Amaliy topshiriqlar



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#163630
  1   2   3
7-Амалий машғулот


7-MAVZU: TAYYOR MAHSULOT (TOVAR, ISH, XIZMAT)LAR VA ULARNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH


AMALIY TOPSHIRIQLAR
1. Tayyor mahsulotlar sotilishi hisobi
1. Korxona mahsulot yetkazib berish shartnomasiga binoan xaridorga 44 160 000 soʻm, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) 5 760 000 soʻm boʻlgan oʻz mahsulotlarini yuklab joʻnatdi. Sotilgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi 26 880 000 soʻmni tashkil qiladi. Xaridor tomonidan 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilgan.
Talab qilinadi: Korxonada tayyor mahsulotni sotish bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobda aks ettiring va moliyaviy natijani aniqlang.

2. Korxona hisobot davrida 1000 toʻplam shishali fujer ishlab chiqardi va bir toʻplamini 115 000 soʻmdan sotdi, shu jumladan QQS – 15000 soʻm. Tayyor mahsulotlarning reja tannarxi boʻyicha hisobi yuritiladi. Bitta toʻplamning reja tannarxi – 70 000 soʻm belgilangan. Hisobot davri oxiriga haqiqiy tannarx aniqlandi va u 75000 soʻmni tashkil etgan.


Talab qilinadi: Korxonada tayyor mahsulotni sotish bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobda aks ettiring va moliyaviy natijani aniqlang.

3. Korxona oʻz mahsulotini sotishda doimiy xaridorlariga chegirma taqdim etdi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tarozi qurilmasining sotish qiymati 320 000 soʻmni tashkil qiladi. Xaridorlarga taqdim etilgan chegirma summasi sotish qiymatidan 10 %. Tarozi qurilmasining tannarxi – 180 000 soʻm. Hisobot davrida xaridorga sotilgan tarozi qurilmasining miqdori 100 donani tashkil qiladi.


Talab qilinadi: Korxonada tayyor mahsulotni sotish bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobda aks ettiring va moliyaviy natijani aniqlang.


2. Tayyor mahsulot eksporti va turli shartlar bilan realizatsiya qilishni hisobda aks ettirish.
1. Korxona ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini chet elga eksport qildi. Eksportga chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi 85 800 000 soʻm. Eksport qilingan tayyor mahsulotlar 20xx-yil 10-oktyabrda 10000 AQSh dollariga sotildi. Eksport qilingan tayyor mahsulotlar puli 20xx-yil 10-noyabr kuni toʻlab berilgan.
Eslatma: MB kursi 10.10.20xx – 11700 soʻm; 01.11.20xx – 11 750 soʻm.

Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin