Funksiyalar parametrlar, ya'ni funksiyaga berilishi mumkin bo'lgan qiymatlar qabul qila oladi va ular ustuda biror amal bajarishi mumkin. Bu parametrlar o'zgaruvchilarga o'xshaydi. Faqat ulardan farqi bu o'zgaruvchilarning qiymati funksiyani chaqirish vaqtida o'rnatiladi. Funksiya ish boshlagan vaqtda bularga qiymat biriktirilgan bo'ladi.
Parametrlar funksiya aniqlanayotgan vaqtda qavs ishida vergul bilan ajratilgasn holda ko'rsatiladi. Ularga qiymatni funksiyani chaqirganimizda biriktiramiz. Ushbu atamalarga e'tibor bering: funksiya e'lon qilinayotgan vaqtda ko'rsatilgan nomlar parametrlar, funksiyani chaqirayotganimizda unga berilgan qiymatlar esa argumentlar deyiladi.
Python Modul
Modul yaratish python dasturlash tilini kutubxonasi bilan bir xil deb hisoblash mumkin. Buni qisqacha qilib olganda bir qancha funksiyalardan tashkil topgan fayl hisoblasak bo'ladi. Modul yaratish uchun kerakli kodlar jamlammasini alohida faylga joylab uni chaqirish ishlatish mumkin.
Eslatma: Modul yaratishni dasturlash tilining kutubxonasi darajasiga tenglashtiradigan bo'lsak, siz o'z modulingizni yaratib kutubxona yaratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
devsmodul.py
def greeting(name):
print("Hello, " + name)
modulni chaqirish kutubxonani chaqirish bilan bir xil hisoblanadi.
import devsmodul
mymodule.greeting("Qudrat")
Moduldagi o'zgaruvchilar
Modulda yuqorida tavsiflanganidek funksiyalar, shuningdek, barcha turdagi o'zgaruvchilar (massivlar, lug'atlar, ob'ektlar va boshqalar) bo'lishi mumkin: