Struktura – bu ma’lumotlarni bir butun nomlangan elementlar to’plamiga birlashtirish. Struktura elementlari (maydonlar) har xil tipda bo’lishi mumkin va ular har xil nomlarga ega bo’lishi kerak.
Strukturali tip quyidagicha aniqlanadi:
struct { } Strukturada albatta bitta komponenta bo’lishi kerak. Struktura tipidagi o’zgaruvchi quyidagicha ta’riflanadi:
; Struktura tipidagi o’zgaruvchi ta’riflanganda initsializatsiya qilinishi mumkin:
=; Strukturani initsializatsiyalash uchun uning elementlar qiymatlarini figurali qavslarda tavsiflanadi.
Misollar:
1. struct Student { char name[20]; int kurs; float rating; }; Student s={”Qurbonov”,1,3.5}; 2. struct { char name[20]; char title[30]; float rate; }employee={“Ashurov", “direktor”,10000}; Strukturalarni o’zlashtirish. Bitta tuzilma tipdagi o’zgaruvchilar uchun o’zlashtirish operatsiyasi aniqlangan. Bunda har bir elementdan nusxa olinadi. Masalan:
Student ss=s; Struktura elementlariga murojaat. Struktura elementlariga murojaat aniqlangan ismlar yordamida bajariladi:
. Masalan:
employee.name – «Ashurov» satriga ko’rsatkich;
employee.rate – 10000 qiymatga ega bo’lgan butun tipdagi o’zgaruvchi
Strukturaga ko’rsatkichlar. Strukturaga ko’rsatkichlar oddiy ko’rsatkichlar kabi tasvirlanadi:
Student*ps; Strukturaga ko’rsatkich ta’riflanganda initsializatsiya qilinishi mumkin: