8. Brigada 12 kunda buyurtmani bajarishi kerak edi. Har kuni normani 254 taga oshirib
bajargani tufayli brigada 10 kunda bajaribgina qolmasdan balki normadan 42 ta ortiq detal
tayyorladi. Brigada bir kunda qanchadan detal tayyorlagan?
9. Ikkita avtobus bir vaqtda shahardan 72 km masofadagi o’quvchi lageri tomon
yo‘lga chiqdi. Birinchi avtobus lagerga ikkinchisiga qaraganda 15 minut oldin etib
keldi. Agar avtobuslardan birining tezligi ikkinchisinikiga q araganda 4 km/soat ortiq
bo‘lsa, har bir avtobus qanday tezlik bilan yurgan?
10. Bir bo‘lakda 5 m gazlama bor, ikkinchisida shunday gazlamadan 7 m bor. Agar
ikkala bo‘lak uchun 168 ming so‘m to‘langan bo‘lsa, har bir bo‘lak qancha turadi?
Dostları ilə paylaş: