1. ABC burchakning B uchidan 5 ta nur o’tkazing. Bu nurlar hosil qilgan burchaklarni
yozing ABC burchak bilan qo’shib hisoblaganda ular necta.
2. Tomonlari 13, 14 va 15 sm bo’lgan uchburchakning eng katta balandligini toping
3. Tomonlari 16 sm. va 9 sm. bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka tengdosh bo’lgan kvadrat
tomonini toping.
4. Qavariq yetiburchakning barcha ichki burchaklarining yig’indisi necha gradus?.
5. Aylanada yotadigan va berilgan kesmaning uchlaridan teng uzoqlikda joylashgan nuqtani
yasang
6. Muntazam piramidaning asosi tomoni 7 ga teng bo’lgan oltiburchak. Piramida yon
yog’ining balandligi 12 ga teng bo’lsa, yon sirtining yuzini toping
7. Ko’nusning o’q kesimi tomonlari 9, 9, va 16 bo’lgan uchburchak bo’lsa, ko’nusning
hajmini toping
8. Shaharlar orasidagi masofa 500 km. Poyezd yo’lning birinchi 200 km ni yo’lning
qolgan qismiga nisbatan 10 km soat kam tezlik bilan bosib o’tdi. Agar bu butun yo’lni 5
soat 50 minutda bosib o’tgan bo’lsa, poyezdning boshlang’ich tezligini toping
9. ) 1-sinfdagi 30 ta o’quvchidan 10 o’quvchining har biri bir minutda 35 ta so’z, 15
o’quvchining har biri 30 ta so’z, 5 o’quvchining har biri esa 36 ta so’z o’qiy oladi.
Sinfdagi har bir o’quvchi bir minutda o’rtacha necha so’z o’qiy oladi?
10. A punktdan 60 km/soat tezlik bilan yuk mashinasi jo‘nadi. 2 soatdan so‘ng uning
ketidan A dan 90 km/soat tezlik bilan engil mashina jo‘nadi. A dan qanday masofada
engil mashina yuk mashinasiga etib oladi?
Dostları ilə paylaş: