Amaliy topshiriqlar


Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar hisobi



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#163630
1   2   3
7-Амалий машғулот

4. Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar hisobi
1. “FAYZ SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) tomonidan “Issiklik manbai” aksiyadorlik jamiyati (AJ)ning buyurtmasi asosida 200 pogon metr hajmidagi quvurlarni 1 pogon metrini 80 500 soʻm (QQS bilan) narxda izolyatsiya qilish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatdi. MCHJda koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi 9 200 000 soʻmni tashkil etgan. Hisobot davrida MCHJ tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar buyurtmachi tomonidan qabul qilgan va oʻzaro hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirdi.
Talab qilinadi:
1. “FAYZ SERVIS” MCHJda buyurtmachiga koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha moliyaviy natijani aniqlang.
2. Koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

2. Hisobot davrida taʼmirlash-qurilish tashkiloti pudrat shartnomasi asosida ishlab chiqarish binosini toʻliq taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajardi. Taʼmirlash ishlari tugagandan soʻng pudratchi va buyurtmachi oʻrtasida bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuzilib tasdiqlandi. Unga koʻra, taʼmirlash ishlarining smetada koʻrsatilgan qiymati 230 000 000 soʻm, shundan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) 30 000 000 soʻm.


Loyiha smetada taʼmirlash ishlarining tannarxi 160 000 000 soʻmni tashkil qiladi.
Talab qilinadi:
1. Taʼmirlash-qurilish tashkilotida taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq buyurtmani bajarishdan olingan moliyaviy natijani aniqlang.
2. Taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

3. “ASILBEK SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) pudrat shartnomasi asosida hisobot davrida buyurtmachi korxonada montaj va taʼmirlash ishlarini bajardi. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi koʻra 285 600 000 soʻmlik montaj va taʼmirlash ishlari bajarilgan.


MCHJ tomonidan montaj va taʼmirlash ishlarini bajarishda quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan: sarflangan qurilish materiallari – 132 500 000 soʻm; buyurtmachi tomonidan berilgan qurilish materiallari – 5 850 000 soʻm; ish haqi xarajatlari 55 800 000 soʻm; ijtimoiy soliq xarajatlari – 6 696 000 soʻm; ishlarni bajarishda foydalanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi – 1 280 000 soʻm; demontaj xarajatlari – 5 280 000 soʻm; chet tashkilot xizmatlari qiymati – 27 200 000 soʻm.
Talab qilinadi:
1. “ASILBEK SERVIS” MCHJ tomonidan bajarilgan montaj va taʼmirlash ishlari tannarxini aniqlang.
2. Montaj va taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq buyurtmani bajarishdan olingan moliyaviy natijani aniqlang.
3. “ASILBEK SERVIS” MCHJda montaj va taʼmirlash ishlari bilan bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin