17-mavzu: islom dini tarixi va falsafasi tayanch tushunchalar: islom, vahiy, xalifalik, mazhab, suniylik, shialik, Makka davri, Madina davri, islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi,



Yüklə 44,77 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü44,77 Kb.
#121132

17-MAVZU: ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
Tayanch tushunchalar: islom, vahiy, xalifalik, mazhab, suniylik, shialik, Makka davri, Madina davri, islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi, Saxobalar, Qur'oni karim, Sunna, Xadislar, Nikox, oila, rishta, iffat, poklik, muhabbat, ishonch.
1. Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg‘ambar (a.s.) hayoti va faoliyati. Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Xabashiston, g‘arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy hamda Filippin aholisining bir qismi, Evropa qismida bo‘lsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan halqlarning bir qismi islom diniga etiqod qiladi. Aholisining ko‘pchiligi mutlaq musulmonlardan iborat 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan ba'zilari ham (Misr, Malayziya) o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar, ya'ni ularning ba'zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarning nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika bo‘yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan.
Shuningdek, islom Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va SHimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, G‘arbiy Sibirь va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e'tiqod qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Ayniqsa, e'tiqod haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshittirishlar va oynai jahon ko‘rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo‘lgan e'tiborni oshirib yubordi.
Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Afrika qit'asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga, eng avvalo, bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi, islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganligiga imkon berdi. Shunga qaramay, mahalliy madaniy an'analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘nalishida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy musulmon an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Islomning paydo bo‘lishini tahlil etish davrining xususiyatlari arab qabilalari o‘rtasida xukmron bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning va ularning diniy –g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolaridan va tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V-VI asrlarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan Shug‘ullanar edi. YArim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi ko‘chmanchi chorvachilik bilan Shug‘ullanuvchi arab qabilalari bundan ham og‘ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatdan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. YArim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda VI asrda YAmandan shimolga- Suriya, Misr va Falastinga olib boradigan karvon yo‘li faqat bu davlatlarning o‘zlariga emas, balki janubda YAman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronni ham bir-biri bilan bog‘lovchi savdo yo‘li edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toyif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular, Shuningdek, ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar.
Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida eьtiborlisi edi. Makka markazida joylashgan Ka'ba islomda eng ―muqaddas‖ hisoblangan va ―Ollohning uyi‖ (Baytulloh) sajdagoh
hisoblangan. Undagi qoratosh (Hajar al-asvad) va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e'tiqod manbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar to‘xtatilar edi. Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta'sir ko‘rsatar edi. Makkada Ukaz nomli katta bozor joylashgan edi. Arab qabilalari o‘rtasida Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka'batulloh ibodatxonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya'ni butchalari mavjud bo‘lgani tufayli, bu shahar o‘z atrofida yashovchi ko‘p qabilalar uchun e'tiqod markazi-ziyoratgohga aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar.
V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bo‘lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxo‘rlik rivojlangan, Shuningdek,
qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan.
SHarqShunos olimlarning tadqiqotlari Shundan dalolat beradiki, qadimiy YAmanni istisno qilganda, Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar uchun V-VI asrlarni iqtisodiy urug‘-qabilachilik tuzumi emirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr deb tavsiflash mumkin va lozim. O‘sha davrda kuchli imperiyalar bo‘lgan Vizantiya va Eron o‘rtasida YAmanni qo‘lga kiritish va karvon yo‘llarida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun kurash davom etgan.
YAman sosoniylar hukmronligiga o‘tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron ko‘rfazi orqali Hindistonga boradigan yo‘l tez rivojlana boshlagan va Shu munosabat bilan Hijoz orqali o‘tgan karvon yo‘li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari o‘rtasida sudxo‘rlik avjga chiqqan; qullar, kambag‘allarni ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida
mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar o‘rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodagonlari bilan oddiy mexnatkashlar o‘rtasida sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qo‘shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, o‘ljani qo‘lga kiritish va Shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutulish haqida tez-tez o‘ylay boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi.
Arab xalqi hayotida VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqelar arab qabilalarini ijtimoiy hayot taqozosi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni Shu intilishni o‘zida aks ettirgan g‘oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qo‘shni mamlakatlarning bosib olinishi, arab xalifaligining kengayishi jarayonida kuchli g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qilgan. Markaziy va SHarqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o‘rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo‘lgan politeistik ma'jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi. V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e'tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvurlarning qorishig‘idan iborat edi. Ko‘p qabilalar alohida toshlarga e'tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi. Har bir qabila o‘z xudosining sanamiga sig‘inar, topinar edi. Bu hol dinshunoslikda ko‘p xudolilikning arablarga xos ko‘rinishi deb tavsiflangan. Qur'onda bunday e'tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari, arab qabilalari o‘rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi.
V-VI asrlarda arab qabilalari urug‘-qabilachilik tuzumi emirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan intilishning g‘oyaviy in'ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari
shakllana boshlagan. YAkka xudolilik to‘g‘risidagi bunday diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo‘lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ‘ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana Shu targ‘ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan.
Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to‘g‘risida targ‘ibot yuritgan, o‘zini payg‘ambar deb e'lon qilgan shaxslar tarixiy manbalarda ―xaniflar‖, ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma'lumdir. Islomning paydo bo‘lishi arab qabilalari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog‘liq bo‘lgan. Hijozda “xaniflar” deb atalgan yagona xudoga e'tiqodning bir
necha tarafdorlari Muhammad(s.a.v.) payg‘ambargacha ham bo‘lgan va ular
xristian yoki yaxudiy bo‘lmaganlari holda yakka xudoga va oxirat kuniga
ishonganlar. Ulardan Musaylima, Sajjox, Tulayx, Asvod kabilarning
nomlari rivoyatlarda saqlanib qolgan.
Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan jahon dinlaridandir. Bu dinga e'tiqod etuvchilar – musulmonlar jahonda qariyb 1 milliard 315 million kishini tashkil etadi.
“Islom” so‘zi arabcha bo‘lib “xudoga o‘zini topshirish”, “itoat”, “bo‘ysunish” ma'nosini bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar – “Muslim” deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli “muslimun” bo‘lib, o‘zbeklarda “musulmon”, qirg‘iz va qozoqlarda “musurmon” deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan.Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan.
Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida «fil voqeasi» nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topdilar. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha Payg‘ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprelь kuniga to‘g‘ri keladi. Otalari Abdulloh Muhammad s.a.v. tug‘ilmaslaridan oldin savdo ishi bilan SHomdan qaytayotib YAsrib(Madina)da vafot etdilar va o‘sha erga dafn etilganlar.
Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana Shu odatga ko‘ra, Bakri qabilasidan bir guruh ayol go‘dak izlab shaharga keladi. Muhammad s.a.v.ga sut-ona bo‘lish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abu Kabsha edi. Quraysh mushriklari Payg‘ambar a.s.ni masxaralab kulganda u kishini Abu Kabshaga mansub qilib: «Bu Abu Kabshaning o‘g‘li nuqul osmondan gapiradi» deyishardi. Rasulullohni 4 yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog‘ilib turdi. «SHarhi sadr» yoki «SHaqqi sadr» («Ko‘krak yorish») voqeasi ana Shu davrda yuz berdi (Qur'oni Karimning 94-surasi).
Rivoyat qilinishicha, Rasululloh Halimaning qo‘ylarini yaylovda boqib yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko‘kraklarini yorishadi-da, ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo‘yishadi. Muhammad s.a.v.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu xabarni etkazishganida bibi Halima voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan etib keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad s.a.v. ranglari bir holatda turgan edilar. Keyin ularga bo‘lgan voqeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so‘ng birovning farzandiga biror shikast etib qolishidan qo‘rqqan Halima bolani o‘z onalariga topshiradi.
Ibn Kasirning «al-Bidoya va-n-nihoya» asarida keltirishicha, mazkur olib tashlangan narsa «inson qalbida mavjud bo‘ladigan shayton nasibasi, ya'ni shaytoniy his-tuyg‘ulardir». At-Tabariyga ko‘ra, bu voqea Muhammad s.a.v. ning qalblaridan shayton nasibasini zam-zam suvi bilan pokiza qilib yuvib tashlashdir.
6 yoshlarida onalari Omina vafot etdilar. 8 yoshgacha bobolari Abdulmuttalib qo‘llarida qolib, bobolari vafot etgach, amakilari Abu Tolib Muhammad s.a.v.ni o‘z qarmog‘iga oldi.
Muhammad s.a.v. 25 yoshga to‘lganlarida Asad jamoasidan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga SHomga safar qilishni so‘radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammad s.a.v.ning to‘g‘riso‘zlik, halollik, sadoqatlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarini ko‘rgan Xadicha yoshlari ancha katta bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo‘ydi. Muhammad s.a.v. tomonidan amakilari Abu Tolib, Xadicha tomonidan amakivachchasi Varaqa rozilik berib, nikoh o‘qildi.
Muhammad s.a.v.ning Shu xotinlari u kishining etti farzandlaridan 6 tasining onasi bo‘lgan. Ular, Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Qosim, Abdullohlardir. Moriya isli ayollaridan esa Ibrohim tug‘ilgan.
Muhammad s.a.v. 35 yoshga kirganlarida makkaliklar Ka'bani ta'mir etishadi. Uni qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan «al-Hajar al-asvad» (Qora tosh)ni kim o‘rniga qo‘yadi degan masalada tortishib qoladilar. Shunda ulardan biri - «ertalab Safo eshigidan kim birinchi kirib kelsa o‘sha bizga hakamlik qilsin», deydi. Ertalab Safo tarafidan Muhammad s.a.v. kirib keladilar. Uni ko‘rgan olamon «Muhammad al-Amin (ishonchli Muhammad) keldi» deb, xursand bo‘lishadi. U zot choponlarini echib, unga Qora toshni qo‘yib, barcha qabila boshliqlarini choponni baravariga ko‘tarishga buyuradilar va o‘zilari Qora toshni joyiga qo‘yadilar. Muhammad s.a.v. o‘zlarining zukkoliklari bilan qabilalar o‘rtasida chiqishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini oladilar.
Muhammad Payg‘ambar o‘ta axloqli, odobli, xush-fe'l odam bo‘lgan. Xotinlari Oysha bu haqda «Rasulullohning axloqlari qur'on edi», deb bejiz aytmaganlar. qur'on insonlar qalbini yorituvchi bir axloqiy qudrat bo‘lganidek, Muhammad Payg‘ambarning hayot yo‘li ham ana Shunday yuksak axloqning amaliy bir sohasi edi.
Hijratning o‘n birinchi yilida Payg‘ambar a.s. vafot etdilar. Payg‘ambarning vafot etgan kuni haqida tarixchilar orasida turli xil fikr-mulohazalar mavjud. Tarixchilar V.V.Bartolьd, Muhammad Huzariy Sayid Amir Ali, marhum professor Mutalib Usmonov, Doktor Abdulmun'im Majid Muhammad payg‘ambarning vafot etgan kunlarini 632 yilning 8 iyun (ayrim manbalarda 632 yilning 27 mayida) deb beradilar. Tarixchi Muhammad Rizo payg‘ambarni 632 yil 9 iyunda (11 hijriy yil, 12 rabiul avval) vafot etganlar deb hisoblaydi.
2. Vahiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi. Muhammad s.a.v. 40 yoshga etganlarida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldilar. Makkadan 3 mil masofadagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga ketar va Ramazon oyini u erda kechirib, ibodat qilardilar. Famlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu erda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edilar. U erda o‘zlarini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar edilar. Foyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi.
Vahiy – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li.
Diniy adabiyotlarda ta'kidlanishicha, 610 yilda Muhammad hayotida payg‘ambarlik davri boshlandi. YA'ni ilk ilohiy vahiy kela boshlagan. Payg‘ambarlik ilohiy vahiyga suyanadi. CHunki, Alloh insonlardek gapirmaydi.
Alloh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishga inson dosh berolmaydi. Ular bunga qodir emaslar. Shu sabab Alloh vahiy orqali gapiradi va u o‘z irodasini 3 xil shaklda bildiradi:
1. Vahiy orqali (bu payg‘amlarning qalbiga tushgan ilhomdir).
2. Parda orqasidan gapirish orqali (ilohiy xitobga muyassar bo‘lgan
payg‘ambar parda orqasidan bir ovoz eshitganday bo‘ladi. Ovoz eshitiladi, ammo u ovozning egasi ko‘rinmaydi).
3. Farishtalar yuborish orqali.
Muhammadga vahiy kela boshlaganida u 40 yoshda edi. Binobarin, Shu
paytdan boshlab Muhammad payg‘ambarga, Allohning rasuliga (elchisiga) aylandi.
Bu faoliyat 23 yil davom etdi. 23 yildan iborat payg‘ambarlik hayotining bir qismi Makkada (610—622), bir qismi Madinada (622—632) o‘tganligi uchun qur'on oyatlari ham ikkiga (Makkiy — 90 ta) va Madaniy —24ta) bo‘linadi. Oyatlar to‘planib, suralar hosil bo‘lgan. qur'oni karim 114 sura va 6666 oyatdan iborat.
Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni Alloh yo‘liga chaqirishga da'vat etadi.
Uch yillik yashirin faoliyat davomida islom diniga kirganlar 30 nafarni tashkil etdi, xolos. Islom paydo bo‘lishi bilan endi makkaliklar ikkiga ajralishdilar: bular — Allohning birligiga va Muhammadning payg‘ambar ekanligiga ishonganlar (ya'ni mo‘min-musulmonlar) va ishonmaganlar (mushriklar) edi. Natijada Makkada ahvol keskinlashdi. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad Payg‘ambar va uning tarafdorlariga qarshi kurashdilar. Buning sababi quyidagilar edi.
Birinchidan, Islomga o‘tish Ka'badagi 360 butga sig‘inishdan voz kechishni anglatar edi. Buni ko‘pchilik istamasdi. CHunki odamlar uchun ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, yagona, sherigi yo‘q Allohdan ko‘z ko‘rib turadigan 360 butga sig‘inish ma'qulroq edi.
Ikkinchidan, makkaliklarning yomon, axloqsiz ishlarga, fe'l-atvorlarga berilib ketganligi edi. Islom esa bunday axloqsizlikni man etardi. Makkalik zodagonlar, boylar butlarimizga qurbonlik keltirsak gunohimiz yuviladi deb hisoblar, Shuning uchun ham ko‘ngillariga kelgan axloqsizliklardan qaytmas edilar. qur'on oyatlarida esa Allohning har bir narsani ko‘rib, bilib turganligi, insonlar oxiratda hisob berishga majbur ekanliklari, bu hisob-kitob esa insonlarning iymonlariga asoslanishi zikr etilgan edi. Bunday oyatlar esa mushriklarga, tabiiyki, yoqmas edi.
Uchinchidan, qur'oni karim oyatlari hammaning Alloh oldidagi tengligini e'tirof etgan. Bundan tashqari, insonlar bir-biridan mol-dunyosi bilan emas, balki taqvosi, qalb sofligi bilan ajralib turishi bayon etilgan ham edi.
Butparastlik esa, Makkada quraysh yuqori tabaqalari uchun boylik va shon-Shuhrat manbai edi. Ular bunday boylikdan, mavqedan ajralishni sira istamas, ana Shu boylik va shon-Shuhrat manbaini kerak bo‘lsa qon to‘kish bilan bo‘lsada himoya qilishni afzal deb biladilar.
To‘rtinchidan, qurayshning Hoshimiylar xonadoniga qarshi bo‘lgan boshqa xonadonlar Hoshimiylardan payg‘ambar chiqishni istamas edilar.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e'tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (YAsrib)ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
Madinaliklar Makkaga Payg‘ambar huzurlariga kelib islomni qabul qildilar. Ular bilan makkalik musulmonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari o‘rnatildi. Makka mushriklarining musulmonlar ustidan tazyiqlari kuchaygach Payg‘ambar ularga Yasrib(Madina)ga hijrat qilishni buyurdilar. Ular ketidan o‘zlari ham hijrat qildilar.
Madinalik «ansor»(«yordamchi»)lar makkalik muhojirlarni juda samimiy kutib oldilar. Muhammad s.a.v.ning hijratlari rabi al-avval 8-kuni milodiy 622 yil 20 sentyabrda bo‘ldi. Birinchi musulmonlar masjidi qurildi. Azon joriy etildi. Avs va Xazraj arab qabilalari va Banu Qurayza, Banu Qaynuqo', Banu Nadir qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi. Har tomondan musulmonlarga qarshi hujumlar uyushtirildi. Musulmonlar ularni muvaffaqiyat bilan qaytardilar. 624 yil, mart oyida «Badr» g‘azoti bo‘ldi.
Madina davrida Muhammad payg‘ambar etakchiliklaridagi islom jamoasi yaqin davlatlar orasida tuzilajak kuchli bir davlatning vazifalarini bajarib, turli arab qabilalarining va bir-biriga qaram bo‘lgan qabilalar ittifoqlarining o‘zaro dushmanligini yo‘qotishga ular o‘rtasida yaqin va uzoq muddatli sulx shartnomalarini tuzishga kirishgan edi.
Hijratning 6 - yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Xudaybiya shartnomasi eng muhim tarixiy xujjatlardan biridir. Bu sulx bitimi tuzilishi arafasida Payg‘ambar 1500 sahoba jangchilar bilan, o‘q-yoy va nayzalar olmasdan, faqat qilich taqib, Baytulharam ziyorati vaqtida qurbonlikka so‘yiladigan 70 tuyani haydab, Makka shahriga yaqin keldilar. Bu kichik qo‘shin Makka mushriklariga ko‘p ko‘rinib, ular Rasulullohni jang qilishga, urushga kelgan hisoblab, shaharga kiritmadilar. Har ikki taraf bir necha bor elchilar almashib, vaziyatni tushintirdilar. Musulmonlarning tinch maqsadda kelganiga ishonmasdan, Makka mushriklari urushga tayyorlanib turdilar. Ammo johiliyat zamonlarida ham Baytulharamda - Ka'ba va uning atrofida jang qilish, qon to‘kish man qilingan edi. Buni yaxshi bilgan Muhammad payg‘ambar Usmon ibn Affon etakchiligida navbatdagi elchilarni yubordilar. Makka mushriklari bularni garovga, asir olganday, qaytarib jo‘natmadilar. Musulmonlar ham Makka vakillarini vaqtincha ushlab turdilar.
Oradagi keskin vaziyatni yumshatish uchun payg‘ambar Hudaybiya degan joyda Makka raislari bilan o‘n yillik sulh shartnomasini tuzishni taklif etdilar. Hudaybiya shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi.
SHartnomaga musulmonlar jamoasi tarafidan Muhammad payg‘ambardan so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Abdurahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Suhayl (Quraysh vakilining o‘g‘li), Sa'd ibn Abi Vaqqos, Muhammad ibn Maslama imzo chekdilar. Qurayshiylar tarafidan Suhayl ibn Amr, Miqroz ibn Xafs, Xuvaylid ibn Abdul-Uzza imzo chekdilar.
Hijratning 8-yili (630 yilga kelib) Makka fath etildi. Havozin, Saqif qabilalari bilan Hunayn janggi bo‘ldi. Mushriklarning Ka'ba ichidagi 360 oliha (but-sanam)lari, xususan Allot, Manot, al-‘Uzza nomli butlari yo‘q qilindi.
Makka fathidan so‘ng islom Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki Shundan so‘ng Madinadagi musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yagona davlat va siyosiy kuchga aylandi.
632 yili Payg‘ambar hajga borishga qaror qildilar. Bu u zotning oxirgi hajlari bo‘lganligi tufayli islom tarixida «Hajjatul vado» (xayrlaShuv haji) deb nomlandi. Bu safarga to‘qson ming musulmon otlandi. Zu-l-hijja oyining to‘qqizinchi kuni Arafot tog‘ida Payg‘ambar a.s. islom dinining asosiy shartlarini bayon etgan «VidolaShuv xutbasi»ni o‘qidilar. Shundan so‘ng, deyarli barcha arab qabilalari islomni tan olib Payg‘ambar a.s.ga elchi va maktublar yo‘llay boshladilar.

3. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar.


Muhammad vafotidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya'ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab xalifaligi” deb nom olgan.
632 yilda Payg‘ambar vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi.Birinchi xalifa Abu Bakr bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib bo‘ldilar. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va bo‘linishlar bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Usmonni uyiga bostirib kiradilar va xalifani o‘ldiradilar. Xalifaning o‘ldirilishi xalifalikda urushini keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar kuchayadi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnaShuvga olib keladi.
Bu to‘qnaShuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jang nomi Siffin deb atalgan. Shunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.
Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
SHahristoniy esa Payg‘ambar tiriklik vaqtidayoq sahobalar orasida tafovut boshlanganini aytadi.
Xorijiylar va shialar firqalaridan islomda bid'at, firqachilik va adashishlik boshlandi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada paydo bo‘ldi: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada. Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linib ketish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishi ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslikdan, keyingi shialik esa xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilardan bo‘ldi.
Shu o‘rinda yana bir narsani alohida ta'kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad payg‘ambar (a.s.) hadislaridan javob topiladi. Bir necha hadislarni keltirib, Shu asosida islom ummatining bo‘linishini aytib o‘tishgan.
Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida. Sahobalar: «Najot topadigan firqa qaysi», deb so‘raganda. Payg‘ambar: «Men bilan sahobalarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.
Islomdagi yirik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va ularning mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblandi. Musulmonlarning juda ko‘pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e'tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka e'tiqod qiluvchilardir.
Sunna arabcha odat, an'ana, xatti-harakat tarzi degan ma'nolarni bildiradi. Sunniylik degan so‘z arabcha “Sunna”-“muqaddas rivoyat”, ya'ni Muhammad(s.a.v.) to‘g‘risidagi rivoyatlar va uning Hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. YAna Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallardir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy xokimiyatga bo‘lgan xuquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur'ondan keyingi asosiy muqaddas manba, Hadislar to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharxlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, YAman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, Sibirь, O‘rol, Kichik Osiyo, Misr va SHimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to‘rtta shariat maktabi - xanifiylar, malikiylar, shofi'iylar, xanbaliylar mazxablari bor.
Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A‘zam Abu Hanifa an-Nu‘mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) – forslardan bo‘lib, Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba‘a tobi‘inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o‘zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, Shunga ko‘ra, u tobi‘inlardan», degan ma'lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,«ahli Iroq faqihi»,«hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan Shug‘ullanish edi. YOshlik chog‘idayoq Qur'onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa‘iy va ash-SHa‘biydan olgan. Abu Hanifaning etuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-SHayboniy (132-189/709-805), Abu Yusuf (113-182/731-769)larni alohida aytib o‘tish zarur.
Imom Molik. «Ashob al-hadis» oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas (93-179/712-795) «o‘z amaliyotida faqat Qur'on va hadisga suyanish ta'limoti»ning asoschisi bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Molik ibn Anas butun umri davomida Madina (qadimgi nomi YAsrib) shahridan chiqmagan. Imom Molik nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur faqih Molikiy mazhabining asoschisidir. Molik ibn Anasning mashhur «Kitob al-Muvatto'» nomli asari mavjud.
Imom SHofi‘iy. YUqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni ahl as-sunna imomlaridan bo‘lmish Imom SHofi‘iy nomi bilan mashhur Muhammad ibn Idris ash-SHofi‘iy (151-179/767-804) nazariy jihatdan birlashtirgan. U SHofi‘iy mazhabining asoschisi bo‘lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir.
Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo‘lib ahl as-sunnaning to‘rtinchi imomi deb e'tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal (164-241/781-855) o‘z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta'limotini shakllantirdi.
SHialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma'nolarni beradigan arabcha ―shia‖ so‘zidan kelib chiqqan. SHialik o‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko‘ra islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko‘p sektalarga bo‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo‘lib, og‘axoniylar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol o‘ynamoqda.
SHialar Arabistonda paydo bo‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy xokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muxojirlar qo‘liga o‘tgan. Garchi islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bo‘ysundirilgan boshqa xalqlardan tashqari musulmon arablarning o‘zlarini ham qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bo‘lgan arablar Usmonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, uni Madinada o‘ldirishgan. Xalifalik lavozimiga Ali ko‘tarilgan. Biroq, u o‘z xokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga majbur edi. Ali tarafdorlari u payg‘ambarning amakivachchasi va kuyovi bo‘lganligi uchun musulmonlarning boshlig‘i bo‘lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tishi kerak, deb chiqishgan.
Biroq taxt uchun kurashda Suriya xokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e'lon qilingan. SHialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarni uzurpatorlar, ya'ni siyosiy hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo‘lgan 12 imomdan iborat o‘z sulolalarini ularga qarshi qo‘yganlar. Ular Alini, uning o‘g‘illari -Xasan va Xusaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan.
Zaydilar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o‘rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydilar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo‘zg‘aloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda o‘z tarafdorlari bilan birga halok bo‘lgan.
Zaydilar 864 yili Eronning shimolida o‘z davlatlarini tuzishgan. 901 yili esa ular YAmanda davlat hokimiyatini qo‘lga olishgan. Bu davlat 300 yilcha yashagan. Zaydilar diniy ta'limotning shakllanishiga ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko‘pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o‘z turmush tarziga ko‘ra sunniylarga ham yaqin turgan.
Ismoiliylar. Bu mazhab tarafdorlari shialar orasida eng ko‘pchilikni tashkil etgan. Ismoiliy mazhabi VIII asrning 2-yarmida Bog‘dod xalifaligida paydo bo‘lgan va imom Jafar Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta'limotida butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh»ga e'tiqod etish asosiy o‘rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg‘ambarlarning yuborilishi-«dunyoviy aql»ning erda namoyon bo‘lishidir deb hisoblashardi. Ular ettita payg‘ambarni-Odam Ato, Nux, Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg‘ambarlarning vorislari hisoblanadi. XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo‘linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar O‘rta SHarq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda, Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar. O‘z ta'limotiga ko‘ra, bu sekta ismoiliylardan ajralib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga-Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda hukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi hakimni xaloskor sifatida erga ikkinchi marta keladi, deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, Shu sababli masjidi ham yo‘q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.
Karmatiy mazhabi. Karmatiylar ham ismoiliylardan ajralib chiqqan shahobchalardan biri bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda o‘z faoliyatini boshlagandan so‘ng Suriya va YAmanga tarqalgan. Ko‘chmanchi badaviylar, dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan bu mazhab islom ta'limotini Allohga va payg‘ambar Muhammadga e'tiqod qilishdan tashqari boshqa narsa va buyumlarga sig‘inishni qoralaganlar. Shu g‘oyani o‘z tarafdorlariga singdirgan qaramatiylar musulmonlar ziyoratgohi Ka'badagi Qora tosh ziyoratini, unga sig‘inishni, bid'at, butparastlik deb hisoblab, X asrning boshlarida (930 yili) haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, bir necha ming hojilarni va Makka shahri aholisini qatl etib, asrga olganlar. SHaharni va Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, o‘z davlatlari Baxraynga olib ketganlar.
Qoramatiylarning bunday harakatlarini aksariyat musulmonlar jamoasi qoralagan. Makka va SHaharni ta'mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan so‘ng qora toshni qaramatiylardan katta to‘lov evaziga qaytarib olganlar.
Ja'fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yo‘nalishidagi imomat yo‘nalishiga (ya'ni 12 imomga e'tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. SHialikdagi 6-imom Ja'far as-Sidiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma'lumki, fiqhga oid bu tizim IX-X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunda imom Ja'farning ishtiroki bor yoki yo‘qligini belgilovchi dalil qolmagan. CHunki, undan hech qanday yozma asar qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta'limot ja'fariya nomi bilan ataladi.
Ja'fariya mazhzabi o‘rta asrlarda Eronda hukmron diniy-huquq tizimini tashkil etgan. Bu mazhab hozirda ham Eron va Iroqda shialar o‘rtasida o‘z ta'sirini yo‘qotmagan.
Xorijiylar. Bu oqimning nomi “chiqish”, “qarshi bo‘lish”, “qo‘zg‘olonchi” ma'nolarini anglatuvchi arabcha “haraja” so‘zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan xisoblanadi. U Ali bilan Muoviya o‘rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo‘lgan. Usmon o‘ldirilgach, Madina shaxrida Ali xalifa etib saylangan. Biroq Usmon hukmronligi davrida o‘zining iqtisodiy, siyosiy ahvolini mustahkamlab olgan arab zodagonlari Alining xalifaligini tan olmaganlar. Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari Alidan o‘ch olishga kirishganlar. Uni xatto Usmonning o‘ldirilishida ham ishtirok etgan, deb e'lon qilganlar. Ali bilan Muoviya tarafdorlari o‘rtasida shiddatli siyosiy kurash boshlangan. Ali o‘zining turar joyini Kufa shaxriga ko‘chirib, Iroq va Erondagi arab qabilalariga tayangan. Xorijiylar harakatining paydo bo‘lishiga Alining Muoviyaga qarshi kurashda ko‘rsatgan qat'iyatsizligi, uning o‘z dushmanlariga yon berishi bevosita sabab bo‘lgan. Alining bunday jur'atsizligi uning tarafdorlari noroziligiga sabab bo‘lgan. Ulardan eng qat'iylari (12 mingga yaqin jangchi) Ali tomonida turib Muoviyaga qarshi jang qilishdan bosh tortgan. Ular Alining o‘ziga qarshi dushmanga aylanganlar, xorijiylar uyushmasini tuzib, Aliga ham, Muoviyaga ham qarshi jangovar kurash boshlaganlar.
Xorijiylar 661 yili Alini o‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin xorijiylarning yirik qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan. Ular X asr SHimoliy Afrikada xatto o‘z davlatlarini - rustamiylar sulolasini ham o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan. Xorijiylar o‘z davrida birmuncha demokratik shiorlarni olg‘a surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo‘qotgan. Ular Jazoir, Ummon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchrashligi xaqida to‘xtaladi.
Shunday qilib bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 mlrd.dan ziyod musulmon aholisining 92.3 foizini Sunniylar tashkil etib, mazhablar bo‘yicha quyidagicha nisbatda bo‘lingan: Xanifiylar 47 foiz, shofiylar 27 foiz, molikiylar 17 foiz, Xanbaliylar 1.5 foiz. Shialar 7.5 foiz bo‘lib, unda islomiy, ja'fariy, zaydiy mazhablari mavjud.
4. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Qur'on islom dinining muqaddas kitobi. Xadislar.
O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi.. Arablar
Movarounnahrga 705 yilda Qutayba Ibn Muslim boshchiligida yurishni boshlab Balx shahrini egallaydilar. 707 yilda Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib Buxoro vohasiga bostirib kiradi. Poykand shahrini qamal qilib, qattiq qirg‘indan so‘ng uni egallaydi. 708-709 yillarda Buxoroni bosib oladi. Shunday qilib 10 yil davomida muttasil olib borilgan qonli janglar natijasida Movarounnahr Arab halifaligiga bo‘ysundiriladi. Movarounnaxr bosib olingach istilochilar barcha shahar va qishloqlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtiradilar, siyosiy xokimiyatni mustahkamlash va uni barqarorligini ta'minlash uchun Islom dinining targ‘iboti va uni erli aholi o‘rtasida tarqatish ishlari bilan Shug‘ullanadilar. Ular harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni turli jamoa ishlariga safarbar etadilar. Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o‘z qo‘llarida jilovlash uchun istilochilar bu erda ham sosoniylarning soliq tartibini joriy etadilar. Tartib buyicha ekin erlaridan 0,20-0,25 hissa miqdorida xiroj, chorva hunarmandchilik va savdo sotiqdan qirqdan bir hissada zakot hamda islom dinini qabul qilmagan ma'jusiylardan esa juzya solig‘i olingan.
Arab istilochilari Movarounnahrni bosib olgach, o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun Islom dinini majburan qabul qildirishga asosiy e'tiborni qaratdilar. Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo‘ysundirishda yagona dinga-islom diniga birlashtirish xal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular yaxshi tuShunar edilar. Shu boisdan ular erli aholining ma'naviy hayotida muhim o‘rin tutgan otashparastlik, Moniy, Budda kabi dinlarni xurofot sohta dinlar deb e'lon qildilar. Ayniqsa Movarounnaxr aholisining asosiy dini xisoblangan otashparastlikka qarshi qattiq kurash olib bordilar. Ibodatxonalarini vayron qilib o‘rniga jome masjidlarini bino qildilar. Diniy kitoblar yoqib yuborildi, din arboblari-koxinlar quvg‘in qilindi. Islom dinini qabul qilib musulmon bo‘lgan aholiga dastlabki yillarda xiroj va juzьya soliqlaridan ozod etilib, imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidga borganlarga ikki dirhamdan pul berildi. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan aholidan jon boshi solig‘i-juzya undirib olindi. Og‘ir soliqlardan qutilish uchun birinchi navbatdaaholining eng kambag‘al katlami islomni qabul qildilar.
Biroq ular nomigagina musulmon bo‘lib uzoq vaqtgacha o‘z dinlariga sodiqligicha qolganlar. Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqni urf-odati, dini va e'tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi.Istilochilar Movarounnahrning hamma joylarida mahalliy din namoyondalarini, madaniyat, adabiyot va ilm ahillarini quvg‘in qildilar va qatl etdilar. So‘g‘d yozuvida bitilgan diniy va shariy kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo‘q qildilar.
Islom dini arab tili va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi. Natijada Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo‘lib qoldi. Arablar keltirgan va erli aholi uchun mutloqo yot bo‘lgan imloni o‘zlashtirib savodxon bo‘lish uchun yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo‘ldi.
Amir Kutayba 715 yili hozirgi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida unga qarshi isyon ko‘targan o‘z askarlari tomonidan o‘ldirilgan. Amir Kutayba askarlariga qattiq qarshilik ko‘rsatgan Xorazm, Termiz, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona kabi Turkiston hududlari keyinchalik Islom dinining eng yirik markazlari bo‘lib qoldi. Musulmon dunyosiga buyuk Xorazmiylar, Buxoriylar, Termiziylar, Farg‘oniy, Samarqandiylarni etishtirib berdi.
“Qur'on” islomning muqaddas kitobi sifatida Allohning mo‘'jizali kitobi bo‘lib, er yuzi musulmonlarininig dasturilamali, diniy ahkomlar manbaidir. “Qur'on”‖ Muhammad payg‘ambarga vahiy orqali tushgan toat-ibodat hisoblanuvchi muqaddas kitob xisoblanadi.
O‘qituvchi ana Shunday Muqaddas kitoblarni Allox o‘tgan payg‘ambarlarga ham o‘z vaqtida nozil qilganligi haqidagi fikrlarni bayon etadi. Masalan, yaxudiylik payg‘ambari Muso payg‘ambarga Tavrot, Dovudga Zabur, xristianlar xudosi Iso payg‘ambarga Injil, eng so‘nggi payg‘ambar hisoblangan Muhammad alayhissalomga “Qur'oni Karim” nozil bo‘lgan. YAna o‘qituvchi Shunga talabalar e'tiborini qaratishi lozimki, Qur'ondan boshqa ilohiy yozuvlar bir yo‘la tushgan deb hisoblansa, “Qur'oni Karim”ni 23 yil mobaynida Alloh farishta Jabroil orqali Muhammad payg‘ambarga vahiy qilib yuborgan, so‘ngra ular to‘planib xalifa Usmon hukmronligi davrida mushaf qilingan deb hisoblanadi.
Shunday qilib, islom dini shakllangan davrdan boshlab “Qur'oni Karim” islom dinining asosiy manbasi bo‘lib kelayotir.
Islom tarixiga ko‘ra “Qur'on”ning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga parcha —parcha tarzida vahiy qilib yuborilgan: bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya'ni 23 yil davom etgan. Islom dini, nuri iymon va hidoyatning boshlanishi bo‘lgan ana Shu tun diniy an'ana bo‘yicha hijradan oldin 12 yil oldin ramazon oyining 27 - kuniga o‘tar kechasi milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanadi. “Qur'on”ni vahiy qilishning boshlanishi 97- «Al-Qadr» surasida ifodalangan. «Albatga biz u (“Qur'on”)ni qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr kechasi nima ekanligi sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir» (97.1-Z).
Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganlarida, ya'ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor ―Qur'on‖ oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga etkazar edilar. Ular ham o‘z navbatida Shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik, Shu jumladan, Muhammad payg‘ambar ham o‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun yodlab olish u davrning birdan bir usuli bo‘lgan. Bu vahiy milodiy yil hisobida 22 yil, xijriyda esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga etaklagan, yuz bergan xodisalarni talqin qilib berilgan. Biron hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon kilina bergan. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlarida, ularning safdoshlari ―Qur'on‖ni yod bilganlar.
O‘sha paytda oz sonli kishilargina o‘qish — yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar yozish imkoni bo‘lgan narsalarga “Qur'on” oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar.
“Qur'on” matnlarining to‘planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e'tirof ztilishi Muhammad payg‘ambar vafotlaridan keyin 20- 25 yil davomida choriyorlar dastlabki davrida amalga oshirilgan.
O‘kituvchi “Qur'on”ning ichki tuzilishi masalasiga talabalar eьtiborini jalb qiladi. “Qur'on”da 114 ta sura 6226 ta oyat borligini aytadi va uni kitob shakliga kelgirishda ko‘llangan usulni bayon etadi.
Suralar “Qur'on”da o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga qarab joylashtirilgan. Suralarning xajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo‘lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Uzun suralar kitobning boshidan, qisqa suralar uning oxiridan o‘rin olishi, tadqiqotlarda aniqlanishicha, kadimiy arablarning va umuman Old Osiyodagi somiy halqlarining an'anasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xilma - xil yozuvlar, rivoyatlar yoki adabiy asarlar to‘planib kitob qilinganda, katta xajmdagi asarlar birinchi o‘rinda, kichiklari keyin joylashtirilar ekan. Zayd Ibn Sobit ham suhufni to‘plab dastxat qilishda ana Shu an'anaga amal qilgan bo‘lishi kerak.
“Qur'on” ilk islom g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan yagona yozuv bo‘lgani sababli, faqat islom tarixi bilan Shug‘ullangan olimlargina emas, balki islom tarqalgan halqlar adabiyoti va madaniyati bilan Shug‘ullanganlarning barchasi ham bu kitobni tahlil qilishga katta e'tibor berganliklari tabiiy bir holdir. Ammo, yuqorida aytib o‘tilganidek, uning suralari mavzulari asosida yoki tarixiy —xronologik tartibda joylashmaganligi sababli, bu kitob g‘oyat murakkab hisoblanadi. Shuning uchun XIX asr o‘rtalaridan boshlab manbalarda uchraydigan tarixiy voqealar va shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar ishoralarga, Shuningdek, ishlatilgan iboralarga qarab suralarning yoki ayrim guruh oyatlarning vujudga kelgan davrini aniqlash, qisqasi, suralarning tarixiy-xronologik tartibini aniqlash bilan ko‘p olimlar Shug‘ulanganlar.
IslomShunoslik va qur'onShunoslikning oxirgi xulosalari asosida, bizningcha, suralarning xronologik tartibini quyidagicha biroz takomillashgan shaklda tasavvur qilish mumkin:
1)Makka davri (610 yildan 615 yil oxirigacha). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari bo‘lgan saj' janridagi suralar nozil bo‘lgan.
2)Makka davri (616 yildan 619 yil oxirlarigacha). Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) va uning izdoshlari doimiy ta'qib ostida yashagan va ko‘pchiligi Habashistonga ko‘chib ketgan muhitda o‘qilgan. Bu suralarda Allohning «Rahmon» sifati ko‘p tilga olinganligi sababli, Evropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3)Makka davri (620 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va uning izdoshlari ta'qib ostida yashaganlar, mahfiy ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoid ta'limotiga keng o‘rin berilganligi sababli, evropalik olimlar bularga «Payg‘ambarlik suralari» deb nom berganlar.
Keltirilgan suralarning xronologik tartibida Shu hol ko‘zga tashlanadiki, Muhammad Payg‘ambar hayoti va targ‘ibotining Makka davrida yuz bergan hodisalar va suralarning o‘qilgan yillarini aniqlash masalasi xali juda ko‘p tadqiqotlar, aniqlashlarga muxtojdir. Xususan, rus islomShunosligida bu davrni tadqiq qilish uzoq vaqt tamomila to‘xtab qolganligi ayniqsa afsuslanarli holdir.
Madina davrida yuz bergan voqea Makka davriga nisbatan ancha aniqroq bo‘lib, ularga tegishli suralarda ham ma'lum darajada ifodasini topgan. Shu sababli Madina davriga oid suralarning tarixiy xronologiyasi birmuncha anniqroq va tegishli dalillar asosida isbotlangan deb hisoblash mumkin.
Tarixiy voqealar aniqroq ko‘zda tutilgan holda Madina davriga
oid 24 ta surani 5 davrga ajratish ma'qulroqdir.
1. Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil martigacha). Muhammad (s.a.v.) Madinaga ko‘chib kelganidan makkaliklar bilan birinchi yirik tuqnaShuv — Badr jangigacha o‘qilgan 4 sura (2,98,64,62) bu davrga kiradi. Bu suralarning o‘qilgan davriga mos tartibda joy olganligi Shubxa uyg‘otmaydi.
2.Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan 3 ta surani (8,47,3) o‘z ichiga oladi.
3.Madina davri (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhud jangidagi mag‘lubiyatdan keyin Handaq jangigacha o‘tgan 2 yil ichida beshta sura (61, 57, 4, 65, 59) o‘qilgan.
4.Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Handaq jangidan so‘ng Makkaning olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida o‘qilgan 8 ta sura (33, 24, 63, 58, 22, 48, 66, 60) Shu davrga kiradi.
5.Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olingandan keyin Muhammad payg‘ambarning vafotlarigacha o‘tgan 2 yildan ortiqroq davr ichida o‘qilgan 4 ta sura (110, 49. 9. 5) Shu davrga kiradi.
“Qur'on Karim” tuzilishi haqidagi gapni davom ettirsak, undagi har bir sura oyatlar yig‘indisidan iborat.
«Oyat» so‘zi faqat “Qur'on”ning o‘ziga hos iborasi bo‘lib, «mo‘'jiza», «xikmat», «ilohiy», «alomat, belgi» ma'nolarini anglatadi.
Oyatlarniig hajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2,256—Oyat—al Kursiy) iborat bo‘lgani holda, ayrim oyatlar faqat ikki so‘zdan (gapning bir qismidan)gina iborat. Masalan:
1. osmon yorilganida
2. yulduzlar har tomonga sochilganida
3. dengizlar qo‘shilib to‘siqlar ochilganida
4. qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bo‘lganida)
5. har bir jon o‘zi (dunyoda) qilib o‘tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarni) bilur! (82,1- 5)
Hozirgi paytda ko‘pchilik o‘quvchilarning fikr- mulohazalari e'tiborga olinib, O‘zbekiston musulmonlari Diniy idorasi tashabbusi bilan o‘zbek tiliga 2 marta (Alouddin Mansur tarjimasi. T: 1992, Abdulaziz Mansur tarjimasi, T.: 2001)nashr etildi.
“Qur'on” jahondagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Uni G‘arbiy Evropa tillariga tarjima qilish 11 asrdan, rus tiliga ag‘darish 18 asrda Pyotr I ning tashabbusi bilan boshlangan. 1790 yilda nashr etilgan M.N Verovkin tarjimasi e'tiborli rus olimlarining fikriga ko‘ra, A.S.Pushkinning mashhur «Podrajaniya Koranu» (Kur'onga tatabbu'lar) asariga manba bo‘lgan. G.S.Sablukovning arabchadan dastlabki ruscha tarjimasi Qozonda uch marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. “Qur'on”ning akademik I.YU.Krachkovskiy rus tiliga qilgan tarjima nusxasi uning vafotidan keyin (1963, 1986) nashr qilingan. “Qur'on” turkiy tarjimalarining qo‘lyozma nusxalari ham ko‘p.
Islom manbalaridan yana biri sunnadir. Sunna islomda “Qur'on”dan keyingi, uni to‘ldiruvchi, islom ilohiyati va shariatning ikkinchi asosi sifatida e'tirof etilgan.
Sunna ko‘plab hadislardan tashkil topgan to‘plamdir.
Hadis so‘zining ma'nosi (ar. ko‘plikda «ahadis» so‘zidan) - «rivoyat», tor ma'noda — «parcha» (lavha) demakdir. Rasmiy ma'noda hadis Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir.
Hadis islomda “Qur'on”dan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammad payg‘ambarning hayoti, faoliyatlari va ko‘rsatmalari, uning diniy, axloqiy dasturlari ham o‘z ifodasini topgan. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) biror gap aytganlari yoki ma'lum ishni qilib ko‘rsatganlari bo‘lsa, yoxud boshqalarning qilayotgan ishini ko‘rib, uni man etmagan bo‘lsalar, Shu uch holatning har biri hadis deb atalavergan. Ma'lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya'ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makrux, muboh kabi amal turlaridan tashqari, axloq-odobga doir dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida keng tarqalgan axloq - odobga oid maqol, qimmatli, hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarda ibodatning tartib— qoidalari va ularni astoydil bajarishga da'vat etish bilan birga insoniy fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniylik sha'niga dog‘ tushiradigan razil xatti — harakatlar keskin qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalish davridanoq musulmonlar orasida hadislarga juda katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir xadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga etkazishga qat'iy rioya qilingan. Bu to‘g‘rida Muhammad payg‘ambarning o‘zlari musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turganlar.
Hadis mazmuni va iborasini buzib yoki o‘zicha yangi hadis tuzib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday talabchanlik payg‘ambar vafotlaridan ancha keyingacha ham hadislarning sof holda saqlanib turishiga imkon bergan.
Hadislar acocan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin yozila boshlaganligi talabalarga manbalar asosida tuShuntiriladi. Hadislarni saqlab, kelajakka etkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar - payg‘ambarning qarindoshlari, do‘stlari, yordamchilari va shogirdlari, ularning vafotlaridan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.
Shu o‘rinda o‘qituvchi hadis to‘plagan sahobalarning bu sohaga qo‘shgan hissasi haqida batafsil fikr berishi lozim bo‘ladi. Masalan, Ibn Mahlud «Musnad» nomli asarida zikr qilinishicha, hadis to‘plagan sahobalarning soni 1300 ga etgan. Ibn al—Javziyning mazkur asariga tayanib ko‘rsatishicha, sahobalar soni 1060 nafardir. Boshqa olimlarning fikricha, ularning orasida ikkitadan hadis rivoyat qilganlarning soni 1000 ta bo‘lsa, qolgan 300 tasi qisman hadis rivoyati bilan mashg‘ul bo‘lgan desa bo‘ladi.
Abu Xurayradan keyingi o‘rinda turuvchi muhaddis xalifa Umar o‘g‘li Abdullohdir. U rivoyat qilgan 2630 hadisdan 2019 tasini Ibn Xanbal o‘z kitobida naql qilgan. Uchinchi o‘rinda turuvchi sahobiy ibn Molik bo‘lib, 2286 hadis rivoyat qilgan. Ibn Xanbal esa o‘zining «Musnad»ida 2178 hadisni keltirgan. Ibn Molik rivoyat etgan hadisni payg‘ambarning so‘nggi rafiqalari Oysha (r.a.) ham ta'kidlaganlar. Undan keyingi o‘rinda ibn Abbos turadi: u 1660 hadis rivoyat etgan. Undan keyin 1540 hadisni yozgan al — Xudriy turadi. Ibn Xanbal o‘z kitobida Jobirdan 1206, al— Xudriydan 958 hadis keltirgan.
Hadis rivoyat qilgan sahobalar soni har xil bo‘lib, mualliflar ham har xildir. Masalan, 149 sahobiyning rivoyat qilgan xadislari Imom al Buxoriyning «Sahih» nomli asarida mushtarak kelgan. Umuman, Imom al—Buxoriyda 208 ta, Muslimda esa 213 ta sahobiydan rivoyat qilingan hadislar keltirilgan. Ibn Molikning «Muvat» asarida 98, Abu Dovudning «Musnad»ida 218, ibn Xanbal «Musnad»ida 700 ga yaqin sahobiy rivoyat qilgan hadislar berilgan.
YUqorida keltirilgan raqamlar hadislarni sahobalar rivoyat qilganligi tufayli bizning davrimizga etib kelganligiga dalil bo‘la oladi.
VIII asr boshlarida hadis ilmida uch maktab tashkil topdi:
1. Madina (Urva ibn Zubayr va az— Zuhriy Shu maktabga qarashli edi).
2. Iroq (Kufada, vakili ash - SHabi).
Suriya, Damashq maktablari.
SHakllangan anьanaga ko‘ra hadis ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak edi:
1. Isnod (ar.aynan—«tayanch»), ya'ni Shu hadisni etkazgan kishilarni sanab o‘tish.
2. Matn, ya'ni hadisning mazmuni.
VIII asrdayoq hadislar to‘g‘riligini aniqlashda bunday mezon shakllangan edi: uning isnod qismi xadisShunoslar nomlarining muntazam qatoridan iborat bo‘lib, keyingilari mashhur, nomiga dog‘ tushmagan, e'tiqodli, hurmatga loyiq, to‘g‘ri so‘z kishilar bo‘lishlari kerak edi.
Ishonchliligiga qarab xadislar uch guruhga ajratilar edi:
1. Hikoya qiluvchilar ro‘yxati hech qanday Shubha tug‘dirmasa, bunday hadis sahih (ar. ishonchli, to‘g‘ri) deyilgan.
2. Agar hikoya qiluvchilar ro‘yxatida ayrim nuqsonlar bo‘lsa, masalan, isnodda aytilgan biron shaxs kam tanilgan bo‘lsa yoki hamma muhaddislar uni benuqson deb topmagan bo‘lsa, yoki biron halqa, bo‘lim uzilib qolgan bo‘lsa, hadis to‘la qimmatga ega deb tan olinmasa-da, baribir, qabul qilingan: bunday hadis hasan (ar.yaxshi, marhamatli) deb nomlangan.
3. Agar hikoya qiluvchilar ro‘yxatida taqvodorligi yoki ahloqiy obro‘-eьtibori nuqtai nazaridan muvofiq kelmaydigan kishilar bo‘lsa, hadis ishonchsiz hisoblangan va zaif (ar.zaif.) deb nomlangan.
Dastlabki hadislar to‘plami tariqlar bo‘yicha tuzilgan, ya'ni alfavit tartibida payg‘ambar izdoshlari sanab o‘tilgan — sahobalardan har birining ismi ostida qaysi hadis Shu sahobaga tegishligi qayd etilgan. Hadislar to‘plamining bunday turi Musnad deb nomlangan. U ala-r-ridjal tamoyili, yaьni hadislarni dastlab aytgan hikoya qiluvchilar nomlariga ko‘ra tavsiflash asosida yaratilgan.
1.«Al-jomi' as-Sahih» (Ishonchli to‘plam) yoki kisqacha «as-Sahih al-Buxoriy» (809-870). Oldingi to‘plamlarga nisbatan bu ancha mahorat bilan tuzilgan. Muallif bu to‘plamda faqat konunShunoslikka va urf—odatlargagina emas, Muhammad payg‘ambar hayoti va sahobalar, hatto Muhammad Payg‘ambar davrlari tarixiy va etnografik tomonlariga xos hadislarni to‘plagan. Tanqidiy yondoshgan holda 600 mingga yaqin hadis to‘plab, bu to‘plamga ishonchli deb bilganlaridan 7250 tasini kiritgan. Bu to‘plam katta Shuhrat qozongan va ko‘p marta nashr qilingan.
2. Shunday Shuhratga Muslim an-Nishopuriy (817-875 y)ning «as- Sahih asari ega bo‘lgan. U 300 mingga yaqin hadislarni ko‘rib chiqqan va ulardan 12 ming, ya'ni 4 foizini tanlab olgan.
3. «Sunnan» (Sunnalar) Ibn Mojja (886 y.vaf.).
4. Abu Dovud as — Sijistoniy (888 y. vaf.)ning Shu nomli asari.
5. Muhammad at-Termiziy (892 y. vaf.) Sunan Termiziyning «Al — jami al—Kabir» katta to‘plami.
6. An-Nasai (915 y.vaf.) - Ashxobod yaqinidagi Nasa degan joyda tug‘ilgan. Abu Dovud shogirdi, Asari — «Sunnan».
Ma'lumki, O‘rta Osiyoda islom dini 708 yildan keyin keng tarqala boshlaganiga qaramay, ilohiyot qatori muhaddislik ham ildam rivojlangan. Islom olamida mashhur va eng ishonchli deb e'tirof etilgan 6 hadislar to‘plami mualliflarining aksariyati O‘rta Osiyodan chiqqanlar. Masalan, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (809-870), Al Xakim at—Termiziy (824 — 897), ad—Dorimiy as — Samarqandiy (797 — 868) An - Nasafiy va Kaspiybo‘yi xalqlaridan ibn Mojja (824
— 886) va boshqalar bu sohaning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
5. Islom ta'limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.
Oila qondoshlik yoki o‘zaro nikoh orqali bog‘langan insonlar jamoasidir. Oila bunyod bo‘lishining asosi bo‘lgan nikoh muqaddas hisoblanadi. «Nikoh» so‘zi arab tilida «uylanish», «qo‘shilish», degan ma'nolarni anglatadi. SHariat istilohida esa, nikoh erkak bilan ayolning o‘zaro oila bo‘lib yashashga keliShuvidir. Dunyodagi barcha dinlarda oila masalasi, uning tinch-totuvligi hamda mustahkamligiga alohida e'tibor berilganini ko‘rish mumkin.
Islom nikoh rishtasini insoniy aloqalar ichidagi eng muqaddas rishtaga aylantirgandir. CHunki, bu rishta Allohning amri ila, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ila, mo‘min musulmonlarning guvohligi ila quriladigan bir muqaddas aloqadir. Alloh taolo inson hayoti ma'lum nizom asosida, iffat va poklik asosida, muhabbat va sevgi asosida, o‘zaro ishonch va hurmat asosidabo‘lishi uchun nikohga amr etgandir. Alloh taolo inson hayotini turli tartibsizlik va kelishmovchiliklardan, nopokliklardan va ularning oqibatidan kelib chiqadigan balo-ofotlardan saqlash uchun nikohga amr etgan. Alloh taolo nikohni O‘zining barcha Payg‘ambarlarining sunnati qilib qo‘ygan.
Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi bu mahr haqqidir.Er xotinning ozorini ko‘tarishi, u g‘azablanganida va jahli chiqqanida muloyim bo‘lishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Erkak ayolini qizg‘anishi, uning or-nomusini saqlashi kerak. Er xotinning o‘ziga alohida joy qilib berishi, unda erning yaqinlaridan hech kim bo‘lmasligi kerak.Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, etarli ta'minlashi kerak. Er xotinining iffatini saqlashi lozim.
Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir. Er xotinini yaxshi ko‘rsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko‘rsa, zulm qilmasligi kerak. Xotinning eriga nisbatan eng birinchi burchi, yoxud erning o‘z ayoli ustidagi eng birinchi haqqi bu – ayol kishining eriga itoatkor bo‘lishidir. Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi Shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o‘tkazib, faqat erining roziligi bilangina ko‘chaga chiqishi lozimligidir. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi kerak. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Xotin erining do‘stiga notanishdek bo‘lishi lozim. Xotin go‘zalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk bo‘lsa, yomon ko‘rmasligi, agar boy bo‘lsa, eri oldida moli bilan g‘ururlanmasligi kerak. Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularni hurmat qilishi, farzandlarni urishib la'natlashdan tiyilishi lozim.
“ Arof” surasining 8-oyatida: “Val vaznu yavna izinul haqqu”- “u kun (oxiratda) tarozi tortish xaqdir”, - deyilgan.
Inson har bir qilmishi uchun javobgar. Uning qator ado etilishi lozim bo‘lgan qarzlari bor.
Inson ibodati, ya'ni namoz, zakot, ro‘za, haj kabi amallardan tashqari dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan qator ishlarga ham mas'ul. Ularning mukofoti va jazolari ham mavjud. Bular: Oilaga nisbatan javobgarlik. Erning xotinga, xotinning erda haqlari borligidir.
Qur'onning “Abasa” surasi, 33-36 oyatlarida “YAvna yafirrul mar'u min axihi va ummihi va minhum yavmanzin sha'kun yugnih”- U kunda kishi o‘z og‘a –inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotini-yu, bola-chaqasidan ham qochur!”- deyiladi. Buni sababi nima? Oxiratda er-xotinidan qochadi, uni noxaq urgan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmagan, ta'minotini o‘rniga qo‘ymagan. Xotin xaqqini endi talab qilishi mumkin, va x.k . . .
Insonning bola-chaqaga nisbatan javobgarligi bor. Oxiratda bola otaning yoqasiga yopishib, menga islomni o‘rgatmading, kalimani o‘rgatmading, dinimni va halol –xaromni o‘rgatmading. Alloxga bandalik qilolmadim –deydi.
Kishining qo‘shnisiga nisbatan mas'uliyati bor. Qo‘shni g‘ayridin bo‘lsa ham unga nisbatan islomiy qo‘shnichilik xaqlarini ado qilishi kerak.
Insonning aka-ukayu, opa-singillariga, jamiyatga nisbatan, o‘ziga, o‘z vujudiga nisbatan javobgarligi bor.
Oxirat deb bu dunyodan, bu dunyo deb oxiratdan voz kechish mumkin emas. Hadislarda “Bir kishining xotini bo‘lsa-yu, 40 kun undan uzoq yashasa gunohdir”- 1 deyilgan. Ro‘zg‘orda o‘ziga hos ehtiyoj bor. Xotinning eriga, erni xotinga ehtiyoji bor, Shuning uchun bu tarafga ham e'tibor bermoq lozim.
Shunday qilib, har bir musulmon kishi oldida qator diniy va dunyoviy mas'uliyatlar mavjudki, komil inson bulardan ko‘z yuma olmaydi.
Farzand va ota – ona munosabatlari. Alloh taola bergan ne'matlari orasida eng shirini, insondan va jamiki tirik mavjudoddan fidoyilikni talab etuvchi, balo – ofatlarga ko‘ksini qalqon qilishga majbur etuvchi, kundizi mehnat zaxmatini cheksada, ba'zan kechalari bedor o‘tkazishga olib keluvchi, beadad mehr – muhabbat ko‘rsatishni talab qiluvchi bir mo‘jiza borki, u – zurriyoddir.
Farzand ota-ona oldida qachon o‘z burchini ado etgan hisoblanadi? Ota – ona oldida farzandning farzandlik qarzi qay darajada?
Muqaddas dinimizda bu masala yuzasidan juda ko‘plab oyat va hadislar kelgan.
Masalan “An'om” surasining 151- oyatida “ota – onaga yaxshilik qilingiz”, “Al - isro” surasi 23-24 oyatlarida “Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning o‘zi ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota–onangizning ) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini ) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, horlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va “Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganidek, sen ham ularga nahm – shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qilgin)” yana, “Akkabut” surasining 8 – oyatida : “Biz insonni ota – onasiga yaxshilik qilishga buyurdik”(ya'ni, ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, xoh musulmon xoh kofir bo‘lsin ularga yaxshilik qilish ularning burchidir); “Luo‘mon” surasining 14 – oyatida “Biz insonga ota – onasini (yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflashib borur)” (Biz insonga buyurdikki) “Sen Menga va ota – onangga Shukur qilgin! YOlg‘iz o‘zimga qaytajaksan!” “Ahqov” surasining 15-16 oyatlarida “Biz insonni ota – onasiga yaxshilik qilishga buyurdik, Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga etib, qirq yoshga to‘lganda: “Parvardigorim, meni Sen menga va ota-onamga in'om etgan ne'matlaringa Shukur qilishga va o‘zing rozi bo‘ladigan va o‘zing rozi bo‘ladigan ammallariningni qilishga muvaffaq etgin va O‘zining men uchun zurriyotimda ham yaxshilik qilgin (ya'ni farzandlarimni ham ahli soliq bandalaringdan qilgin). Albatta men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta men musulmonlardandurman”, dedi” .
“Ana o‘shalar Shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan eng chiroyli amallarini qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonlik gunohlarini o‘tib yuborurmiz (Bu) ularga va'da qilguvchi haqqirost vadadir.”
Ko‘ramizki Tangri taolo ota-ona o‘rnini hayotda juda baland tutadi. Alouddin Mansur tarjimasidagi Qur'oni karim 46- sura, 15-16 oyatlari yuzasidan berilgan sharhda Shunday deyiladi; “Ushbu oyat karimda yana har bir inson ota – onaga yaxshilik qilish buyuriladi. Tabiy bir savol tug‘ilishi mumkin: Nega Qur'onda bot – bot ota – onaga mehr – muruvvat ko‘rsatish vojib ekanligi uqtiriladi-yu, farzandlarga mehribonlik qilishga buyurilgan oyatlar deyarli uchramaydi? Kalomullohni sinchiklab o‘qib o‘rgangan kishi undan yuqoridagi savllarga javob topa oladi: Qur'onda biron behuda jumla yoki so‘z yo‘qdir. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun qaysi farmonni necha marta takrorlash lozim bo‘lsa, uni Shuncha marta nozil qilgan. Negaki YAratgan o‘z bandalarining jismoniy jihatlaridan ham, ruhoniy xususyatlaridan ham juda yaxshi ogohdir, masalan, U zot ota – onaga, xususan onaga o‘z farzandlariga nisbatan Shunday mehr ato etganki, ona uchun eng og‘ir, hatto tahlikali davr bo‘lgan homiladorlik va ko‘z yorish davri hamda chaqaloqni emizib, tarbiyalash yillari ota – ona hayotidagi eng baxtli damlardir. Binobarin, ota – ona (albatta ular agar insoniy ma'naviyatdan ajrab vahshiylik darajasiga tushib ketmagan bo‘lsalar) farzandga yaxshilik qilishga buyurishning o‘zi ortiqchadir. Ammo farzandlar esa yoshliklariga borib yoki o‘zlarining o‘g‘il – qizlari bilan ovora bo‘lishib ortlaridagi ota-onalariga beparvo bo‘lib qolishlari mumkin, Shuning uchun Qur'on farzandlarni tez –tez ota – ona oldidagi burchlarni ado etishga davat qildi.”
Kishining dunyoda qilgan hayirli ishlari orasida ota – ona roziligiga musharraf bo‘lishdan ko‘ra sharafli ish yo‘qdir. Islom tarixida Alloh yo‘lida hijrat qilgan, Uning roziligi uchun jangu jadallarda qon kechgan, borlig‘ini Allohga baxshida qilgan insonlar haqida ko‘plab misollar bor. Ammo inson vujudini parokanda qilib, Tangri uchun o‘z qonini to‘kanda ham, bu amal ota –ona roziligini olgan farzand amalidan ustun bo‘lolmaydi.
Rivoyatlarda keltirilishicha, bir zargar – do‘kondor savdo bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan vaqtida husnu jamoli jozibador ayol kelib, o‘ziga munosib bilak uzuk so‘rabdi. Zargar o‘z mahsulotlari orasidan alohida mehr bilan tayyorlagan bilak uzukni olib, o‘z qo‘llari bilan ayolning bilagiga taqibdi. Bu buyum ayolning bir husniga o‘n husn qo‘shibdi. Beqiyos go‘zallik va ayol tarovatidan sarmast bo‘lib, o‘zini yo‘qatgan zargar beihtiyor ayolning bilagidan o‘pibdi.
Ayol ketgach esa, o‘z qilmishidan pushoymon bo‘lib, kechga qadar ko‘ngli yorishmabdi.
Zargarning uyida qirq yildan buyon halol hizmat qilib yurgan habash quli bo‘lib, Shu kuni bekasi bir yumush bilan uni yoniga chaqiribdi. Qul esa kutilmaganda ayolning qo‘llariga yopishib, uning bilak va tirsaklaridan bo‘sa ola boshlabdi. Ayol bu kutilmagan holdan juda taajjublanibdi va eri ishdan qaytgach, voqiyani unga gapirib beribdi.
Bo‘lib o‘tgan ishlardan iztirobga tushgan er bir oz sukutdan keyin:
Xotin, kechir! Qulingda ayb yo‘q! – degan ekan.
Tobaroniy qayd etadi:
“- Ota – onalaringizga yaxshilik qilingizki farzandlaringiz ham sizlarga yaxshilik qiladi. Iffatingizni asrangki, xotinlaringiz ham iffatli bo‘ladi.”2
Farzand shakllanib, shaxs darajasiga o‘sib etishi bir jihatdan ota – onaga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi atrofdagi kishilar ta'siri, ulardan olinadigan yaxshi – yomon o‘rnakka ham bog‘liqdir. Farzandlar kim bilan, kimning ta'sirida ekanligi ota – onani eng birinchi navbatda qiziqtiruvchi muommo bo‘lishi kerak. Afsus, ko‘p holda bu vazifaning uddasidan chiqa olmaganimiz tufayli farzandlarimiz xatti – harakati, gap – so‘zi dilimizning ranjitib qo‘yadi.
YUqoridagi fikrimizni davom ettirib, ota – onaga nisbatan farzandlik burchlari haqida aytadigan bo‘lsak, “Farzand otasining qarzini hech qanaqasiga uzolmaydi. Faqat uni qullikka tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqini uzgan bo‘ladi.” 2
Alloh Taolo bergan, Rasulimiz (s.a.v) ga nozil bo‘lgan dinimiz shariatiga ko‘ra farz qilingan amallarning eng asosiylari iymon, namoz, ro‘za, zakot va hajdir. Tangri bergan erk Shu darajadaki “Ota – onaga ehson bermoq va izzat – ikrom qilmoq, namoz o‘qish, zakot berish, ro‘za tutish, hajga – umraga borish va Alloh yo‘lida jihod qilishdan fazilatliroqdir.”3
Ota – onaning ko‘nglini topish, ularning rizolik duolarini olish, dillarini ranjitadigan ishlardan yiroq bo‘lish, nimaiki istasalar qo‘limizdan kelganicha muhayyo qilishimiz, ularning har qanday doshnomlarini sabr bilan qabul qilish ohirat uchun eng afzal sarmoyadir. “Kimki ota – onasini mamnun etgan holda erta bilan o‘rnidan tursa, ularga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota – onasini mamnun qilgan holda shomga kirsa ham Shunday bo‘ladi. Agar birini mamnun etsa janatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota – onaga qarshi bormang – zulm o‘tkazgan bo‘lsalar ham, o‘tkazmagan bo‘lsalar ham ... Kimki ota – onasini ranjitgan holda tong otirsa, uning uchun jahannamning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota – onasini ranjitgan holda kunini kech qilsa ham Shunday bo‘ladi. Agar birini rajitsa do‘zahning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang – zulm o‘tkazgan bo‘lsalar ham, o‘tkazmagan bo‘lsalar ham...”4
Farzandlar ko‘cha – ko‘yda yuksak hulq namunalarini ko‘rsatib, atrofdagilarga qo‘lidan kelganicha yaxshilik qilib yursa, bu amallarning savobidan ota – onasiga ham beriladi.
Rivoyatlarda keltirilishicha, bir zargar – do‘kondor savdo bilan mashg‘ul bo‘lib
o‘tirgan vaqtida husnu jamoli jozibador ayol kelib, o‘ziga munosib bilak uzuk so‘rabdi. Zargar o‘z mahsulotlari orasidan alohida mehr bilan tayyorlagan bilak uzukni olib, o‘z qo‘llari bilan ayolning bilagiga taqibdi. Bu buyum ayolning bir husniga o‘n husn qo‘shibdi. Beqiyos go‘zallik va ayol tarovatidan sarmast bo‘lib, o‘zini yo‘qatgan zargar beihtiyor ayolning bilagidan o‘pibdi. Ayol ketgach esa, o‘z qilmishidan pushoymon bo‘lib, kechga qadar ko‘ngli yorishmabdi.
Zargarning uyida qirq yildan buyon halol hizmat qilib yurgan habash quli bo‘lib, Shu kuni bekasi bir yumush bilan uni yoniga chaqiribdi. Qul esa kutilmaganda ayolning qo‘llariga yopishib, uning bilak va tirsaklaridan bo‘sa ola boshlabdi. Ayol bu kutilmagan holdan juda taajjublanibdi va eri ishdan qaytgach, voqiyani unga gapirib beribdi.
Bo‘lib o‘tgan ishlardan iztirobga tushgan er bir oz sukutdan keyin:
Xotin, kechir! Qulingda ayb yo‘q! – degan ekan.
Xotin-qizlar yot kishilarga yuzini ko‘rsatmaslik, sharm-hayoli bo‘lish uchun yopinchiq yopinishi Qur'oning 24 va 33-suralarida nozil qilingan. Qur'onda tilga olingan «hijob» yopinchiq, ayolning yuzi va bo‘yinlarini to‘sib turadigan ro‘molni, undagi «jilbob» degan ibora esa hovlidagi erkaklar va ayollar qismini ajratib turadigan to‘siq, pardani anglatadi. Keyinchalik musulmon xalqlarida bu xilma-xil shakl kasb etgan. Hozirgi arab ayollarida hijob peshona va og‘iz-burunni to‘sib turadigan ro‘mol, o‘zbek va tojiklarda maxsus paranji-chochvon, afg‘onlarda maxsus chodra, eroniylar, ozarbayjonlar, turklarda katta ro‘mol, turkmanlarda esa yashmak va h.k. Namangan shahri va viloyatda «oq yopinchiq» deyiladi.
Qur'onda faxshlik atamasi bo‘lib, u erkak va ayolning buzuqchilik qilishini, tanfurushlikni anglatadi. Bu ahloqsizlikka yo‘l qo‘ygan kishi o‘lim jazosi yoki 100 darra urib jazolash belgilangan. O‘rta asr sharoitida jamiyatni huquqiy va ahloqiy boshqarish uchun bunday chora-tadbirlar zarur edi. Lekin hozir ham bu tadbirlar foydasiz emas, fahshlik oila va jamiyatga katta ma'naviy zarar keltirishi isbotlangan.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar.
1. Islom dini qachon va qaerda paydo bo‘lgan?
2. Islomdagi oqimlar va masxablar.
3. Islom ta'limotining asosi nimadan iborat?
4. Islom dini qachon va qanday O‘rta Osiyoga kirib kelgan?
5. Qur'onning paydo bo‘lish tarixini bilasizmi?
6. Qaysi muxaddis olimlarni bilasiz?
7. Islomda oila munosabatlari qanday talqin qilinadi?



1 Ҳадис ва Қуръон оятлари М.А. Жўшоннинг “Ислом тасаввуф ва аҳлоқ” китобидан келтирилди.

Yüklə 44,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin