Mavzu: poyabzal tag detallarini loyihalsh


Quyma va shakillantirilgan tag detallarni loyihalash



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/3
tarix27.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#59712
1   2   3
Lab 7 POYABZAL TAG DETALLARINI LOYIHALSH

Quyma va shakillantirilgan tag detallarni loyihalash
Avvaldan shaklantirilgan (monolit va yarim monilit tagcharmlar, tayyor xoldagi poshnala va shu kabilar) va quyma uslubda bevosita poyabzal tanavorida shakllantiriladigan tagcharmlarning qo‘llanishi, poyabzal sifatini yaxshilashga va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi.
Oldindan shakllantirilgan tagcharmlarni loyihalashda poyabzalning vazifasi, tuzilishi, detallar shakli, qolip shakli va o‘lchamlari, texnologik jarayonlar xususiyatlari, dastgohlar va shu kabilar hisobga olinishi kerak.
Oldindan shakllantirilgan tagcharmlarni ishlab chiqishda, birinchi navbatda, poyabzalning ustki va oraliq qismlari uchun materiallar qalinligi o‘rnatiladi va ularni DS talablariga muvofiqligini tekshiradi. Keyin qolip izining proektsion o‘lchamlarini olishni boshlanadi. Buning uchun poyabzal izining yo‘nalishini va poshna kerakli balandlikka ko‘tarilishini hisobga olgan holda prizmada o‘rnatiladi. Qolip mahkamlangan prizma maxsus belgilangan plitaga o‘rnatiladi va o‘lchov moslamasi yordamida har 10 mm izning proektsion o‘lchamlari aniqlab chiqiladi.
Ichki detallar konturini tuzish uchun, qolip izining olingan proektsion o‘lchamlariga tanavor detallari qalinliklari va oraliq detallarning presslash vaqtidagi qisqarishlarini hisobga olgan xolda, qo‘shimchalar qo‘shib chiqiladi. Tumshuq va tovon qismining joylashish chegaralarini qolipga tortilgan poyabzalga nisbatan olinadi. Kesimlar bo‘yicha barcha qo‘shimchalar qo‘yilgandan so‘ng mahsulotning ichki konturlari xosil bo‘ladi.
Poyabzalning tashqi konturlarini xosil qilingan ichki konturga erkin xolatda chiqib turuvchi qirg’oq shaklida (qadolat) qo‘shib chiqiladi. Qadolat enini poyabzalning turiga va biriktirish usuliga qarab o‘rnatiladi.
Xrom terili poyabzallarda qadolatning eni: tumshuq qismida 3,5-4 mm; tutamdan ahmi qismiga o‘tishda 1,5-2 mm. Tagcharmning ichki tomonida ichki konturdan 18 mm masofada oraliq patak chizib chiqiladi. U kataksimon panjara shaklida quriladi, devorlarining qalinligi tepa qismida 2,5 mm, pastki qismida 3,5 mm. Devorlari iz o‘qiga nisbatan 45° burchak ostida va kataklar o‘lchami 10x10 mm o‘lchamda bo‘ladi. Devorning balandligi tumshuq qismida 3-3,5 mm, kapaki qismida 2 mm, chetki qismlarida 1 mm.
Shuningdek, tanavorning tortish chizig’i bo‘ylab, shakllantirilgan tagcharmlarda ichki tomonidan o‘yindi qoyiladi, bu tanavorning tagcharmga zinch jiylashishini ta’minlaydi.
Shakllantirilgan tagcharmlar tashqi tomonida sirg’anib ketishdan saqlovchi va tashqi ko‘rinishini sifatli qilib ko‘rsatuvchi, bo‘rtib chiqqan naqshli tasvir bo‘lishi zarur.
Rezina poshna tagcharm tovon qismi konturi bo‘yicha loyihalanadi. Bunda ishlov berish qoshimchasi hisobga olinadi.
Profillangan tagcharmlar qalinligi hududlari bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Masalan, yelimli biriktiriladigan poyabzallarning tumshuq qismida 4-4,5 mm, ahmida 3,5 mm. Mixli briktiriladiganlarida, biriktirish chizig’i o‘tadigan yerida 6 mm va qolgan qismlarida 4,5 mm.
Poshna balandligi qolip tovon qismining ko‘tarilganlik miqdoriga qarab belgilanadi. Poshna ichki tomonida uning vaznini yengillashtirish maqsadida, bo‘shliq xosil qilinadi. Shuningdek poshna ichki tuzilishi tanavor tovon qismi tuzilishi bilan mos bo‘lishi lozim. Poshna uzunligi tagcharm uzunligiga nisbatan 1/4 o‘lchamda olinadi.
Oldindan shakllantiriladigan tagcharm detallari maxsus press-formalarda tayyorlanadi. Press-forma o‘lchamlari shakllantirilayotgan tagcharm o‘lchamlaridan kattaroq bo‘ladi, bunda detallarning vulkanizatsiyadan so‘ng kichrayish darajasi hisobga olinadi. Kichrayish miqdori tagcharm tayyorlanayotgan aralashma tarkibiga, vulkanizatsiya jarayoniga, detallar o‘lchamlariga va shu singari boshqa omillarga bog’liq.
Quyma shakllantiriladigan tagcharmlarni biriktirish ham maxsus press-formalarda amalga oshiriladi. Bunda qolipga tortilgan tanavor press-forma ichiga iz tomoni bilan yuqoriga qaratib o‘rnatiladi va press-forma usniga puanson yopilgan holatda eritma quyiladi. Tagcharmni quyishda ikki xil usuldan foydalaniladi: 1 – quyishga mo‘ljallangan aralashma eritilgan suyuq xolanda press-formaga quyiladi; 2 ‒ quyishga mo‘ljallangan aralashma kukun xolatda va kerakli miqdorda press-forma ichiga solinadi, so‘ngra eritiladi va bosim beriladi.
Quyma tagcharmlar shakli va o‘lchamlari press-forma ichki shakli va o‘lchamlari hamda aralashma miqdori bilan belgilanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin