Amaliy o‘zbek (rus) tili Davlat tilida ish yuritish
HEMIS
Hemisga kirish uchun avvalo student.tdpu.uz saytiga kirish kerak. Bu saytga kirgandan so‘ng ID va parol yoziladi. Parol va ID dekanat tomonidan bizga beriladi. Kirganda bosh sahifa ochiladi. Bosh sahifada talaba ism familiyasi, ID, semestr, guruh kodi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari o‘quv reja, dars jadvali, nazorat jadvali, fanlar resurslari, davomat, imtihonlar, reyting daftarcha, fan tanlovi, ariza qayta o‘qish, qayta o‘qish mashg’ulotlari, q.o‘qish nazorat jadvali, q. o‘qish o‘zlashtirish, buyruqlar, shartnomalar, ma‘lumotnomalar, talaba hujjati, bitiruv ishi, bitiruv varaqa, eleftron kutubxona sahifalari mavjud. Endi bu sahifalarni har biri bilan tanishamiz. O‘quv reja bu sahifaga kirganda semestrlar, fanlar, fan turi, yuklama va kredit ko‘rsatilgan:
Bu fanlar haqida batafsil bilish uchun shu fanlarning batafsil degan yozuv ustiga bosganda ma‘ruza amaliy va mustaqil ta‘lim mashg’ulotlarining soatlari ko‘rsatilgan. Dars jadvali sahifasida haftalik dars jadvali, soati, qaysi xonada ekanligi va ustoz ism sharifi ko‘rsatilgan. Fan resurslari sahifasida fan doirasida berilgan topshiriqlar, resurslar, mavzulashtirilgan testlar bo‘ladi. Davomat sahifasida qoldirilgan dars soatlari ko‘rsatiladi. O‘zlashtirish bu yerda fan doirasida qoyillgab ballar ko‘rinadi. Buyruqlar sahifasida esa ta‘lim yoki talaba haqidagi buyruqlarni ko‘rishimiz mumkin. Shartnomalar sahifasida kontrakt asosida qabul qilingan talabaning tuzilgan shartnomasini ko‘rish va uni yuklab olish mumkin. Ma‘lumotnoma bu yerda talaba ma‘lumotnomasi ya‘ni uning o‘qiyotgan universiteti fakulteti yo‘nalishi va nechinchi kurs ekanligi haqida ma‘lumot berilgan va bu ma‘lumotnomani yuklab olish ham mumkin.Talaba hujjati sahifasida o‘quv varaqa hamda reyting daftarchani ko‘rish va yuklab olish mumkin. Elektron kutubxonadan universited electron kutubxonasida mavjud bo‘lgan xohlagan turdagi kitoblarni o‘qish mumkin.Bulardan tashqari hemisda talabaning shaxsiy ma‘lumotlari ham joylashtirilgan.