Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja



Yüklə 327 Kb.
səhifə1/10
tarix03.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#82523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja


Aim.uz

Mexanik kattaliklarni o’lchash


Reja:
1. Siljish, kuch, tezlikni o`lchash.
2. Fotoelektrik o`lchashlar.
3. Fotosezgichli ARS
4. Texnologik oqimda paxta massasini o`lchash
5. Separator qirg’ichi sirpanishining sezgichi
6. Signal taqqoslash elementlari


Siljish, kuch, tezlikni o’lchash. O’lchov asboblari
Potensiometrik siljish o’lchagichlar oraliq X yoki burchak «a» bo’yicha siljishni o’lchaydi va elektrik signalga aylantiradi. Kirish signali oraliq X yoki «a» burchakka siljish bo’lsa, oraliq X yoki «a» dagi kuchlanish potensiometrdan chiquvchi signal Uч bo’ladi. (26- a, б rasm).
Potensiometr U kuchlanishli manbaga ulanganda qarshilik orqali tok o’tadi. Agar surilgich С qarshilik R bo’yicha X oraliqqa surilsa, undan chiquvchi



26-rasm. Siljishni o’lchaydigan bir taktli potentsiometr:
a-to’g’ri chiziqli surilgichli potensiometr; b-burchak bo’yicha surilgichli potensiometr; в - potensiometrning yuklanishsiz holatidagi tavsif grafigi.

signal quyidagicha aniqlanadi:


Uч = IRх = Rх ,
R
bundan: I = U .
R
Potensiometrning o’ramasi bir tekis uralgan va uning birlik oraliqlaridagi qarshiligi o’zgarmas bo’lsa, quyidagi tenglama o’rinli bo’ladi:
Rx = Uч
R U

chiqish signali Uч = U Rx = kRx


R
bunda k = U uzatish koeffisienti. Rx – surilgich surilgan oraliqdagi qarshilik,
R
R - potensiometr­ning to’la qarshiligi. Bu formula potensiometrik sezgichlardan chiquvchi Uч kuchlanish bilan kiruvchi signal (surilish oralig’i) X orasida to’g’ri mutanosiblik borligini ko’rsatadi.
Potensiometr o’ramasi solishtirma qarshiligi katta va issiqlik koeffisienti juda kam bo’lgani sim (konstantan, manganin, nixrom va boshqalar) dan tayyorlanadi. Uning har bir o’ramining qarshiligi ΔR ga teng deb faraz qilinsa, potensiometrning statik tavsif grafigi Uч = f(X) ideal to’g’ri chiziq bo’lmaydi (26-в rasm), chunki surilgich bir o’ramdan ikkinchi o’ramga o’tganda undan chiquvchi kuchlanish Uч bir pog’onadan ikkinchi pog’onaga sakrab o’tadi. Potensiometr statik tavsif grafigining to’g’ri chiziqli (pog’onasiz) bo’lishi uchun undagi o’ramlar sonini cheksiz oshirish kerak.
Avtomatik sistemalarda bunday bir taktli surilish o’lchagichlari o’rnida, ko’pincha ikki taktli potensio­metrik surilish o’lchagichlari (sezgichlar) qo’llaniladi (27-rasm). Bu o’lchagichlarning surilgichidan olinadigan signalning miqdoridan tashqari ishorasi ham o’zgaradi. Undagi signal o’tkazuvchi simlarning bir uchi potensiometr qarshiligining o’rta nuqtasi l/2 ga ulanadi, ikkinchi uchi esa surilgichga ulangan bo’ladi. Agar surilgich qarshilikning o’rta l/2 nuqtasida tursa, potensiometrdan signal chiqmaydi (Uч=0). Su­rilgich 0 nuqtadan yuqorida bo’lganida chiquvchi signal musbat (+Uч), pastda bo’lganida manfiy (-Uч) bo’ladi (27-rasm).



27-rasm. Ikki taktli potensiometrik siljish o’lchagich:
a – sxemasi; б – yuksiz holatdagi statik tavsif grafigi.

Potensiometrik siljish o’lchagichlar ko’pincha mashina va mexanizmlarning ma'lum kichik oraliqqa surilishini yoki burchakka burilishini o’lchash uchun xizmat qiladi. Potensiometrik siljish o’lchagichlarning afzalligi ularning tuzilishi soddaligi, massasi va hajm o’lchamlarining kichikligi, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok manbalariga ulanishi mumkinligi, yuqori stabillikka egaligi va sozlash ishlarining soddaligidadir. Undagi surilma kontaktning mavjudligi uning ishonchli ishlashi va ish muddati kamayishiga sabab bo’ladi. Sezuvchanligining yuqori emasligi va pog’onali grafikka egaligi bunday sezgichlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Potensiometr chulg’amining reaktiv qarshiligi hisobga olinmaydi.



Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin