1. Suyanchiqsiz kursilar (stullar), ovqat xontaxtalari (stollar) va suyanchiqli keng kursilar (ish kreslolari).
2. Qutili (korpusli). Bu gurux mebellarning assortimenti keng bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
- Birdan to‘rtgacha eshikli ustki va ichki kiyim javoni. Ustki kiyim bo‘limida bitta polka, bitta uzun tayog‘cha (shtanga), ichki kiyim bo‘limida esa bir necha polka va tortmalar bo‘ladi;
- Oynali idish-tovoq javoni. O‘rta qismida taxmon hamda pastki qismida ikki eshikli yopiq bo‘lim mavjud;
- Servant. Oynali idish-tovoq javonidan farqi balandligida. Uning balandligi 110 sm.dan oshmaydi;
- Oynali kitob javoni. Pastki qismida ikki eshikli yopiq bo‘limi bo‘ladi. Ba’zilarida bunday bo‘lim yonida ham mavjud;
- Kitob polkasi. Bitta oynali yoki ikki eshikli yopiq bo‘limdan tborat bo‘lib, balandligi 90 sm.dan oshmaydi. Ba’zilari ikki bo‘limdan iborat, biri oynali, ikkinchisi oynasiz.
- Sekreter. Kitob javonidan farqi qo‘shimcha yozuv ishlarini bajarish uchun qaytarma taxtasi bor;
- Yozuv stoli bir yoki ikkita tagkursilaridan iborat (tumbalari);
- Karavot yoniga qo‘yiladigan tagkursi. Balandligi 75 sm.dan oshmaydi;
- Ichki kiyim javoni. Bir necha tortmalardan iborat, balandligi 120 sm.dan oshmaydi;
- Karavot. Eni 80-160 sm atrofida;
- Pardoz stoli (trumo). Balandligi 20-60 sm.li tagkursi va balandligi 100-125 sm.li oynadan iborat;
- Uch tavaqali pardoz stoli (trelaj);
- Daqliz javoni. Eshiksiz javon bo‘lib, bosh kiyim va poyabzal uchun polkalar, kiyim ilish uchun 3-6 ta ilgaklari bo‘ladi. Balandligi 190-230 sm atrofida.
3. Oshxona mebellari tor assortimentli bo‘lib, qutsidagilardan iborat:
- Oshxona javoni. 1-2 eshikli bo‘lib, bir necha polkalardan iborat. Ba’zilarining o‘rtasida taxmoni bor. Balandligi 95-175 sm atrofida;
- Osma javon. Bir eshikli, balandligi 35-175 sm. atrofida;
- Ovqat stoli;
- Suyanchiqsiz qattiq kursilar (taburetka).
4. Yumshoq mebellar guruxiga quyidagilar kiradi:
- Suyanchiqli va tirsakli dam olish karavoti (divan);
- Suyanchiqli keng yumshoq kursi (kreslo);
- Kreslo-karavot;
- Suyanchiqsiz yostiq taglikli divan (kushetka);
- Suyanchiqsiz keng kursi (banketka).