Amaliy topshiriqlar



Yüklə 13,2 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü13,2 Kb.
#158520
9 -mavzu. амалий топширик


Amaliy topshiriqlar
1-Masala. Auditorlik tashkiloti mijozining 3ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo’limlari bo’lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o’tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo’lgan bo’limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo’yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo’limi mavjud. O’tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan.
Topshiriq: Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?

2-Masala. «MUBINA» firmasi sizning auditorlik tashkilotngizga tekshiruv o’tkazib berish yuzasidan murojat qildi. Avvalgi auditorlik tashkiloti bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o’z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«MUBINA» firmasining ikkita bo’linmasi mavjud bo’lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo’lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o’rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo’linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo’lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkala bo’limda ham buxgalter mavjud bo’lib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo’lim daromadli bo’lib, ikkinchi bo’limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo’limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo’limning menejerlari yuqori malakali bo’lib, ishni to’g’ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko’tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Topshiriq: Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.

Yüklə 13,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin