PEDAGOGIK AMALIYOT YAKUNIDAN SO`NG QO`YIDAGI XUJJATLAR TOPSHIRILADI:
1. Kafedraning amaliyot yakuni bo’yicha yig’ilishi qarori.
2. Amaliyot nizomi.
3. Kundalik. Talaba amaliyotning dastlabki kunidan boshlab yakuniy konferentsiyacha bo`lgan kunlik faoliyatini vaqt bo`yicha daftarga aks ettirgan bo`lishi kerak.
4. Ishchi reja. Amaliyotchi talaba amaliyot davriga qaysi sinflarda qaysi fanlardan dars o`tishi amaliyot davriga moslab tuzilishi kerak.
5. Tarbiyaviy ish reja. Ushbu rejada amaliyotchiga biriktirilgan sinfda amaliyot davrida amalga oshirishi kerak bo`lgan ishlar delgilangan bo`ladi.
6. Dars konspekti. Konspekt ishchi rejaga mos ravishda o`tiladigan dars uchun yoziladi.
7. To`garak daftari. Talaba amaliyot davomida to`garak yuritishi kerak. Buning uchun avvalo to`garak rejasi, to`garak qatnashchilari, o`tilgan mavzular konspekti va to`garak kunlari xaqida ma`lumotlar bo`lishi kerak.
8. Dars kuzatish daftari. Buni dars taxlili daftari, deb ham yuritiladi. Unda talaba amaliyot davomida o`zi kuzatgan va taxlil qilgan darslar xaqidagi ma`lumotlar aks ettirilgan bo`ladi. Uslub o`rganish uchun talaba tarix fanidan boshqa darslarni kuzatishi maqsadga muvofiqdir.
9. Tadbir stsenariysi va hisoboti. Amaliyot davomida talaba briktirilgan sinfi ishtirokida bir yoki undan ortiq tadbir o`tkazishi shart. Buning uchun rejaga muvofiq maktab ma`muriyati sinf rahbari bilan maslahatlashgan xolda stsenariy tuzishi, tadbirdan so`ng esa ztkazilganligi xaqida hisobot tuzishi kerak.
10. Talabaga fan o`qituvchisining tavsifnomasi. Maktab ma`muriyati tomonidan amaliyotchiga biriktirilgan tarix fani o`qituvchisining bahosi.
11 Talabaga sinf rahbarining tavsifnomasi. Maktab ma`muriyati tomonidan amaliyotchiga biriktirilgan sinf rahbarining bahosi.
12 Sinf jamoasiga yoki bitta o`quvchiga tavsifnoma. Talaba amaliyot davomida o`ziga biriktirilgan sinfdagi xar bir o`quvchining uy sharoiti, oila ahvoli va ayniqsa, xarakterini yaxshi o`rgangan bo`lishi kerak.
13 Pedagogik kengash qaroridan ko`chirma. Amaliyot yakunlanganidan so`ng maktab ma`muriyati, fan bo’yicha mutaxassislar, sinf rahbarlari, universitetdan tayinlangan amaliyot rahbarlari va talabalar ishtirokida kengash o`tkaziladi. Unda amaliyot yakuni e`lon qilinadi: yutuq va kamchiliklar, kelgusida amaliyotni yanada samarili o`tishini ta`minlash uchun takliflar bildiriladi, talabalar baholari e`lon qidinadi. Ushbu kengash bayonnomasidan ko`chirmadan bir nusxa berilishi kerak.
14 Hisobot. Talabaning amaliyot davomida amalga oshirgan ishlari xaqida yozma ma`lumotnomasi.
15. Аmaliyot rahbarining xulosasi.