Funksiya faqat chaqirilgan vaqtda ishlaydigan kod blogi hisoblanadi. Funksiyaga parametrlar sifatida ma'lumotlarni uzatish mumkin. Funksiyalar muayyan bir vazifani bajarish uchun ishlatiladi. Kod yozish jarayonida yaratgan funksiyadan bir yoki bir nechta marta ishlatish yoki umuman ishlatmaslik imkoniyatiga egasiz.
Funksiya yaratish.
Siz ko'p marta funksiyani ushbu darsgacha ishlatib keldingiz. main() ham bir funksiya hisoblanadi. dastur ishga tushgan vaqtida birinchi bo'lib ushbu funksiya ishlaydi. Bu standart funksiya bo'lib siz ham shu kabi funksiyalar yaratishingiz mumkin.
Funksiya yaratish uchun birinchi funksiya qaytaradigan tip yoki funksiya turi keyin nomi va () ochiladi. qavs ichida siz ma'lumotlar ya'ni parametrlarni qabul qilasiz.
void myFunction() {
// Bu qiymat qaytarmaydigan funksiya
}
Misol tushuntirildi.
myFunction() funktsiya nomi
void funktsiya qiymat qaytarmaydigan funksiyaligidan dalolat beradi.
{ } bu funksiya tanasi bo'lib. Bu yerda o'zingizga kerakli kodni kiritishinigiz mumkin. Unutmang main() funksiyasida nima amal bajarsangiz bunda ham shunday amalni bajarishiningiz mumkin.
Funksiya Chaqirish Funksiya o'zidan o'zi ishlab ketmaydi. Funksiyani chaqirishdan so'ng ishga tushadi. Funksiyani qayta qayta foydalanishiningiz mumkin. Funksiyani chaqirish uchun funksiya nomi ikki qavs () va nuqtali vergul bilan tugallanadi.
#include using namespace std;
void myFunction() {
cout << "I'm a developer. MasterSherkulov!";
}
int main() {
myFunction();
return 0;
}