Amaliy matematika



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə22/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#45720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
TAT-2019-NAMANGAN-Uslubiy ko'rsatma

Amaliy mashg‘ulot №11

Mavzu: MS Power Point dasturida slaydlarni boshqarish. (2 soat)

Ishning maqsadi: Taqdimot slaydlarida rasm, diagramma, jadval, tovush videokliplardan foydalanish va ularni boshqarishni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: Prezentatsiyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri MS Power Pointda tayyorlanadigan Prezentatsiya slaydlarida rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplar va hokazolarni joylashtirish imkoni berilgan.

Slaydda rasmlar joylashtirish

P
ower Point ning o‘zida bo‘lgan rasmchalar to‘plamidan biror rasmni joylashtirish «Стандартный» panelidan

«Добавить картинку» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

«Добавить картинку» tugmasini bosganda quyidagi oynani ko'ramiz:




Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Вставить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi.

Agar o‘zimiz hosil qilgan biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmokchi bo‘lsak, menyuning «Вставка» bandidan «Рисунок» bandi va bu banddan «Из файла...» qism bandini tanlasak, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:




Bu yerdan kerakli faylni tanlab «Добавить» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnga quyiladi.

Slaydga obyektlarni joylashtirish. MS Power Pointda Windows qo‘llab quvvatlagan har qanday obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point menyusining «Вставка» bandidan «Объект...» qismi quyidagicha tanlanadi:



Bizga quyidagi ko‘rinishda oyna hosil bo‘ladi:




Bu oynadan slaydda joylashtiriladigan obyekt turi tanlanadi va OK tugmasini bossak kursor turgan joyda obyekt joylashadi va uni o‘zgartirish uchun shu obyektning muharriri ochiladi.

Agar biz matnda oldindan tay/langan obyektni joylashtirmoqchi bo‘lsak, shu oynadan «Создание из файла» bandini yuklatib, obyekt saqlangan faylni ko‘rsatishimiz kerak va OK tugmasi orqali ushbu obyekt matnimizga qo‘yiladi.

MS Power Point dasturida animatsiya yaratish

Animatsiya - slaydga qo‘yilgan obyektlarning ma’lum tartibda hosil bo‘lishi.

Slayd uchun animatsiyani o‘rnatish uchun menyuning «Показ слайдов» bandidan «Настройка анимации...» qismi tanlanadi, unda quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:

«Время» bo‘limining «Объект без анимации» qismidan animatsiya o‘rnatilmagan obyekt tanlanib uni «Анимации» qismidan faollashtiriladi. Bu yerda qachon faollashishi sichqoncha tugmasi bosilganda ,ki bir necha daqiqadan keyin faollashishi ko‘rsatiladi (3-rasm).

«Эффекты» bo‘limidan belgilangan obyekt uchun effektni tanlaymiz, shu effekt shaklida tanlagan obyektimiz hosil bo‘ladi. Shu effekt bajarilayotgan paytda biror ovoz chiqarilishi kerak bo‘lsa uni ham tanlaymiz. Animatsiya tugagandan keyin bo‘ladigan holatni ham tanlasa bo‘ladi. Barcha amallar bajarib bo‘linganidan keyin taqdimot avtomatik yoki qo‘lda boshqarilgan holda namoyish qilinadi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin