Talab qilinadi. Korxonada eksport operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
2. Ishlab chiqaruvchi korxona birligining soʻmdagi ekvivalentda 20000 soʻmlik narxda tayyor mahsulotlarni eksport qildi. Eksport qilingan tayyor mahsulotlar miqdori 10000 donani tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi korxona xaridorga bonus sifatida yana 100 dona tayyor mahsulotlarni taqdim qildi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar birligining tannarxi 15000 soʻmga teng.
Talab qilinadi. Ishlab chiqarish korxonasida tayyor mahsulotlarni sotishda berilgan bonusni hisobga olgan holda sodir boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
3. Korxona chinni buyumlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Korxona hisobot davrida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni eksport qildi. Eksport qilingan tayyor mahsulotlarning soʻmdagi ekvivalenti 180 000 000 soʻmni tashkil qiladi. Tayyor mahsulotlar tannarxi 120 000 000 soʻmga teng. Tayyor mahsulotlarni xaridorga topshirishda 300 000 soʻmlik qismi singanligi aniqlandi. Singan tayyor mahsulotlar tannarxi 200 000 soʻm.
Talab qilinadi. Korxonada mahsulot eksportida aniqlangan yaroqsiz tayyor mahsulotlarni hisobga olgan holda sodir boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
3. Tovarlar kirimini hisobga olish
1. Savdo korxonasi hisobot davrida ishlab chiqaruvchidan 100 000 000 soʻmlik tovarlarni sotib oldi. Savdo korxonasiga taqdim etilgan schyot-fakturaning alohida satrlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi 15 foiz va aksiz soligʻi 10 foiz koʻrsatilgan.
Shuningdek, tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:
- sertifikatlash xarajatlari – 10 000 000 soʻm;
- transport xarajatlari – 18 000 000 soʻm;
- tovarlarni yuklash va tushirish xarajatlari – 5 000 000 soʻm.
Talab qilinadi:
1. Savdo korxonasi tomonidan hisobot davrida sotib olingan tovarlar tannarxini aniqlang.
2. Tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
2. Savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona hisobot davrida 80 000 000 soʻmlik tovarlarni sotib olish boʻyicha ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma shartlariga muvofiq agar savdo korxonasi 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirsa, shartnoma qiymatidan 10 foiz chegirma beriladi. Savdo korxonasi tovarlarni chegirma asosida sotib olish maqsadida 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirdi. Shuningdek, tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlarni amalga oshirgan:
- qoʻshilgan qiymat soligʻi – 12 000 000 soʻm;
- transport-tayyorlov xarajatlari – 10 000 000 soʻm;
- sertifikatlash xarajatlari – 5 000 000 soʻm.
Talab qilinadi:
1. Korxonada hisobot davrida chegirma asosida sotib olingan tovarlar tannarxini aniqlang.
2. Tovarlarni chegirma asosida sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
3. Korxona tovarlarni yetkazib beruvchi bilan hisobot davrida shartnoma tuzgan boʻlib, unga muvofiq korxonaga sotib olingan tovarlarga qoʻshimcha ravishda 100 dona tovar bonus sifatida berilishi belgilangan. Hisobot davrida korxona 1000 dona tovarlar turkumini sotib oldi. Bir birlik tovarni sotib olish qiymati 58 500 soʻmga teng. Tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq transport-tayyorlov xarajatlari 18 500 000 soʻmni tashkil etgan.
Talab qilinadi:
1. Korxonada hisobot davrida sotib olingan tovarlar tannarxini berilgan bonus tovarlarni hisobga olgan holda aniqlang.
2. Tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
Dostları ilə paylaş: |