Topshiriq:
Axborotlarni kodlash haqida tushuncha bering.
Axborotlarning turlarini ayting.
Axborotlarning miqdoriy ifodalanishini tushuntiring.
Topshiriq:
Axborot miqdorini uning o‘lchov birliklari yordamida ifodalang:
0‘zingiz haqingizdagi ma’lumot (ism, familiya, manzilgoh) qancha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabayt bo‘lishini hisoblang.
Yumshoq magnitli disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompyuterning qattiq diski (vinchesteri) hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompakt disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Flesh disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Agar 45A sahifali kitobning har bir sahifasi 30 ta satr va har bir satrida 65 tadan belgi mavjud bo‘lsa, kitobdagi jami belgilar necha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabaytlardan iborat bo‘lishini hisoblang. Bu yerda A - talabaning guruh jurnalidagi tartib raqami.
3-topshiriq.
Respublikamizga ilk bor qanday rusumli EHM qayerga o‘rnatildi?
Respublikamizda “Informatika” fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
Mamlakatimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” rivojlanishi haqida qanday Qonun va Qarorlar ishlab chiqarilgan?
Axboriy jarayonlarga misollar keltirib daftaringizga yozib keling?
Axborot sohasida qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y bergan? Bu o‘zgarishlarni o‘rganib keling?
Respublikamizda axborotlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur qanday qismlarga bo‘linadi?
O‘zbekistonda birinchi marta Internet festivali qachon bo‘lib o‘tdi?
Nazorat uchun savollar:
“Informatika” fani haqida nimalarni bilasiz?
Axborot nima? U haqida nimalarni bilasiz?
Axborot texnologiyalar nima?
Axborotlashgan jamiyat deganda qanday jamiyatni tushunasiz?
Axborotning qanday miqdoriy o‘lchovlari mavjud?
Axborot qanday saqlanadi?
Axborotlarni kodlash nima, axborotlarni kodlashga qanday zaruriyat bor?
Triada va tetrada tushunchalarini izohlang.
Dostları ilə paylaş: |