3. Ip gazlamali tasmalar /GOST 6982-75/. Bu tasmalar uncha katta bo’lmagan va o’zgaruvchan yuklanishli, kam quvvatli harakat tezligi 20 m/s.gacha bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Bunday tasmalar yengil va egiluvchan bo’lganligi uchun shkivlarning diametri kichik bo’lgan uzatmalarda ham yaxshi ishlay oladi. Tasmaning tan narxi arzon bo’lib, mum va shu kabi moddalar qotishmasiga to’yintiriladi. Ip gazlamali tasmalar o’zgaruvchan yuklanishda, o’rta quvvatda ishlovchi uzatmalarda ishlatiladi. Bunday tasmalar yuqori temperaturada, nam, chang va ishqorli hollarda yaxshi ishlaydi. Bunday tasmalarning o’lchamlari 3-jadvalda ko’rsatilgan. Ularning mustahkamligi chegarasi 50 MPa dan oshmaydi.