Bunkerdagi paxta sathi balandligini kuzatish va fotosezgichli ARSi 1. Paxta bunkerlari, shaxta va lotoklaridagi paxta va paxta mahsulotlarining sathi balandligini o’lchash, avtomatik kuzatish va rostlash uchun fotosezgich qurilmalaridan keng foydalaniladi. Bunday qurilmalar yorug’lik manbai (elektr chiroqlari) va yorug’likni
33-rasm. Ta'minlovchi bunkerdagi paxta sathi balandligining fotosezgichli ARSining tuzilish sxemasi qabul qiluvchi fotosezgich ФС (fotoelement)lardan tuziladi. Bu ikki element ko’pincha bunkerning qarama-qarshi devorlariga o’rnatiladi. 33- rasmda bunkerdagi paxta sathi balandligining o’zgarishini sezish va signal berish uchun elektr lampalari Н, L va yorug’lik qabul qiluvchi element sifatida fotoqarshilik ФС1 va ФС2 lardan foydalanilgan. Bunkerdagi paxta sathi balandligi Н ga yеtganda fotoqarshiliklar ФС1 hamda ФС2 ga yorug’lik tushmaydi va ularning elektr qarshiligi keskin оshib ketadi, rele KV2 va KV1 dan o’tadigan tok keskin kamayib ketishi sababli rele kontaktlari KV1 ва KV2 uziladi, elektromagnit ЭM toksizlanadi. Ventilyator quvuridagi to’siq, РO prujina kuchi ta’sirida yopiladi va bunkerga separatordan paxta tushishi to’xtaydi.
Bunkerdan paxta tinimsiz tushib turishi Q сарф tufayli undagi paxta sathi kamaya boradi, ФС2 ning ko’zi ochilib rele KV2 o’z kontakti KV2 ni ulaganda kontakt KV1 uzuq bo’lgani sababli elektromagnit o’rami ЭM dan tok o’tmaydi va to’siq РO prujina kuchi ta’sirida yopiqligicha qoladi, separatordan bunkerga paxta tushmaydi.
34-rasm. Paxta og’irligini uzluksiz o’lchab turadigan tarozi transportyor Bunkerga paxta tushishi ФС1 ning ko’zi ochilishi bilan boshlanadi. Shunda KV1 o’ramdan tok o’tib, ЭM zanjiridagi kontakt KV1 ni ulaydi, ЭM o’ramdan tok o’tadi. To’siq РO ochilib separatordan bunkerga paxta tusha boshlaydi. Elektromagnit ЭМ o’ramidan tok o’tganda to’siq РO ochiladi, ЭM toksizlanganda esa prujina kuchi to’siq, РO ni yopib qo’yadi. Shunday qilib paxta sathi Н hamda L balandlik oralig’ida o’zgaradi va uning o’rtacha balandligi saqlanib turadi.
Fotosezgichli sath o’lchagichlarning ishonchli ishlashiga chigit va paxta changi hamda tashqi yorug’lik zararli hisoblanadi. Ushbu kamchilikni biroz kamaytirish maqsadida paxta sath balandligini o’lchash, kuzatish va rostlash sistemalarida nur manbai sifatida yarimo’tkazgichli infraqizil nurlatkichlardan foydalanish o’rinli bo’lishi mumkin.