O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM
VAZIRLIGI
Termiz davlat universiteti Biologiya Fakulteti
121-Guruh talabasi Bozorova Sevaraning
Zoologiya fanidan
O’QUV-DALA
AMALIYOTI HISOBOTI
KIRISH
Bir haftalik amaliyot Umurtqali va umurtqasizlar zoologiyasidan ikkinchi oliy ta‘lim
uchinchi kurs talabalarining oʻquv-dala amaliyoti nazariy darslar oʻzlashtirilgandan
keyin oʻtkaziladi va zoologiya fanini tabiat sharoitida oʻrganishning davomi boʻlib
xizmat qiladi.
Amaliyotning asosiy maqsadi hayvonlami bir koʻrishda ―tanib‖ olishga oʻrgatish,
ularni tabiatda topa bilish va aniqlay olish -vizual yoki koʻz bilan koʻrish, ularni
hayoti va faoliyatlarini izidan borib kuzatish asosida oʻrganishdan iboratdir, chunki
izlanish obʼektini yaxshi tanimay turib, boshqa har qanday ish ekologiyasini, ekotopik
taqsimlanishi, soni, feʼl-atvorini oʻrganish va muhofaza qilish sohasida tadbirlar
oʻtkazishni tasavvur qilib boʻlmaydi.
Dala amaliyoti talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning tabiat hodisalariga
izlanuvchanlik bilan yondashishini tarbiyalaydi, qiziquvchanligini orttiradi. Ular dala
sharoitida mustaqil ishlash mahoratini egallash bilan birga, eng keng tarqalgan
oʻsimlik, hayvon turlarini tabiiy sharoitda kuzatishni va aniqlashni ham oʻrganadilar.
Talabalar tabiatdagi xilma-xil voqea-hodisalar toʻgʻrisidagi tushunchaga ega
boʻladilar, yashash sharoitlarida
organizmlaring birligi va oʻzaro aloqadorligi, ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy
uslublari bilan tanishadilar, bular hammasi quyidagi jarayonlarda mujassamlangan
boʻladi:
l. Oʻqituvchi bilan birgalikda ekskursiyalarda boʻlish;
2. Material toʻplash;
3.Toʻplangan materiallarni kameral ishlash (yaʼni laboratoriya sharoitida ilmiy
ishlash);
4. Kundalik daftarlar tutish, hayvonlar bilan uchrashish kartochkalarini tuzish;
5 .Ayrim mavzular boʻyicha umurtqali hayvonlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil
kuzatishlar olib borish;
6. Olib borilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlash. Hayvonot dunyosi bilan tanishish
ekskursiya shaklida boʻlib biostansiyaning eng xarakterli biotoplarida olib boriladi:
archali oʻrmonzorlarda, togʻ qoyalari va toʻkilmalarda (togʻ yonbagʻirdagi koʻchib
tushgan tosh, xarsang uyumi), ʼjarliklarda va h.k. Ekskursiyadan oldin talabalar ish
joyining oʻziga xos xususiyatlari oʻsimliklari. relefi. daraxt navlari tarkibi, uchrashi
mumkin boʻlgan hayvonlar, ularning xarakterli. oʻziga xos xususiyatlari va
biologiyasi bilan tanishadilar. Ekskursiyalar, odatda, ertalabki soatlarda (seat 5 dan 6
gacha) oʻtkaziladi.
TABIATDA KUZATISHLARNI OLIB BORISH, ZOOLOGIK MATERIALLAR
TOʻPLASH VA ULARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH
Dala amaliyotining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlarni tabiiy sharoitda
oʻrganishdir. Bu vazifa hayvonlar ustidan bevosita kuzatishlar olib borish va ular
hayoti faoliyati bilan bogʻliq, izlarini axtarib topish yoʻllari bilan hal qiladi.
Ekskursiya paytida toʻgʻridan-toʻgʻri bevosita kuzatishlar oʻtkaziladi yoki pistirmada
maʼlum joyda turib hayvonlar kuzatiladi (uya oldida, in atrofida, hayvonlar suv
ichadigan joyda va boshqalar). Talaba hamma uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlarga
eʼtibor berishi zarur, ularning tashqi qiyofasini, katta-kichikligini, rangini, feʼl-
atvorini (harakatlari xususiyatlari, sayrashi, yaqinlashayotgan odamga ovoz
reaksiyasi, bir turga mansub vakillarini oʻzaro va boshqa turlar bilan munosabatlarini
va boshqalar), shu bilan birgalikda atrof sharoitini belgilab qoʻyish, kunning soati,
.uchrashuvlarning tez-tez sodir boʻlishligi ham alohida qayt qilinishi zarur.
Umurtqali va umurtqasiz hayvonlar bilan olib borilayotgan ekskursiyalarni oʻtkazish
botanikadan va hatto umurtqasizlar zoologiyasidan anchagina qiyinroq: umurtqali
hayvonlarning turlari va ularning soni anchagina kam, ular gʻoyatda takomillashgan
markaziy nerv sistemasiga ega boʻlishligi, yaqinlashib kelayotgan odam harakatiga,
shovqiniga, kiyimi rangiga, sezgirlik, ziyraklik bilan javob qaytarishadi. Odatda
hayvonlar ekskursantlar tomonidan koʻrib qolguncha allaqachon yashirinib olishiga
harakat qiladilar, kamdankam holatlarda ularni bir necha daqiqalar mobaynida koʻrish
mumkin boʻladi. Baʼzi bir umurtqalilar kam uchraydi, baʼzilari yashirincha
yashaydilar, koʻpchiliklari tungi hayot kechirishga moslashgan
Hayvonlarni kuzatishda, ʼular qanday sharoitda yashashlarini payqab olish, ayniqsa,
ularning ozuqa negizining ahvolini oʻrganish muhimdir. Chunki asosiy ozuqaning
moʻl-koʻl boʻlishi yoki aksincha, kam boʻlishi ular soniga, semizligiga, tashqi
qiyofasiga, hududlari boʻyicha taqsimlanish tabiatiga, shuningdek, ovlash qurollariga
va tuzoqlarga tushishiga ham taʼsir qiladi. Dala kuzatuvlari natijasida talabalarda
tumanning umurtqali hayvonlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvur shakllanadi, baʼzi turlar
soni ularning maʼlum biror yashash joylariga toʻgʻri kelishlari (bu nimaga
bogʻliqligini aniqlashga urinib koʻrish), kundalik faolliklari, oziqlanishi, ovqat topish
va hayotini boshqa tomonlari toʻgʻrisida ham tushunchaga ega boʻladilar. Oʻquv-dala
amaliyoti vaqtida keng va xilma-xil material toʻplanadi. Unga ishlov berish talabadan
koʻp vaqt, tartibga aniq rioya qilish, epchillik va mahorat talab qiladi. Talabalar
tomonidan topilgan, oʻlik holda yoki begona shaxslar tomonidan olib kelinadigan
hamma hayvonlardan imkoni boricha toʻliq foydalanish zarur. Masalan, yigitlar
yaqinda bir oʻlgan qushni olib kelishdi: uni darhol diqqat bilan qarab, aniqlash,
ogʻirligini oʻlchash, taʼriflash, terisini shilib olish, zoologik tushka (yaʼni ichi
tozalangan va paxta yoki poxol bilan toʻldirilgan qushning teri patida), tayyorlash,
jigʻildon va oshqozonini yorib, tarkibini qismlarga ajratish, aniqlash va ichidagi bor
narsalarning roʻyxatini tuzish, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlarini quritish, maxsus
paketlarda
yoki
konservatsiyalovchi
suyuqliklarda
saqlanishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: |