Amaliyot ishi №1 Mavzu



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə19/19
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#45958
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-amaliyot

Nazorat savollari:


  1. Wordda matnni tiklash haqida ma’lumot bering?

  2. Vaqtni sozlash haqida tushunchangiz?

  3. Wordda matnni tiklash jaroyini ketma-ketligi?


Amaliyot ishi № 16

Mavzu: Mashinali o`qitish

Ishdan maqsad: mashinali o`qitish, mashina imkoniyati, ta`lim beruvchi dasturlar, ta`lim beruvchi kurslar, trenajyor, malaka shakllantirishni o`rganish.

Nazariy qism:

Biz odatda o`qitish deganda auditoriyada o`qituvchi o`quvchilarni o`qitayotganini ko`z oldimizga keltiramiz. Lekin taraqqiyotning bugungi kunida insoniyat tomonidan yaratilgan mashinalar hatto ta`lim berishdek mashaqqatli va ma`suliyatli ishda ham unga yordamga keldi. Bugungi kunda hech bir mashg’ulotni mashinalar yordamisiz o`tish maqsadga muofiq bo`lmasa kerak. O`qituvchi o`qitishda mashinalarni qo`llasa, ya`ni o`zi bajaradigan ishlarning bir qismini mashina zimmasiga yuklasa, bu mashinali o`qitish deyiladi. Xo`sh mashinali o`qitish oddiy o`qitishdan nimasi bilan farq qiladi? Mashinalar, ta`limida nima vazifalarni bajarishi mumkin? Ular qanday o`qitishi mumkin? Bu savollarga javob berish uchun o`qituvchining bajaradigan ishlarini bir eslab olaylik: Mashg’ulot uchun material tayyorlash, o`quvchilarga yangi bilimlarni berish, tushuntirish, ko`rsatish, namoyish qilish, ularning bilimlarini mustahkamlash va mukammallashtirish, savol–javob o`tkazish, ularda malakalarni shakllantirish, ko`nikma hosil qilish, ularning o`zlashtirishlarini nazorat qilish, bilimlarini sinash, baholash va h.k.z. Bu vazifalarni turli didaktik vositalar yordamida sifatli bajarish mumkinligini biz oldingi ma`ruzalarimizda ko`rib o`tgan edik. SHuning uchun biz mashg’ulotni rejalashtirayotganimizda didaktik vositalarning imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz kerak. Ko`pgina ta`limga oid ishlarni mashina insonga nisbatan sifatli va samarali amalga oshiradi. Albatta o`qitishni to`liq mashina zimmasiga topshirib bo`lmaydi. O`qituvchi mashina zimmasiga vazifalar yuklab, uning ishini boshqarib turishi, so`nggi qarorni esa, baribir uning o`zi qabul qilishi kerak bo`ladi. Mashinali o`qitishning turlarini ko`rib o`tsak bunga o`zimiz amin bo`lamiz.





Ta`lim beruvchi dasturlar. Mashg’ulotda o`rganilayotgan mavzu audio yozuv, video yozuv yoki elektron variantda qo`llanilishi mumkin. Bunda ta`lim rejalashtirilgan dastur asosida olib boriladi. Natijada mashg’ulotda o`qituvchi tushuntirib berishi kerak bo`lgan materialini audio, video yoki elektron dastur amalga oshrib beradi. Bu ishni fan doir urganiladigan barcha mavzular buycha tuzish, masalan audio kurs tashkil qilish mumkin. Albatta bu degani o`qituvchi mashg’ulotni o`tmaydi degani emas. Bunday ta`lim beruvchi dasturlardan mustakil ta`limda, uyga vazifalarni bajarganda, qo`shimcha tayyorlanganda, sirtdan ta`lim olganda keng va samarali foydalanish mumkin. Bunday vaziyatlarda o`quvchi adabiyotlardan kerakli matnlarni qidirib, ko`p vaqt, mehnat va harajat qilib o`tirmasdan, sifatli tayyorlangan ta`lim beruvchi dasturdan foydalanishi mumkin. Albatta har doim ham faqat tayyor matnlarni o`quvchilarga berish maqsadga muvofiq emas, ba`zan unga berilgan topshiriqlar uni izlanishga ham majbur qilishi kerak. Tayyorlangan ta`lim beruvchi dasturlarda shular ham e`tiborga olinishi kerak. Odatda ta`lim beruvchi dasturni malakali mutaxassislar tayorlashadi va undan yosh o`qituvchilar foydalanadilar. Ta`lim beruvchi dasturlarni har bir o`qituvchining o`zi ham tayyorlashi mumkin. Buning uchun u o`z ustida ko`proq ishlab, etarli tajriba orttirishi kerak. O`z navbatida bu har bir o`qituvchi oldiga ko`yilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Lekin ta`lim beruvchi dasturlarda o`quv materiali o`quvchilarga tushunarli, ravon tilda yaratilishi, unda so`nggi yangiliklardan keng foydalanilishi va barcha didaktik tamoyillar talablari asosida tayyorlanishi kerak.

Trenajyorlar mashq qilish mashinalari bo`lib, ular yordamida o`quvchilarda, tanlagan kasblariga oid turli vazifalarni bajarishga doir malaka va ko`nikmalarni shakllantiramiz. Trenajyorlar asosan mashg’ulotni laboratoriya va ustaxonalarda olib borilganda qo`llanladi. CHunki trenajyor sifatida qo`llanilayotgan mashina yoki jihozlar statsionar xususiyatga ega bo`lib, ularni auditoriyalarga ko`chirib yurish imkoni yo`q va ulardan foydalanish uchun maxsus jihozlangan xonalar bo`lishi shart. Bugungi kunda o`quv yurtlarida trenajyorlardan keng foydalanilmoqda. Bunchalik katta xarajatlar evaziga mashg’ulotlarni mashinali o`qitish asosida olib borishning boisi nimada? O`quv ishlarining bazi bir turlari borki, ularni og’zaki tushuntirish yoki ko`rgazmali amalga oshirish bilan ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi. Talabalarda kasblariga oid malaka va ko`nikma hosil bo`lishi uchun albatta bu vazifalarni o`z qo`llari bilan, turli mashina va jihozlarda bajarishlari kerak bo`ladi. Bu vazifalarni texnologik jarayon uzluksiz borayotgan korxonalarda amalga oshirish ham mumkin emas. Chunki bu birinchidan ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta`sir qilsa, ikkinchidan hali o`rganmagan talabani texnologik mashina bilan ishlashga qo`yish texnika xafsizligi talabiga javob bermaydi va qimmatbaho jihozlarni ularga darhol ishonib ham bo`lmaydi. Buning uchun ular avval o`quv maqsadlarida qo`llaniladigan shunga o`xshash texnologik mashina va jixozlarda, ularning analogik va virtual stendlarida, model yoki maketlarida shug’ullanishlari ko`zda tutilgan. SHuning uchun turli tikuv mashinalari, tokarlik dastgohlari, mahsulot pishirish pech’lari, presslar va boshqa mashina va jihozlar o`quv yurti laboratoriya va ustaxonalarida o`rnatilib, ularda talabalar bemalol mashq qilib o`rganadilar. Ba`zan trenajyor sifatida model, maket yoki stendlardan ham foydalaniladi. Bular ma`lum bir texnologik mashina yoki jihozning ish bajarishini imitatsiya qilib berish maqsadida tayyorlanadi. Ayrim texnologik mashinalar va jihozlar hamda texnologik jarayonlarni, ular murakkab va katta xarajat talab qilgani uchun, hatto imitatsiya qilish imkoni ham bo`lmaydi. Bugungi kunda ushbu muammo ham o`z echimini topgan. Kompyu’terlarda tayyorlanayotgan virtual stendlar bunday jarayonlarni bemalol ko`rsata oladi.

Distantsion ta`lim, ya`ni masofadan turib o`qitish ham mashinali o`qishning bir turi hisoblanadi. Biz ta`lim beruvchi dasturlarin ko`rib o`tganimizda turli audio, video va elektron o`quv dasturlari yordamida o`quvchilar qisman mustaqil ta`lim olish imkoniyatiga ham ega bo`lishlarini aytib o`tgan edik. Texnika taraqqiyoti shunday imkoniyatlarga olib keldiki, enda nafaqat mustaqil ta`lim olishda, balki mashg’ulotning o`zini ham o`qituvchisiz olib borish mumkin. Albatta o`qituvchi yo`qligi shartli ravishda olinayapti, chunki o`qituvchi garchi audatoriyada bo`lmasada, u ma`lum bir masofadan turib ta`limni olib borishi mumkin. YA`ni u masofadan turib o`qitadi, boshqacha aytganda ditantsion ta`lim olib boradi. Tajribalar, xatto audiovositalar yordamida ham distantsion ta`lim olib borish mumkinligini ko`rsatadi. Lekin televidenie va video vositalar distantsion ta`limda ko`proq qo`llanila boshlandi. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi esa distantsion ta`limni kompyu’ter yordamida ham amalga oshirish imkonini berdi. Masalan komp’yuter tarmoqlari orqali oddiy va videokonferents ta`lim olib borish mumkin. Bunday distantsion ta`limga turli ta`lim beruvchi dasturlar, didaktik materiallar, virtual stendlar va boshqa o`quv axborotlarini hech bir qiyinchliksiz qo`sha olamiz. Distantsion ta`lim masofaning uzoqligidan qat`iy nazar o`qituvchi va o’quvchilar o`rtasida aloqani, axborot almishinishni amalga oshiradi. Bu ta`lim xorijiy davlatlarning etakchi mutaxasislari olib borayotgan mashg’ulotga bemalol auditoriyani ulash imkonini beradi. Distantsion ta`limning yana bir ustunlik tomoni shundaki, u makon va zamonga bog’liq bo`lmagan holda, ya`ni istagan joyda va istalgan vaqtda amalga oshirish imkonini beradi. Distantsion ta`limdan talabalar qo`shimcha bilim olishda, sirtdan o`qiyotganda, mustakil ta`lim olishda keng foydalanadilar.

Nazorat savollari:

  1. Mashinali o`qitish nima?

  2. Distantsion ta`lim haqida nima bilasiz?

  3. Talim beruvchi dasturlarga misollar?

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin