Amaliyoti hisoboti



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#107765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozorova Sevara fdvgdtgh

Sistematik holati 
Turkum: Kaptarsimonlar - Columbiformes 
Oila: Kaptarlar - Columbidae 
Urug`: G‘urraklar - Streptopelia 
Tur: Musicha - Streptopelia senegalensis L. 
Kenja tur: Kichik musicha - Streptopelia senegalensis ermanni. 
Tashqi ko`rinishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Boshi va bo`yni ko`kish 
pushti rangda, tanasining orqa yelka qismi, dum usti, qanotining ustki qoplovchi 
patlari jigarrang tusdagi qo`ng`ir rangda bo`ladi. Dum usti patlarida va orqasining 
ustki qismida kulrang tus aralashmasi bo`ladi. Tumshug`ining osti va tomog`i oq 
rangda, bo`ynining pastki qismi va jig`ildoni pushti-uzum rangda, qorin va dum osti


patlari oqish rangda bo`ladi. Bo`ynining yon tomonlari zang-uzum rangda bo`lib, 
patlarining asos qismi qora rangda bo`ladi. Tanasining yon qismlari kulrang ko`kish 
tusda qanotining ustki qoplovchi patlari, birinchi darajali qoquv patlarini qoplovchi 
patlaridan tashqari xavo rang ko`kish rangda bo`ladi. Qolgan patlari kulrang, uchi oq 
va oq rangining ostidan qora chiziq bo`ladi. Qoquv patlari qoramtir qo`ng`ir rangda. 
Ko`zi qo`ng`ir, tumshug`i qora oyoqlari qizil rangda bo`ladi 
Tarqalishi O`zbekistonda O`rta Osiyoning boshqa kichik respublikalari singari 
musichaning Streptopeliya senegalenses ermanni kenja turi uchraydi. O`rta Osiyodan 
tashqari kichik musicha shimoliy Avg`onistonda, Eron va boshqa mintaqalarda keng 
tarqalgan. Kichik musichaning tur areali butun Afrika, Old Osiyo, Eron, Pokiston va 
Xindistonni qamrab oladi. T.Z.Zohidov va R.N. Meklenburyevlarning ma‘lumotlariga 
ko`ra kichik musicha asosan Afrikada uchraydi. Arabiston, Hindiston va butun old 
Osiyoda uya quradi. O`rta Osiyoda kichik musicha faqat janubiy mintaqalarda 
tarqalgan. 
Qizil 
O`rdadan 
janubroqda 
Bishkek 
va 
Almatida 
uyalaydi. 
Turkmanistonning faqat eng janubiy qismlarida tarqalgan. 
Kichik musicha O`zbekistonda keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. 
Respublikaning janubida Surxanaryo vodiysida tog`lardagi axoli yashaydigan 
joylargacha tarqalgan. Qashqadaryo vohasida kichik musicha barcha axoli 
yashaydigan joylarda tarqalgan bo`lib, tog`larda dengiz satxidan 2300metr 
balandlikkacha ko`tariladi. I.A.Molchanov kichik musichani Nukus atroflari va 
Qo`ng`irtogning odatdagi qushi deb hisoblaydi. U Zarafshon vodiysida Arabxona, 
Xuja Davlat qishloqlarida, Buxoro shahrida keng tarqalgan Farg`ona vodiysida 
musicha eng odatdagi tur bo`lib, faqat axoli yashaydigan joylarda uchraydi. 
U inson bilan juda chambarchas bog`liq bo`lib, axoli yashaydigan joylardan 
uzoqda 
umuman 
uchramaydi. 
Shaharlardagi 
yorug`lik 
va 
shovqinlardan 
cho`chimasdan serharakat ko`chalarda uya quradi. Internet tizimidagi ma‘lumotlarga 
ko`ra kichik musichalar odamlar bilan yonma-yon yashab, Aholi yashaydigan


joylardan tashqarida deyarli uchramaydi. Asosan kichik galalar hosil qilib, o`troq 
xolda hayot kechiradi 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin