Amaliy matematika va fizika fakulteti Fizika va astronomiya kafedrasi



Yüklə 4,85 Mb.
səhifə7/7
tarix12.10.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#154262
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

BAHOLASH TURLARI
  • Kuzatish
  • O‘qish
  • Tinglash
  • O‘z-o‘zini yoki o‘rtog’ini baholash
  • Elektron baholash
  • 3. Fizikani o‘rganishning zamonaviy texnologiyalari va metodlari.
  • Zamonaviy sharoitda yaxlit pedagogik jarayon, uning alohida tarkibiy qismlari, pedagogik faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liqlikda metodika va texnologiya tushunchalari ko‘p qo‘llaniladi. Hatto, mazkur tushunchalar mohiyatini tavsiflashda ham xilma-xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, pedagogik sohada faoliyat yurituvchi shaxslar o‘rtasida ham ko‘pgina tortishuv, bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni umumlashtirish orqali mazkur tushunchalarning aniq ta’rifini shakllantirish mumkin.
  • Umumiy ma’noda “metodika” tushunchasi ma’lum bir ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan metod va usullar yig‘indisidir. Ko‘pgina izohli lug‘atlarda ham “Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi”ni ifoda etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
  • “Metodika” tushunchasiga berilgan xilma-xil ta’riflarga tayangan holda quyidagi umumlashmalarga kelish mumkin:
  • 1) metodika - bu o‘qituvchi ishini tashkil etishning shakl, metod va vositalari;
  • 2) ma’lum bir faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metod va usullar yig‘indisi;
  • bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish, rejali va tizimli amalga oshirishga yordam beruvchi usullar yig‘indisi.
  • “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liklikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
  • Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi metodika ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog‘liq metod, metodik usullar, vosita va tashkiliy chora -tadbirlar majmuidir”.
  • G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlarning fikricha, “O‘qitish metodikasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”.
  • O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
  • hayot bilan uyg‘unlik;
  • qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik;
  • aniqlik;
  • rejalashtirilgan harakat maqsad va vazifalariga moslik;
  • asoslanganlik;
  • natijaviylik.
  • Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi o‘zida:
  • - ta’limning maqsad va vazifalarini - ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy;
  • - ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
  • - ta’lim mazmunini;
  • - ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
  • - ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
  • - o‘quv vositalari;
  • - o‘qitish natijasini aks ettiradi.
  • O‘qitish metodikasi mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz:
  • 1) o‘rgatish- o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati;
  • 2) o‘rganish- anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi;
  • 3) o‘qitish- qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati;
  • 4) ta’lim- o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi;
  • 5) bilim- ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi;
  • 6) ko‘nikma- egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash;
  • 7) malaka- avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi;
  • 8) maqsad- o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi;
  • 9) mazmun-o‘qitish jaarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
  • 10) tashkil etish- qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon;
  • 11) shakl- o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq;
  • 12) metod- o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li;
  • 13) vosita- o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt;
  • 14) natija- o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
  • “Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techno” - mahorat, san’at va “logos” - tushuncha, ta’limot, fan ma’nosini anglatadi. “Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi - (inglizcha “An educational technology”) ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot demakdir. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta’rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g‘oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud.
  • “Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir”
  • Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
  • Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ta’lim tizimining barcha turlarida qo‘llash imkonini beradi.
  • Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fani, alohida ta’lim oluvchilar guruhi, ma’lum ixtisoslikka mansub pedagoglarga yo‘nalganlikni aks ettiradi.
  • Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv- tarbiya jarayonining alohida tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
  • “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi.
  • Pedagogik texnologiya atamalarini ta’rifini berib o‘tamiz:
  • Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
  • O‘qitish texnologiyasi - o‘quv mashg‘ulotining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashtirish, har bosqichda qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalarini oqilona tanlab olish, vazifalarini oydinlashtirish qaratilgan algoritmik ketma-ketlik.
  • Tarbiya texnologiyasi- tarbiya natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon.
  • Identiv o‘quv maqsadi- texnologik jarayonning asosiy komponenti bo‘lib, kutiladigan natijaga aynan mos keladigan o‘quv maqsadi.
  • Interfaol metod- o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham professor-o‘qituvchi, ham o‘quvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmui.
  • Grafik organayzerlar - o‘quv jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishishda yordam beruvchi chizma, jadval, grafiklar majmui.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin