>turli axborot manbalaridan zaruriy ma’lumotlarni topa oladi, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llaydi; >tabiiy fanlardan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muammolarni hal etishda qo‘llay oladi;
>hodisalarni kuzatadi, taqdimotlar, tajribalar o‘tkazadi va zaruriy kattaliklarni asboblar (sekundomer, tarozi, o‘lchov tasmasi, termometr va h.k) yordamida o‘lchaydi, hisoblash ishlarini bajaradi;
>turli jihozlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi va oqilona foydalanadi;
>o‘z turmushi va yashayotgan hududining barqaror rivojlanishiga amaliy ko‘nikmalarini safarbar etadi;
>insoniyat va tabiatning uzviyligini anglagan holda, tabiat va tabiiy boyliklaridan samarali foydalanadi;
>atrof muhit va ekologiyaga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etadi hamda asraydi va o‘z faoliyatida sog‘lom turmush tarziga amal qqiladi;
>kundalik faoliyatida ijodiy va mantiqan fikrlab, o‘zining intellektual rivojlanishini ongli rejalashtiradi, o‘quv faoliyati natijalarini nazorat qiladi va baholaydi.