Reja: 1.Standart va ularning turlari. 2.ISO xalqaro standartlari haqida. 3. ISO 9001 standartining keng miqyosda qo’llanishi.
Standartlashtirish ob’yektlariga ko’ra qo’yiladigan talablarni belgilovchi quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Xalqaro standartlar.Bu standartlar xalqaro standartizatsiya tashkiloti(ISO)tomonidan tasdiqlanadi. ISO strukturasi:assambleya,kengash ijroiya qo’mita tehnikaviy byuro,tehnikaviy komitet va markaziy kotibiyatlar. Mansablari: Prezident,viseprezident,g’aznachi, bosh kotib. Rasmiy tillar: ingliz tili, fransuz tili, rus tili.
O’zbekiston 1.01.1994-yildan boshlab ISOning a’zosi.O’zbekistonda O’zRST 1.7-97 standarti “Xalqaro standartlardan to’g’ridan to’g’ri foydalanish tartibi”ni belgilaydi. Mintaqaviy standartlar_standartlashtirish bo’yicha regional organlar tasdiqlaydi (GOST). 2.O’zbekiston respublikasi standartlari. Bu standartlarni: O’zbekiston respublikasi davlat standarti,Qurilish davlat qo’mitasi,Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi,Sog’liqni saqlash vazirligi,har qaysi o’ziga tegishli standartlarni tasdiqlaydi.
3.Tarmoq standarti.(TST) belgilangan tarmoqning raxbarlari tomonidan tasdiqlanadi.(O’zTST) 4.Texnik shartlar. Bir tomondan ular me’yoriy hujjatlar bo’lish, boshqa tomondan esa konstruktiv hujjat hamdir. 5.Korxona standartlari KST (STP) 6.Boshqa meyoriy hujjatlar: Boshqaruv hujjatlari (BH), tavsiyalar (T), me’yoriy va qoidalar, uslublar va boshqalar. 7.Chet davlatlar standartlari, O’zRST 1.7-94 bu standartlarning qo’llanilish tartibini belgilaydi.
Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-uslubiy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 ta bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zarurat tug’ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich – standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi taxriri) va uni fikr-muloxazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich – fikr-muloxazalar ustida ishlash, standart loyixasini(oxirgi tartibini) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich – standartni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish.
U xalqaro standartlarni, shu jumladan, 9000-turku-midagi standartlarni ham ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. TO’QQIZ MING - ushbu standartga berilgan tartib raqamidir.standartlar turkumi deb atalishiga sabab, ISO 9000 stansartidan tashqari,ISO 9000 “SIFAT MENEJMENTI” oilasiga kiruvchi yana ISO 9001 va ISO 9004 standartlari ham mavjud.
ISO 9000-Asosiy qoidalar,atama va ta’riflar lug’ati; ISO 9001-Talablar;Xalqaro standartlarga qo’yilgan talablar ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ham kengroq yoritilgan. ISO 9004 –Yanada rivojlanish va faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar. To’qqiz ming sonidan keyin yoziladigan to’rtlik sonlar,standartning qaysi yili qabul qilinganligini bildiradi.Misol uchun,ISO 9000:1987-BC 5750 bilan mos tushgan,uchta sifat nazoratimodelini o’zida mujassam etgan.ISO 9000:1994;ISO 9000:2000;
ISO 9000:2008 –Hozirgi kunda korxona va tashkilotlar sifatli boshqaruvning asosiy talabla-rini bajarish orqali mahsulot yoki xizmat sifatiga urg’u berib o’z nufuzlarini oshirishga harakat qili-shadi.Shu sababli ISO 9001 standartlarini bajarish ommalashganligi sababli,hozirgi kunda bu stan-dartlashtirish tizimi juda mashxurdir. Demak, sifat menejmenti - bu yuqori sifatli boshqaruv va raxbarlikning o’zaro muvofiq keluvchi faoliya-tidir.Sifat menejmenti-o’z ichiga sifatni boshqa-rish,sifatni rejalashtirish,sifatni ta’minlash,sifatni yaxshilashni qamrab oladi.
Bugungi kunda sifat menejmenti O’zbe-kistonning ko’plab ishlab chiqarish korxo-nalari va muassasalarida xalqaro talablarga muvofiq joriy etilmoqda hamda raqobat-bardoshlik, manfaatdor kompaniyalar unumdorligi va daromadlarini oshirishning samarali usuli hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyunda qabul qilingan “Respublika korxonalarida xalqa-ro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqa-rish tizimlarini joriy etishni kengaytirish-ga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori ijrosini ta’minlash hisobidan erishilmoqda.
ISO 9001:2008 standartlari Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO-International Organization for Standardization) Texnik qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib tashkilotlar va korxonalar sifat menejmenti tizimlarini yaratish hamda takomillashtirishda qo’llanilmoqda.Unda qo’llanilgan atama va ta’riflardan 9000 seriyasidagi barcha standart-larda foydalanilmoqda.
Ularning talablarga muvofiqligi yetkazib beruvchining ishonchlilik darajasi va kompa-niyasi samaradorligidan dalolat beradi. ISO muvofiqlik sertifikati esa standart talab-lariga erishilganining tashqi,mustaqil isboti hisoblanadi va sifat menejmenti tizimiga nis-batan qator shartlarni o’z ichiga olgan.
O’zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayhovning ta’kidlashicha,korxonalarda ISO 9001:2008 sifat menej-menti tizimini joriy qilishni ularning raqobatbardoshli-gini oshirish va bozor sharoitlarida barqaror rivojlani-shining muhim sifatida ko’rib chiqish kerak. Natijada korxonalarda iste’molchilar, xodimlar, aksiyadorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, barqaror moliyaviy ko’rsatkichlarga erishishga qaratilgan menejment tizimi shakllanadi.