Baholash natijalari. Tezkor eshitish xotirasi ko‘rsatkichi katta to‘plamdan 6 ta so‘zni topishi uchun ketgan o‘rtacha vaqtga qarab aniqlanadi. O‘rtacha vaqtni topish uchun bola topshiriqni bajarishga sarflagan umumiy vaqt 4 ga bo‘linadi.
O‘rtacha vaqtni xatolar soniga bo‘lib, 1 qo‘shilsa, operativ eshitish xotirasi hajmi aniqlanadi. Noto‘g‘ri topilgan topa olinmagan so‘zlar xato hisoblanadi.
«Bevosita xotirani diagnostika qilish» Metodikani o‘tkazish uchun qog‘oz va ruchka kerak bo‘ladi.
Tadqiqot o‘tkazishdan avval bolaga quyidagicha ko‘rsatma beriladi:
«Hozir men senga turli xil so‘z va gaplar aytaman hamda bir to‘xtalib olaman. Sen mana shu to‘xtalgan vaqtimda aytgan so‘z gaplarimni eslab qolib uni qog‘ozga yozishing, rasmini chizishing kerak bo‘ladi.
Tezroq yozishga, chizishga harakat qil. Men aytadigan so‘zlar ko‘p, vaqtimiz esa oz».
Bolaga birin-ketin quyidagi so‘z va iboralar aytib beriladi. «Uy, tayoq, daraxt, balandga sakrash, quyosh nur sochmoqda, quvnoq odam, bolalar to‘p o‘ynashayapti, soat to‘xtab qoldi, qayiq daryoda suzyapti, mushuk baliq emoqda».
Tadqiqotchi har bir so‘z yoki so‘z birikmasini aytib bo‘lgandan so‘ng 20 sekund tanaffus qiladi. Shu vaqt ichida bola aytilganlarni yozishi, chizib olishi kerak.
Agar bu vaqt ichida bola topshiriqni bajarishga ulgurmasa, tadqiqotchi uni to‘xtatib qo‘yib, navbatdagi so‘zni o‘qiydi. Tajriba tugagandan so‘ng, boladan qog‘ozga chizilgan rasm yoki yozilgan so‘zlardan foydalanib, so‘z va so‘z birikmalarini aytib berishi so‘raladi.
Natijalar tahlili: 1 ball — o‘z chizmalari va yozuvlaridan foydalanib, aytilgan so‘zlarni to‘g‘ri va xatosiz esga tushira olsa;
0,5 ball – chizgilari, yozgan narsalariga asoslanib, berilgan so‘zga yaqinroq so‘zni esga tushirsa;
0 ball – noto‘g‘ri esga tushirilsa.
Umumiy maksimal ko‘rsatkich – 10 ball
Bu ballni bola barcha aytilgan so‘zlarni to‘g‘ri, to‘liq esga tushirsa to‘play olishi mumkin.
Minimal ko‘rsatkich – 0 ball.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
10 ball – bevosita eshitish xotirasi juda Yuqori darajada rivojlangan.
8-9 ball – bevosita eshitish xotirasi Yuqori darajada rivojlangan.
4-7 ball – bevosita eshitish xotirasi o‘rtacha darajada rivojlangan.
2-3 ball – past darajada rivojlangan.
ball – kuchsiz rivojlangan bevosita eshitish xotirasiga ega.