Mavzu: poyabzal tag detallarini loyihalsh



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/3
tarix27.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#59712
  1   2   3
Lab 7 POYABZAL TAG DETALLARINI LOYIHALSH


7-TAJRIBA MASHG`ULOTI
MAVZU: POYABZAL TAG DETALLARINI LOYIHALSH
Ishni bajarishdan maqsad: Poyabzallarning tag detallari tuzilishini o‘rganish. Poyabzal tag detallarini loyihalasni o‘rganish.
Qo‘llanma va asbоblar: qоlip, chizgich, lekala, qalam, qaychi, 3A va 4A fоrmatdagi qоg’оzlar.
Umumiy ma`lumotlar
Poyabzalning tag detallariga, tayyor poyabzalning, oyoq panjasi pastki sirti ostida joylashgan detallar tizimi kiradi. Tag detallari tashqi, ichki va oraliq detallarga bo‘linadi. Poyabzalning tashqi tag detallariga, tayyor oyoq kiyimi tashqarisida joylashgan detallar kiradi: tagcharm, poshna, poshna osti qoplamasi, kapaki, tagcharm qo‘shimchasi va qadolat (qo‘yma va bezak qadolati). Ichki detallarga tayyor poyabzalda oyoq panjasiga bevosita tegib turuvchi detallar kiradi: asosiy patak va uning ustiga qo‘yiladigan yupqa to‘shama. Oraliq detallarga tashqi va ichki detallar orasida joylashadigan detallar kiradi: qattiq yarim patak, tovon osti detali, to‘ldirgich, oraliq tagcharm, platforma, qo‘ygich (supinator), oraliq patak, asosiy va poshna aylanma tasmalari.
Ishni bajarish tartibi
Poyabzal tag detallarini loyihalashda ularning tuzilishi va qolip izining yoyma nusxasi asos qilib olinadi. Loyihalash uchun qolip izining tasdiqlangan andazasidan, agar bunday andaza bo‘lmasa, tanlab olingan va tekshirilgan qolipdan, grafik-nusxa ko‘chirish uculi bilan tuzilgan izning o‘rtacha andazasidan foydalaniladi.
Tanlab olingan va tekshirilgan qolipdan uning izi nusxasini olish uchun, qolip iz tomoni bilan oq qog;oz ustiga qo‘yiladi, qalamni tik xolda ushlab, qolip izi konturi chizib olinadi. Qog’ozda xosil qilingan kontur tashqi tomonidan unga parallel 10 mm masofada qo‘shimcha kontur chiziladi, shu kontur bo‘yicha andaza qirqib olinadi va har 10-15 mm oraliqda chuqurligi 15-20 mm bo‘lgan kertiklar qirqiladi. So‘ngra xosil qilingan andazani yelim yordamida qolip iziga yopishtiriladi va bayroqchalar qolip yon sirtiga qayirib yopishtiriladi. Qalam uchining yon tomoni bilan qog’oz sirtiga qolip izi konturi chizib olinadi. Qog’ozni qolipdan ajratib, boshqa qog’ozga yopishtiriladi va oxirgi kontur bo‘yicha qirqib olinadi. Qirqib olingan shakl qolip izining andazasi hisoblanadi.
Asosiy patakni loyihalash uchun qolip izi andazasi yordamida oq qog’zga uning konturi chizib olinadi. Tanavorni qolipga tortishda, ustki detallar asosiy patakni erkin aylanib bukilishi uchun, asosiy patak o‘lchamlari qolip izi andazasi o‘lchamlaridan 1-2 mm kichik bo‘lishi kerak. Kichraytirish y o‘lchamlari, asosiy patakning Tp qalinligiga va uning qolip yon sirti KK urinmasi bilan qolip iziga tushurilgan perpendikulyar chiziq orasidagi α burchagiga bog’lig (7.1-rasm).
Asosiy patak konturini qurish uchun qolip izi andazasi perimetri bo‘yicha asosiy nuqtalardagi qisqartirish kattaliklari quyidagi tenglama yordamida hisoblab chiqiladi:

Bu yerda, yn – n nuqtadagi qisqarish miqdori;
Tp – asosiy patak qalinligi;
tg αn – n nuqtadagi burchak.
α burchakning qiymatlari, grad.:
Qolipning tovon qismida 20-25
Tovonning yon tomomlarida 8-23
Ichki ahmi qismida 40-50
Tashqi ahmi qismida 7 -25 Tashqi va ichki tutamda 0-15 Tumshuq qismida 0-5

Asosiy patakning uzunligi Dp = D – Tp(tgαtov+ tgαtum) tenglama yordamida hisoblanadi.


Bikir yarim patakni loyihalashda asosiy patak andazasidan foydalaniladi. Bunda yarim patak tovon qismi asosiy patak tovon qismi bilan bir xil bo‘ladi, ahmi qismi 1-3 mm ga kichik bo‘ladi. Yarim parak uzunligi tutam markazidan 10-20 mm yetmasdan olinadi (7.2-rasm).

7.2-rasm. Bikit yarim patakni loyihalash sxemasi.
Oraliq patak asosiy patakni yopib turadigan qilib loyihalanadi. Yopiq poyabzallar uchun oraliq patak, asosiy patakka nisbatan, quyidagi qo‘shimcha ortirmalar bilan loyihalanadi: tovon qismida 0-2 mm; tashqi ahmi qismida 1,5-2 mm; ichki ahmi qismida 3-4 mm. Tutam qismida oraliq patak asosiy patak bilan teng xolatda olinadi, tumshuq qismida esa, 2-3 mm kaltaroq olinadi.
Tagcharmni loyihalashda qolip izi andazasidan foydalaniladi. Bunda oq qog’ozga vertikal o‘q chiziq chizib olinadi va andazaning eng bo‘rtib chiqqan nuqtalari o‘q chiziq bilan moslashtirilgan xolda joylashtiriladi, andaza konturi ingichka uzuq chiziqlar bilan qog’ozga chizib olinadi. Xosil qilingan konturga nisbatan tagcharm konturi uchun zarur qo‘shimcha ortirmalar qo‘yib chiqiladi.
Bu qo‘shimcha ortirmalar quyidagi tenglama orqali hisoblab chiqiladi:
∑T = Tv+r+fmin+fq
Tv – quyida keltirilgan tenglama orqali aniqlanadi (13.5-rasm);
r – tagcharmning tayyor poyabzalda ko‘rinib turadigan cheti o‘lchami (7.1-jadval asosida olinadi);
fmin – 0,5-0,75 mm ga teng bo‘lgan ishlov berish uchun qo‘shimcha;
fq – texnologik ishlov berish usullarini hisobga oluvchi qo‘shimcha miqdori (0,5-4 mm).
7.1-jadval. Tagcharmning tayyor poyabzalda ko‘rinib turadigan cheti o‘lchami

Biriktirish usullari

Poyabzal turi

Tagcharm materiali

Iz o‘qi bo‘yicha

Iz eni bo‘yicha

tumshuqda

tovonda

Poshnada
0,73D kesimgacha

Ahmi qismida 0,41D kesimgacha

Tovonda 0,18D kesimgacha

Ichki tomonda

Tashqi tomonda

Ichki tomonda

Tashqi tomonda

Ichki tomonda

Tashqi tomonda

Xrom terili va to‘qimachilik materialidan tayyorlangan poyabzal

To‘liq aylanmagan qadolatli

Erkaklar,
o‘gil bolalar

G’ovak rezina, teri

6,5±0,5

2±0,5

6,5±0,5

6,5±0,5

7,5±0,5

7,5±0,5

2,5+0,5

2,5+0,5

Ayollar va qizlar, past poshnada, maktab yoshida

5±0,5

1,5±0,5

5±0,5

5±0,5

6±0,5

6±0,5

2,5+0,5

2,0+0,5

To‘liq aylangan qadolatli

Erkaklar,
o‘gil bolalar

6,5±0,5

5+0,5

6,5±0,5

6,5±0,5

7,5±0,5

7,5±0,5

5,5+1

5,5+1

Ayollar va qizlar, past poshnada, maktab yoshida

5±0,5

4,5±1

5±0,5

5±0,5

6±0,5

6±0,5

4,5+1

4,5+0,5

Yelimli

Erkaklar,
o‘gil bolalar

2,5±0,5

1,5+0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

1,5+0,5

1,5+0,5

Ayollar va qizlar, past poshnada, maktab yoshida

1±0,5

1+0,5

1±0,5

1±0,5

1±0,5

1±0,5

1+0,5

1+0,5

13.1-jadval davomi

Yelimli

Ayollar va qizlar, o‘rta va baland poshnada

Monolit rezina, teri

1,5±0,5

-

1,5±0,5

1,5±0,5

-

-

-

-

Ayollar va qizlar, past poshnada, maktab yoshida

Teri

2,0±0,5

1,5+0,5

2,0±0,5

2,0±0,5

2,0±0,5

2,0±0,5

1,5+0,5

1,5+0,5

Vinrli va mixli

Erkaklar,
o‘gil bolalar

4,5±0,5

2+0,5

4,5±0,5

4,5±0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

2,5+1

2,5+1

Ayollar va qizlar, past poshnada, maktab yoshida

4,5±0,5

1,5+0,5

4,0±0,5

4,0±0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

2,5+1

2,5+1

Doppel

Bolalar

Teri

6,5±0,5

4+1

6,5±0,5

6,5±0,5

6,5±0,5

6,5±0,5

4,5+1

4,5+1

Parko 1

5±0,5

4+1

5±0,5

5±0,5

5,5±0,5

5,5±0,5

4,5+1

4,5+1

Parko 2

5±0,5

2+1

5±0,5

5±0,5

5±0,5

5±0,5

2,5+0,5

2,5+0,5

Yuft terili poyabzal

Vinrli va mixli

Erkaklar,
o‘gil bolalar

Teri,
rezina

3,5±0,5

2+1

3,5±0,5

2,5±0,5

2,5±0,5

2±0,5

2+0,5

2+0,5



7.3-rasmda asosiy tagcharmning tovon qismidagi qo‘shimchasini aniqlash sxemasi berilgan. Sxemada ∑Ttan – tanavor detallari qalinliklarining summasi, Tp – patakning qalinligi, Tv – tagcharm tovon qismidagi qo‘shimcha, α – KK urinma va A nuqtaga tushirilgan perpendikulyar orasidagi burchak, Ky – tanavorni qolipga tortishdagi detallarning qisqarishini hisobga oluvchi koeffitsient, 0,75-0,9 ga teng.



Bu tenglama V guruhdagi tagcharmlarni loyihalashda foydalanisga tavciya etiladi (doppel, sandal, parko va yelimli-tikish usullaridan tashqari).
Candal usulida biriktiriladigan poyanzallarda Ps miqdori quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:

Tagcharm chizmasini tayyorlashda, eng ahamiyatli nuqtalarda tanavor detallari qalinliklarining o‘zgarib boroshini hisobga olgan xolda, patakka qo‘shiladigan ortirmalar miqdorlarini aniqlash uchun shu nuqtalar belgilab olinadi va nuqtalar orqali patak vertlkal o‘qiga perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi 13.6-rasm). Bu nuqtalarni aniqlashda oyoq panjasi uzunligidan foydalangan xolda quyidagi o‘lchamlarda belgilanadi (7.4-rasm, a): 0,18D – tovon tayanchi markazi; 0,41D – oyoq panjasi bukilish nuqtasi; 0,73D – ichki tutam; 0,80D – beshinchi barmoq oxiri.


a b v
7.4-rasm. Tagcharm chizmasini tayyorlash sxemasi. a – patak chizmasiga asosiy nuqtalar orqali chiziqlar o‘tkazish; b – oddiy tagcharm chizmasi; v – krokulli tagcharm chizmasi.


Qo‘shimcha qo‘yiladigan ortirmalar miqdorlari hududlar bo‘yicha turli qiymatlarga egaligini hisobga olib, ortirmalarni chizmada belgilashni eng kichik miqdorlaridan boshlash, masalan tovon qismidan boshlash tavsiya etiladi. Ortirmalar miqdorlari ozgargan joylarda, chizmada siniq chiziqlar bo‘lmasligi uchun, ularni asosiy nuqtalar oralig’ida belgilab, chiziqlarni ravon o‘tkazish zarur.


Krokulli tagcharmlarni loyihalash huddi oddiy tagcharmlarni loyihalash kabi bo‘ladi. Bu yerda tagcharmning krokul qismini chizish uchun loyihalanayotgan poyabzal poshnasining frontal tekisligi yuzasiga qog’oz yopishtirib, nysxasi ko‘chirib olinadi. Olingan nusxa tagcharn chizmasi tovon qismiga shunday joylashtiriladiki, poshna nusxasi chiziqlari tagcharm tovon qismi chiziqlarining davomidek bo‘lishi kerak (13.6-tasm, v). Shundan so‘ng poshnadan olingan nusxa konturi tagcharm chizmasiga qo‘shimcha chizib olinadi. Bunda poshna nusxasi yon tomonlarida 3-3,5 mm va uzunligi bo‘yicha 5-7 mm qo‘shimcha qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar tagcharim krokul qismini poshnaga bukib biriktirish uchun zarur.
Ponasimon poshnali poyabzallar tagcharmini loyihalash ham yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi. Faqat tagcharm uzunligi qisqartiriladi, uning uzunligi ponasimon pshna tagiga 10-15 mm kirib turadigan darajagacha qisqartiriladi.
Poyabzal orasiga qo‘yiladigan tasmalar kengligi maktab yoshidagi bolalar poyabzalida 15-16 mm, qolganlarida 18 mm bo‘ladi.
Poshna qoplamasi poshna yon sirtining yoyilmasi sifatida olinadi va chetlariga 4-5 mm ortirma qo‘shiladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin