Farg‘ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti cholg’u ijrochiligi yo’nalishi 19.32 guruh talabasi
Ortiqboyev Dilshodning
AMALIYOT XISOBOTI
Men Ortiqboyev Dilshod Farg‘ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti cholg’u ijrochiligi yo’nalishi 19.32 guruh talabasiman. Men 2023 yil 6-fevral sanasidan, 2023 yilning 15-aprel sanasiga qadar Farg’ona viloyati Farg'ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati malakaviy amaliyot o’tadim. Amaliyot davrida ko’plab malaka va ko‘nikmalar ortirdim. Bu davr mobaynida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish, ular bilan psixologik ishlash, dars mashg’ulotlari va turli tadbirlarni tashkillash va o’tkazishni, dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni, tadbir ssenariylarini tuzishni, turli cholg’u asboblari bilan tanishtirib, o’quvchilarga dars mashg’ulotlarini o’yin tarzida tashkillash va shu o’yin yordamida yangi mavzuni tushuntirib borish va mustahkamlashni o’rgandim. Foydali ko‘nikma va malakalarga ega bo’ldim.
O’quvchilar bilan individual shug’ullandim va birgalikda turli tadbirlar tashkillashtirdik. Amaliyot davri men uchun juda ham foydali bo‘ldi. O‘qishni tamomlab, ish boshlashimda hozirda o‘rganganlarim juda foyda beradi degan umiddaman.
Amaliyot davrida o‘quvchilar bilan ba’zi bir qiyinchiliklar ham uchrab turdi, lekin amaliyot rahbarimizning bergan maslahatlariga asoslanib u holatlarga qanday yechim topishni o’rgandim. Ish boshlaganimda ham amaliyot rahbarimning har bir so‘zlarini o‘gitdek yodimdan chiqarmayman.
Amaliyot rahbarimiz D.Murodova bizga o‘z bilim va ko‘nikmalarini ayamay o‘rgatdi. Shuning natijasida, biz amaliyotda qiyinchiliklarga uchramadik. Ularni bergan maslahatlari va bilimlari bizga juda foyda berdi.
Kelajakda huddi ular kabi fidokor ustoz bo‘lib etishish mening orzuyim.
Amaliyotchi talaba: D.Ortiqboyev
Amaliyot rahbari: D.Murodova
Dostları ilə paylaş: |