Topshiriqlar 1:
«Мастер функций» ni ishga tushuring.
«Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchaga ega. «Категория» darchasida 11 ta funktsiyalarning kategoriyalari berilgan. Funktsiyalardan biri tanlansa, «Выберите функцию» muloqot oynasida shu fonktsiya kategoriyasiga tegishli ro‘yxat chiqadi. Ruyxatlar darchasidan funktsiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan:
Funktsiyalar tanlangandan so‘ng «Ok» tugmasini bosing.
Ish kitobi va ish varao‘ida natijalarni tekshirish uchun tajriba uchun biror funktsiyani hisoblab ko‘ring.
«Мастер функций» bilan ishlash haqida tavsiyanomalar:
Agar tanlangan funktsiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «Справка» (Ma’lumot) tugmasiga olib borib bosing.
Yangi funktsiyani kiritishda «Мастер функций» avtomatik ravishda qator boshiga «=» (teng) belgisini qo‘yadi.
«Мастер функций» ni chaqirishda yacheyka bo‘sh bo‘lmasa, unda yacheykadagi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi.
«Мастер функций» ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funktsiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funktsiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa kiritishni amalga oshirish uchun «Мастер функций» ni ishga tushirish kerak.
Dostları ilə paylaş: |