Amerika aholisining zamonaviy etnik qiyofasi Janubiy Amerikadagi And tog'larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni katta xududda kechua til oilasiga oid turli elat va qabilalardan tashkil topgan yuksak madaniyatli Ink davlati bo'lgan. Bu yerda 1 minginchi yillikda kechua va aymara tillaridagi ko'plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga karaganda,XIII asrlarga kelib shu kabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438 yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo'ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha qabilalar unga bo'ysunib soliq to'lab turgan.
Axoli asosan dexqonchilik bilan shug'ullangan. And tog'larida dehqonchilik xo'jaligi er. av.3 ming yillikda paydo bo'lgan. Inklar er.av.6asrda shakllangan chanapata madaniyatining merosxo'ridir. Ular markazlashgan sug'orish tizimini yaratganlar, asosan makka, kartoshkaning ko'p turlarini yetkazib, Yevropaga birinchi shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan berkitilgan kanallar orqali sug'orilgan, suv ombarlari to'ldirilgan. Yerga bronza uchli maxsus tayoq va tosh yoki bronza uchli motiga bilan ishlov berilgan.Umuman 40 ga yaqin ekin turlarini bilgan.
Andlik indeyslar Amerika qit'asiga mansub chorvachilikni bilgan yagona elatlardan biridir. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka hayvonlarni ko'lga o'rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Gushti, yogi, terisi, juni va suyagidan xo'jalikda keng foydalanganlar. Lama yovvoyi turini 3 yilda bir marta mol qo'ralarga kamab, junini olib, keyin qo'yib yuborganlar. Dengiz cho'chqasi va o'rdaklarni ovlaganlar, go'shtini iste'mol qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar.
Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Metall qazib olishni bilganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, xatto jezni ham ishlab chiqarganlar, turli qurol( o'rok, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va xaykalchalar ishlaganlar, paxta va jundan chiroyli, nozik matolar tukiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bo'laklaridan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki g'ishtdan qurilib, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat bulgan.
Inklarda g'ildirakli transport bo'lmasa ham yo'llarga katta e'tibor berganlar. Bizning davrimizgacha yetib kelgan dengiz sohili va tog' etaklarida qurilgan tog' yo'llar, tunnel va ko'priklar hozirgacha kishini hayratda qoldiradi. Ular yengil sol kemalarda uzoq masofalarga sayohat qilganlar. Pulni bilmaganlar, ammo natural savdo-sotiq rivojlangan. Hokimlar eng mohir ustalarni poytaxtga to'plaganlar. Bo'ysundirilgan qishloqlardan yosh qizlarni zo'rlab keltirganlar va to'rt yil davomida to'qimachilik va boshqa kasblarga o'rgatganlar,keyin ular 30 yoshgacha erga tegmasdan ink zodagonlariga xizmat qilganlar.
Asosiy ijtimoiy birlik qishloq jamoasi (aylyu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham, har yili jamoa a'zolari (oilalar) ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokim va kohinlarga maxsus yerlar ajratib berilgan, uni jamoa a'zolari ishlab hosilini yig'ib berganlar. Davlat tuzumi uziga xos quldorlik, imperiya xisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilib, mehnatdan ozod bo'lib, boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bo'lgan, boshka qabilalar inklarga qaram bo'lib, soliq to'laganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo, urugchilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokim va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy inka quyosh o'gli hisoblangan. Unga boshqalar itoat kilgan. Inklar davlatida politeistik (ko'p xudolik) dinlar keng tarkalgan. Quyoshga ibodat qilish eng muhim xisoblangan, shuning uchun oliy inka ham xudo darajasiga ko'tarilgan. Ona yerga, tabiatga siginganlar. Kartoshka va Makka xudolari bo'lgan, ajdodlar arvohlariga xam sig'inganlar. Bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki buysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashkari astronomik kuzatishlarni ham boshqarib turganlar. Inklarda ikki yil hisobi-Quyosh (366) va oy (354) taqvimi bo'lgan. Tarix va geneologiya ilmi bilan shugullanuvchi maxsus donishmand ( amuta) lar bo'lgan. Jarrohlik tajribasiga ega bo'lganlar, trepanasiya qilishni bilganlar. Iyeroglif yozuvi bilan birga o'ziga xos rangli iplardan tizilgan tugma yozuv ham bulgan. Ammo bu noyob yozuvlar ispan istilochilari tomonidan yo'q kilingan.
Pisarro boshchiligidagi ispanlar inklar davlatini 1531-1533 yillarda talaganlar. Lekin mag'rur inklar qattiq qarshilik ko'rsatganlar. 1572 yildagina inklar ko'zgoloni bostirilib, butun mamlakatni egallashgan. Hozirgacha kechua va aymara xalqlari o'z madaniyatlarini va tilini saqlab kolganlar.
Janubiy Amerikaning tropik o'rmonlar mintaqasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasidaga o'troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchiligi bo'lib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib, kuydirib, kul aralash tuprokni yogoch tayok bilan ishlab makka, batata, loviya, tamaki va paxta ekkanlar.
Amazonka va Orinoka daryolarining tropik urmonlarida ov qilganlar, daryo va ko'llarda baliq tutganlar. Tosh boltalar xam qurol, ham savdo vositasi rolini o'ynagan. Ovda parli o'q-yoy, suyak, chig'anoq va yog'ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymun va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli usimlik zaxari surtilgan bambukdan yasalgan pufakli naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Baliq ovida turli tur va savat ishlatilgan, yogochdan kichik kemalar yasalgan. Baliqni o'k-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar.
Ular to'quvchilikda katta tajribaga ega bo'lganlar. Yogochga osib kuyadigan karavot-gamakni kashf kilib, butun dunyoga nom taratganlar, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan xam shular. Ular doirasimon yoki turtburchak shaklidagi tomi esa palma yaprogi va butoklar bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Ular urug jamoa bulib yashaganlar va umumiy xujalikka ega bulganlar. Ov kiladigan va balik tutadigan umumiy xudud jamoa mulki xisoblangan, ovlangan narsalarni teng taksim kilganlar. Xar bir kishdlok uz-uzini boshkaruvchi jamoaga ega bulib, unga oksokol raxbarlik kilgan. Xar bir kabilada erkaklar ittifoki mavjud bulgan.
Diniy tasavvurlari xam moddiy sharoitga boglik bulgan. Shomonlik keng tarkalgan. Shomonlar arvoxlar bilan vositachi bulib kolmay tabiblik xam kilganlar. Diniy marosim va bayramlarda oddiy musika asboblari (shox, nay) jurligida turli uyinlarga tushganlar, badanlarini buyaganlar, kush pati, yongok, tish va boshka buyumlar bilan bezaganlar. Mustamlakachilar kelishi bilan tropik urmon indeyslari ovga kulay joylarini tashlab changalzor urmonlarni ichkarisiga chekinishga majbur bulganlar. Xozirda xam mustamlakachilar tazyiki ostida turli kasalliklarga chalinmokda va axoli soni kamayib bormokda.
Braziliyaning kalin urmonlarida va toglarida botokuda, jes va boshka til turkumiga oid turli kabilalar yashaydi. Ular dexkonchilikdan xabardor bulsa xam, asosan terimchilik, ovchilik va balikchilik bilan kun kechirganlar. Asosiy kurollari uk-yoy va nayza bulgan, ayollar oddiy yogoch bilan kovlab yemishli ildizlar, urug va mevalarni teganlar, erkaklar esa bugu, straus va boshka xar xil mayda xayvon va kushlarni ovlaganlar. Sanchki va tur bilan balik tutganlar, ularda toshdan yasalgan bolta va pichoklar xam bulgan. Ularda suv saklaydigan savatlar, maxsus uy-ruzgor buyumlari bulgan, kiyimni bilmaganlar. Badanlarini buyab, bezanganlar, kulogiga zirak, labiga yogoch xalka takkanlar. Guruxli nikox va ekzogamiya, jamoada esa ona urugi tartiblari saklangan, ammo erkaklar itifoki ijtimoiy xayotda muxim rol uynagan. Ular xam tabiat kuchlariga siginishgan.
XVII1-X1X asrlarda ular portugallar tomonidan kirgin kilingan, rezervasiyalarga kuchirilgan, ochlik va kasallikka chidolmay ulib ketishgan.
Materikning janubidagi keng dasht xududlarni odatda patagoniya, bepoyon tekisliklarni esa pampa deb ataydilar. Bu yerda xar xil tilda gapiradigan ovchi kabilalar ( chon, araukan, texuelche) yashaganlar. Ular dastlab piyoda yevropaliklar kelgandan keyin otda ov kilganlar. Ov kurollari uk-yoy, bula bulib, tez yuguradigan guanakana, straus va bugularni ovlaganlar. Ular sirli usimlik, urug va ildizlarni xam terib-termachlaganlar.
Pampa ovchilari bekitma yoki xuanaka terisi bilan koplangan chaylalarda yashaganlar. Terilarga ishlov berganlar, belbogli kamzul kiyganlar. Xayvonlar terisidan maxsiga uxshash poyabzal kiyganlar. Shunga karab ispanlar pampa ovchilarini "patagonlik" (katta oyokli) lar deb ataganlar.