Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja


Fotoqarshilikli fotoelementlar



Yüklə 327 Kb.
səhifə5/10
tarix03.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#82523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja

Fotoqarshilikli fotoelementlar yarimo’tkazgich materiallarning elektr sezuvchanligining yorug’lik oqimi kuchi ta'sirida o’zgarishi xususiyatiga аsоslanadi.
Bunday fotoelementlar selen, talliy sulfid, qo’rgoshin sulfid, vismut (III) sulfid, kadmiy sulfid kabi yarimo’tkazgichlardan tayyorlanadi.





31-rasm. Fotoqarshilik: a - tuzilishi; b - sxemasi; v - tavsif grafigi.

Fotoqarshilikning tuzilishi 31-a rasmda ko’rsatilgan. Undagi elektrodlar 1 va 2 orasiga yarimo’tkazgich qatlami 3 vakuumda bug’latish yo’li bilan kiritiladi. Fotoqarshilik plastmassali korpus 4 ga o’rnatilgan bo’ladi.


Fotoqarshilikka tushadigan Ф yorug’lik kuchining o’zgarishi yarimo’tkazgich qarshiligi Rф ni o’zgartiradi, natijada yuklanish qarshiligi Rю orqali o’tadigan tok Iю ham o’zgaradi:
Iф = U__
Rф+Rю
bunda U - manba kuchlanishi.
Agar manba kuchlanishi stabillashtirilgan bo’lsa, fotoqarshilikka tushadigan yorug’lik oqimi Ф bilan zanjirdan o’tadigan tok Iф orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Iф =kФn
bunda 0Fotoqarshilikning sezuvchanligi Sф ning tavsif grafigi Iф=f(Ф)ga muvofiq aniqlanadi (31- в rasm).
Sф = ΔΙф
ΔΦ
Yorug’lik ortishi bilan fotoqarshilikning sezuvchanligi kamayadi. Tavsif grafigining to’g’ri chiziqli emasligi (31- в rasm), inersionliligi, o’lchov aniqligining
haroratga bog’liqligi fotoqarshilikning kamchiligi hisoblanadi. Eng asosiy afzalliklari sifatida uning o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok manbaiga ulanganda bir xil ishlay olishini ko’rsatish mumkin.
Ventilli fotoelementlar yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi o’lchov-o’zgartkich hisoblanadi. Bunda yorug’lik oqimi kuchi Φ ta’sirida fotoelement qutblari 6, 7 orasida fotoelektr yurituvchi kuch eΦ=kΦ) va yuklanish qarshiligi Rю zanjirida fototok Iф =eΦ
Rю hоsil bo’ladi (32-rasm).

32- rasm. Ventilli fotoelement: a - tuzilish sxemasi; б - tavsif grafigi
Ventilli fotoelement yupqa oltin qatlami 1, berkituvchi qatlam 2, yarimo’tkazgich (selen) qatlami 3, metall elektrod 4 va po’lat asos 5 dan iborat bo’lib, yorug’lik ta’sirida hosil bo’lgani EYUK 1 va 4 elektrodlar orqali tashqi zanjirga beriladi.
Berkituvchi qatlam 2 oltin va yarimo’tkazgich qatlamlariga termik ishlov berish yo’li bilan hоsil qilinadi. Bu qatlam tufayli yorug’lik ta’sirida vujudga kelgan erkin elektron faqat bir tоmоngа harakat qiladi.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin