Amaliy matematika



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə19/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#45720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
TAT-2019-NAMANGAN-Uslubiy ko'rsatma

Amaliy mashg‘ulot №9

Mavzu: Taqdimotlar muharrirlari va ularda ishlash.

Ishning maqsadi: Taqdimotlarni yaratish va ularda ishlashni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: MS Power Point - grafik tasvirlar tayyorlash va prezentatsiyalar hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan prezentatsiyalarda oddiy animatsiyalar tashkil qilish mumkin.

Power Point dasturiy mahsuloti asosan prezentatsiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentatsiya - ma’ruza, biznes reja va hokazolar bo‘lishi mumkin. Har bir prezentatsiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.

MS Power Point yaratgan hujjatlarini Office ning boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida, rasm ko‘rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni berilgan.

O
datda MS Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Пуск» tugmasi bosiladi, menyuning «Программы» bandidan MS Power Point nomli qismi ishga tushiriladi.

MS Power Point ishga tushganda quyidagi oynani ko'ramiz

«Strelka» orqali ko‘rsatilgan oynachada Power Point prezentatsiya yaratishning to‘rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:

Power Point Masteri orqali prezentatsiya hosil qilish; (Bu variant tanlanganda so‘rovlar orqali qanday prezentatsiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentatsiya hosil qilinadi.)

Biror shablon ko‘rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentatsiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon ko‘rinishida perezentatsiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. Shablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Общие», «Web-страницы», «Презентации», «Дизайны», «Презентаций». Masalan Web-sahifa hosil qilmoqchi bo‘lsak, «Web- страницы» bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo).

Bo‘sh prezentatsiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentatsiya hosil qilib beradi).

Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentatsiyalar ro‘yxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.) (2-rasm).



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin