Amaliy psi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə14/19
tarix26.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#148784
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Й Джахангиров Эксперементал психология Мустакил иш

8-jadval
10 ta so‘zni eslab qolish va uni qayta esga tushirish bo‘yicha tadqiqot qarori. Sarvar N. 11 yosh 4-sinf sinaluvchi F.I. yoshi o‘quvchisi 20.03.2013 y 11-20 sana vaqt

Qo‘zg‘atuvchi so‘zlar

Ko‘rsatishlar soni

1 soat 40 daqiqada esga tushirilgan so‘zlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10



Tog‘

-

-

-

-



















-

Arra

-







-



















-

Atirgul




-

-

-



















-

Urug‘

-







-



















-

Deraza




-

-

-



















-

Non







-

-



















-

Pero







-

-



















-

Ko‘zoynak

-




-

-



















-

Pal’to




-




-



















-

Daryo

-

-

-

-



















-

Aytilgan «ortiqcha» so‘zlar


































Esga tushirilgan so‘zlar soni


































Tajriba qarorida sinaluvchi «mustaqil» aytgan so‘zlar ham qayd etiladi. Bir qayta esga tushirish bosqichi davomida «ortiqcha» so‘zlarni va takrorlashlarni hisobga olgan holda esga tushirilayotgan so‘zning tartib raqami bo‘yicha necha marta takrorlanganligini hisoblash mumkin. Navbatdagi ko‘rsatishlarda sinaluvchidan oldingi aytilgan so‘zlarni ham, hozirgi aytilgan so‘zlarni ham qayta esga tushirish so‘raladi. Tajriba o‘tkazish uchun o‘rtacha 5–7 daqiqa vaqt ketadi.
Bavosita eslab qolish metodikasi
Bavosita esda olib qolish metodikasi yordamida (A.N.Leontev, 1928) faqatgina assotsiativ, mantiqiy xotirani emas, tafakkur xususiyatlarini ham aniqlash mumkin. Tadqiqotchi sinaluvchi eslab qolishi uchun beriladigan 10–15 ta so‘zni (9, 10 - jadval) hamda 20–30 ta rasmli kartochkalar to‘plamini tanlaydi. Rasmlar so‘zlarni bevosita aks ettirmaydigan qilib, mustaqil tanlanishi mumkin.
9-jadval
5–7 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‘zg‘ovchi material

Sinaluvchi eslab qolishi uchun aytiladigan so‘zlar

Har xil bevositalikni ifodalaydigan rasmlar

Tushki ovqat

Yorug‘

Qush

Son

Karovat

Pichoq

Divan

Olma

Bog‘

Kiyim

O‘qish

Hona

Daraxt

Maktab

binosi

Shkaf

Yo‘l

Tun

Stul

Hiroq

Idish

Soat

Sigir

Ko‘ylak

Dala

Xato

O‘rmon

Velosiped Qulupnay

Qalam

Mushuk

Avtomobil

Tut

Ot

Sichqon

Uycha

Divan

Samokat

Aravaha

Xaskash

Katta bog‘cha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirish uchun turli seriyalarda har xil so‘zlar va rasmlar tanlanishi zarur: birinchi seriyada ular ancha aniq bo‘lishi kerak, ikkinchi seriyada mavhumroq bo‘lishi ham mumkin. Rasmlarning hajmi bir xil va bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Maktabga chiqishidan oldin bolalarning xotirasini tezda aniqlash maqsadida bu metodikaning L.N.Poperechnaya (1979) tomonidan o‘zgartirilgan variantidan foydalanish mumkin. Uning mazmuni: qo‘zg‘atuvchi materialni o‘zgartirish, hajmini qisqartirishdan iborat. Bunda 15 ta so‘z va 25–30 rasm o‘rniga 5 ta so‘z va 16 ta rasm beriladi. Tajribani boshlashdan oldin tadqiqotchi bola bilan birgalikda hamma rasmlarni qarab chiqadi, bolaga tushunarsiz rasmlarni izohlab beradi. Keyin bolaga quyidagi ko‘rsatma beriladi:
10-jadval
8–12 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‘zg‘ovchi material

Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‘qib beriladigan so‘zlar

Har xil bavositalikni ifodalaydigan rasmlar

yomg‘ir janjal uchrashuv
javob yong’in mehnat
g‘am o‘yin majlis
kuch ertalab qo‘shni
teatr telefon bayram

Dasturxon, ot, stul, bolta, telefon, daftar, lampochka, pat, qalam, gul, belkurak, shapka, xaskash, daraxt, samolyot

11-jadval
Bavosita eslab qolish metodikasining o‘zgartirilgan varianti uchun qo‘zg‘atuvchi material

Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‘qib beriladigan so‘zlar

Har xil bavositalik imkonini beradigan rasmlar

yong‘in
yomg‘ir
mehnat
xato
g‘am

oshxona, asbob, maktab doskasi, taroq, quyosh, globus, ko‘za, xo‘roz, devor, bolalar ishtoni, ot, ko‘cha chirog‘i, botinka, soatlar, qalam, zavod trubalari, non do‘koni

«Hozir sizlarga so‘zlarni o‘qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab qolish uchun ularga mos rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so‘zlarni qayta esga tushirishga yordam berishi zarur». Birinchi «yong‘in» so‘zi beriladi. Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u ko‘rsatmani yaxshi tushunganligini aniqlash kerak. Ko‘rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira boshlaydi: «Siz «yong‘in» so‘zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli kartochkani tanlashingiz zarur. Qanday rasm yong‘inni, tutun chiqayotganini eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda zavod trubalari, tutun Yuqoriga chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga «yong‘in» so‘zini eslab qolishga yordam beradimi?». Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish kerakligini tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‘zni aytadi, sinaluvchi bo‘lsa zarur kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 soniyagacha vaqt beriladi. Ko‘pincha bolalar tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan so‘ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni tanlaganini, u aytilgan so‘z bilan qanday bog‘langanligini so‘raydi.
Hamma so‘zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, eksperimentator ularni bir chetga olib qo‘yib, bolaga xotirani o‘rganish bo‘yicha boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan so‘ng, unga so‘zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Bola eslab qolgan so‘zni aytishi kerak. Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday bog‘lanishlarni hosil qilishini aniqlash zarur.
Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to‘ldirib boriladi (12-jadval).
12-jadval
Bavosita eslab qolish tajribasining qarori

Eslab qolish uchun berilgan so‘zlar

Rasmni tanlash vaqti (soniya)

Rasmni tanlash motivi

Qayta esga tushirish













Turli yordamchi vositalardan foydalanib to‘g‘ri qayta esga tushirilgan so‘zlar bolada eslab qolish qobiliyatining kuchli rivojlanganligidan dalolat beradi (A.N.Leontev, 1928).
Piktogramma metodi.
Bevosita eslab qolish xususiyatlarini piktogramma, ya'ni rasmli assotsiatsiyalar metodi orqali ham o‘rganish mumkin. Piktogramma eksperimental-psixologik tadqiqot usuli sifatida birinchi marta L.V.Zankov (1935) tomonidan qo‘llanilgan. Sinaluvchi aniq so‘zni rasmdagi tasvir orqali eslab qolishi kerak. Sinaluvchi so‘z va tasvir o‘rtasidagi aloqani o‘ylab topishi kerak, bu esa keyinchalik so‘zni qayta eslashiga imkon beradi.
Rasm va so‘z o‘rtasidagi assotsiativ aloqani shakllantirish jarayonida inson shunday mazmunli aloqalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar so‘zni eslab qolish uchun yaroqli bo‘ladi. (A.R.Luriya, 1967). Shuning uchun ham bu metodika orqali tadqiqot o‘tkazish faqatgina assotsiativ, bevosita xotira xususiyatlarinigina emas, fikrlash faoliyati xarakteri, mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasi haqida ham bilish imkonini beradi. (S.V.Longinova, S.Ya.Rubinshteyn, 1972, B.G.Xersonskiy, 1988).
Metodikaning mazmuni shundan iboratki, sinaluvchi aniq bir so‘zni – tushunchani eslab qolish uchun o‘zi mustaqil rasm sxema chizadi. Bu chizilgan rasm sxema keyinchalik so‘zni – tushunchani esga tushirishga yordam berishi kerak. Alohida harf so‘zlarni yozish tavsiya etilmaydi. Tajriba o‘tkazish uchun oldindan tayyorlangan toza varaq va qalam kerak bo‘ladi.
Sinaluvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Men sizga so‘zlarni aytaman, siz ularni eslab qolish uchun kichikroq rasm chizib oling. Rasm chizish tezligi va rasmning sifati sizni xavotirlantirmasin. Asosiysi, siz keyin rasmga qarab, eslab qolgan so‘zlaringizni aytsangiz bo‘ldi».
So‘zlar ( yoki so‘z birikmalari) quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Bayram Ko‘zi ojiz bola Taraqqiyot
Mehribon buvi Qorong‘u tun G‘amgin
Urush Og‘ir ish Hokimiyat
Qattiqqo‘l o‘qituvchi Sovqotayotgan qiz Qo‘rqinch
Qorni och odam Bemor ayol Do‘stlik
Bola qanchalik yosh bo‘lsa, topshiriqni bajarishga u shunchalik qiynaladi. Bu ularda tafakkurning aniq uslubi, mexanik xotira ustunligi, rasm chizish malakalarining etarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Lekin bolalar 11-12 yoshdan materialning qismlari o‘rtasida bog‘lanishlar (assotsiatsiya) o‘rnatishda ko‘rinadigan anglangan operatsiyalar asosida eslab qola boshlaydilar.
Tadqiqot mobaynida quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladigan qaror to‘ldiriladi (13-jadval).
13-jadval
Piktogramma metodi bo‘yicha tadqiqot qarori

t/r

So‘zli qo‘zg‘atuvchi

Rasm

Sharhlash

Javob















Piktogramma metodikasi yordamida assotsiativ jarayonlar xususiyatlari, bolada so‘zning aniq mavhum ma‘nosi o‘rtasidagi aloqa o‘rnata olish xususiyatlari haqida bilish mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin