I. Tashkilliy qism:
-salomlashish;
– davomatni aniqlash;
- navbatchi axborotini tinglash;
–sinf tozaligini,o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi 2-mashq shartiga ko‘ra tekshirladi.
–So‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni ayting.
Uyga vazifa so‘ralayotganda so‘zlarning adabiy-orfoepik talaffuzi ustida ham
ishlanadi: bahor, baho so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidagi a tovushini a deb talaffuz
qilish to‘g‘ri
talaffuz sanalishi, h tovush-harfi imlosi suhbat asosida qayd etiladi.
quyidagi savollardan foydalanib darslikdagi qoidao‘quvchilarning javob- lari
asosida keltirib chiqariladi:
–Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Harflar bilan.
Harflarni biz nima qilamiz? – Yozamiz.
– O‘zbek yozuvida nechta harf bor? – 29 ta.
Tovushlar harflar bilan
ifodalanadi. Harflarni yozamiz, ko‘ramiz vao‘qiymiz. O‘zbek yozuvida 29 ta harf
bor.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
Darslikda berilgan 3-mashqdagi rasm asosida multfilm namoyish etiladi.
Unda qish fasli tasvirlangan. Daraxtlar, dalalar qor bilan qoplangan. Bolalar qishki
kiyimda qishki o‘yinlar o‘ynayapti. Namoyish tugagach,
darslikdagi rasmga
aylanadi.
Namoyish tugagach, quyidagi savollar beriladi:
–Rasmda qaysi fasl tasvirlangan? – Qish fasli.
–Qishda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? – Havo sovuq bo‘ladi, qor
yog‘adi.
–Hayvonlar va qushlar qishda qanday kun kechiradi? (Masalan, ayiq issiq
inida uyquda bo‘ladi, boshqa hayvonlar yashash uchun kurashadilar.)
–Qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydi? – Bolalar qorbo‘ron
o‘ynaydilar, chana va chang‘ida uchadilar.
–Rasmdagi bolalarga ism qo‘ying. ( Bolalar o‘zlari yoqtirgan ismlarni
qo‘yadi).
-Kimlar qorbo‘ron o‘ynayapti? – …, …, …lar qorbo‘ron o‘ynayapti.
–Bolalar yana qanday o‘yinlar o‘ynayaptilar? – …, …, …, …lar qorbobo
yasashyapti,
…,
…lar
chanada
uchyapti.o‘qituvchi
darslikdagi
savollargao‘quvchilar bergan javoblarning mazmun jihatidan to‘g‘ri tuzilganini
namuna uchun doskaga yozadi. Har biro‘quvchi daf- tarlariga o‘zi
tuzgan
javoblarni yozadi.o‘quvchilarning savollarga bergan javoblaridan ba’zilari namuna
uchuno‘qitiladi. Dam olish daqiqasi.
Dostları ilə paylaş: