Men ziyolilar oilasida tavallud topdim. Ota-onam va ajdodlarim o’qituvchi bo’lib faoliyat olib borishgan. Men yoshligimdan bobolarim va ota-onamga o’xshab ziyoli bo’lishni orzu qilganman



Yüklə 11,9 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü11,9 Kb.
#34820
салтанатхон


Men ziyolilar oilasida tavallud topdim. Ota-onam va ajdodlarim o’qituvchi bo’lib faoliyat olib borishgan. Men yoshligimdan bobolarim va ota-onamga o’xshab ziyoli bo’lishni orzu qilganman.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lishimga sabab, birinchi o’qituvchim Meliboyeva Umidaxonning bag’ri kengligi, shijoati,mexribonligi, samimiyligi , shirin so’zligi meni shu kasbni egallashimga turtki bo’ldi. 1991-yil 24- maktabni tamomlab shu yili Qo’qon Davlat Pedagogika Institutini kunduzgi bo’limiga o’qishga kirdim. 1995-yil Institutni muvaffaqqiyatli tamomlab, 43-umumta’lim maktabiga boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishga kirdim.



Ish faoliyatim davomida bolalarga ta’lim tarbiya berishdek mashaqqatli ishda ustozlarimdan olgan bilimlarim va ko’nikmalarim dan foydalanib o’quvchilarga bilim berib kelmoqdaman. O’quvchilarimning bilim samaradorligini oshirish uchun darslarda zamonaviy texnalogiyalardan , multimediyali ilovalardan va materiallardan foydalanaman.

Turli tanlovlardan ya’ni “Chiroyli yozuv “, ”Ko’rgazmalar ” tuman va viloyat ro’znomalarida maqolalarim bilan qatnashdim.
Yüklə 11,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin