DASTURLASH I
13-HAFTA
Mavzu: Ko‘p o‘lchovli massivlar
Hafta
|
Mavzu
|
Mashg‘ulot turi
|
Soat
|
Mashg‘ulot mazmuni
|
13-haf-ta
|
Ko‘p o‘lchovli massivlar
|
13-Ma’ruza
|
2
|
Ikki o‘lchovli massivlarni e’lon qilish va ishlatish. Ko‘p o‘lchovli massivlar.
|
Lab_13.1
|
2
|
Ikki o‘lchovli massivlarga doir dasturlar tuzish.
|
Lab_13.2
|
2
|
Ikki va ko‘p o‘lchovli massiv elementlarini qidirish va saralashga doir dasturlar tuzish.
|
Lab_13.3
|
2
|
Ikki va ko‘p o‘lchovli massiv elementlarini qidirish va saralashga doir dasturlar tuzish.
|
13-Mustaqil ish
|
2
|
Topshiriqda berilgan savollarga javob yozish
|
1
|
Test savollariga javob berish
|
5
|
Dastur tuzishga doir topshiriqlarni bajarish
|
13-MA’RUZA
MAVZU: IKKI O‘LCHOVLI MASSIVLARNI E’LON QILISH VA ISHLATISH. KO‘P O‘LCHOVLI MASSIVLAR.
Reja:
Ikki o`lchovli massivni e’lon qilish;
Ikki o`lchovli massivlarga ishlov berish;
Ikki o`lchovli massivlarni funksiyaga yuborish;
Ko`p o`lchovli massivlar.
Kalit so‘zlar:
array
array hajm declaratory
array index
array initializer
binary search
constarray
C-string
index
linear search
null terminator ('\0')
selection sort
13.1. Ikki o`lchovli massivni e’lon qilish
Kalit Point. Ikki o`lchovli massiv elementiga uning ustun va satrdagi indekslari orqali murojaat qilinadi.
Bizga ma’lumki, bir o`lchovli massivlar bir satrda joylashgan elementlar jamlanmasidan tashkil topadi. Matritsa yoki jadvallarni hosil qilish uchun ikki o`lchovli massivlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, quyidagi jadvalda ikki o`lchovli massivdan foydalangan holda, shaharlar o`rtasidagi masofa keltirilgan:
Ikki o`lchovli massivni e’lon qilish sintaksisi quyidagicha:
elementNomi massivNomi[Satr_hajmi][Ustun_hajmi];
Bunga misol sifatida, int qiymatlardan iborat matsitsa massivining e’lon qilinishini ko`rishimiz mumkin:
int matritsa[5][5];
Bu yerda ikkita burchakli qavslarga olingan qiymatlarning birinchisi – satrelementlari sonini, ikkinchisi esa, ustun elementlari sonini ifodalaydi. Xuddi bir o`lchovli massiv singari, bu yerda ham barcha indekslardagi elementlar bir xil turda, ya’ni, int turida berilgan va 0 dan boshlab tartiblangan. Buni 13.1-rasmda ko`rishimiz mumkin.
13.1-rasm. Barcha indekslardagi elementlar bir xil turda, ya’ni, int turida berilgan va 0 dan boshlab tartiblangan.
13.1b-rasmda 2-satr, 1-ustundagi elementga 7 qiymatni ta’minlash uchun quyidagi kodni yozish mumkin:
matrix[2][1] = 7;
Ogohlantirish. Dasturchilar tomonidan ko`p hollarda yo`l qo`yiladigan xatoliklardan biri – masalan, 2-satr, 1-ustun elementiga murojaatni matritsa[2, 1] ko`rinishda yozilishidir. C++ da element indekslari alohida burchakli qavslar ichiga olib yozilishi kerak.
Massivni e’lon qilish va yuklash amalini ikki o`lchovli massivlar uchun ham qo`llasak bo`ladi. 13.1c-rasmni quyida a-rasmda qayta ko`rib chiqib, uni ikki o`lchovli massivni e’lon qilish chog`ida maxsus qiymatlar bilan yuklanishiga misol keltirishimiz mumkin. Bunda a-rasmdagi massivning yuklanishi b-rasmdagi ko`rsatma satrlari bilan ekvivalent:
Dostları ilə paylaş: |