
yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh
talabasi Karimova Gulshodadan



Yüklə 40,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin