Amaliy va laboratoriya



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#167723
  1   2   3   4   5   6
amaliy va laboratoriya mashg\'ulotlarini tashkil etish


AMALIY VA LABORATORIYA
MASHG'ULOTLARINI TASHKIL
ETISH
Reja:

  1. Kasb-hunar kollejida ta'lim jarayoni

  2. Ko'rgazmalilik tamoyili


Kasb-hunar kollejida ta'lim jarayoni bir-bin bilan uzluksiz bog'langan nazariy va ishlab chiqarish ta’limidan iboratdlr. O'quv - tarbiyaviy jarayonida o'quv reja va dasturlari asosiy hujjat hisoblanadi. O'quv rejasida ko'rsatilgan o'quv predmetlari, ularni o'rganish tartibi, har bir o'quv predmetni o'rganish uchun ajratilgan vaqt maslahat va nazoratlar barcha o'quv guruhlari uchun majburiydir.
O'quv rejasiga kirgan hujjatlarni malaka tavsifnomasi, o'quv dasturlari va mavzular rejasi tashkil etadi.
Malaka tavsifnomasi - bo'lajak mutaxassisning bilimi hamda kasbiy saviyasiga qo'yiladigan asosiy talablar mujassamlangan normativ hujjatdir. Unda mutaxassis u yoki bu kasbiy faoliyat doirasidagi ishlarni ongli va to'g'ri baiarilishi uchun egallashi zarur bo'lgan bilimlar ifodalanadi.
Bu hujjat o'quv rejasi va dasturlarini tuzishda asos bo'ladi, shuningdek, bitirish ishlarida o'quvchilarning bilimlarini sifatli aniqlash uchun xizmat qiladi.
O'quv dasturlari predmetning hajmini, uni o'qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi.
Mavzular rejasi o'quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda mavzularning tartibi va nomi, ularni o'tish uchun, shu jumladan, nazariy, laboratoriya, amaliy mashg'ulotlari va ishlab chiqarish ta'limi uchun ajratilgan vaqtlar ko'rsatiladi.
Kasb-hunar kollejlarining o'quv rejalarida nazariy va ishlab chiqarish ta'limi ko'zda tutilgan. Nazariy ta'limning vazifasi, mazmuni, usullari tashkiliy shakllari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular yagona, ya'ni vuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratiladi. Shuning uchun nazariy va ishlab chiqarish ta'limi kasb-hunar kollejlaridagi o'quv jarayonining mustaqil ammo o'zaro aloqador qismlari hisoblanadi.
Kasbiy ta'lim o’quv nazariy va amaliy mashg'ulotlar ma'lum muddatda bo'lishi lozim, Bunda a'quvchilar o'rganilayotgan fan bilan tanish emasligini, o'zlashtiriladigan bilimlar ular uchun yangiligini nazarda tutish zarur.
Maxsus fanlar bo'yicha darslarga tayyorgarlik ko'rishda didaktik prinsiplami hisobga olish zarur.
O'qituvchilarning o'qitish qonuniyatlarini bilishigina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish ham muhimdir. Bunga esa o'quv jarayonini tashkil etishda o'qitishning asosiy qoidalariga tayanisb kerakligini chuqur anglagan taqdirdagina erishishi mumkin. Bu qoidalar didaktikada o'qitish tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb ataladi.

Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin