Telefon prefiksi
1
Internet domeni
.us
.mil
.gov
.edu
Davlat tuzumi
Tabiati
sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida AQSh va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli
choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada
togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa
oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur
daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi
2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib
turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy
platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-
muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSh — foydali qazilma
zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Koʻmir, neft, gaz, mis,
qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari
mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. AQSh hududining deyarli
hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning janubiy qismi
tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq
Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi.
Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning
faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. AQSh ichki mintaqalarining
iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy
Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati −19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda −3,7° va
iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida
subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika
boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida — dengiz
iqlimi. NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati −0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida
Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va
qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (-64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori
harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.
Oʻrtacha-yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida — 3000-
4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1500
mmdan gʻarbda 3000 mm gacha. AQShning koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi.
Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi
oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak
va boshqalar) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi
Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada
chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida
Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil
boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv
taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi.
Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq,
janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq
sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari.
Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean
sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi
ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida
quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini
yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obʼyektlari orasida Iyellouston
milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad
gʻorlari bor.
Asosiy maqola:
Amerika Qoʻshma Shtatlari demografiyasi
AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub
joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni
afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 %
shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-asrning 2-yarmida
Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib
topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-
etnografik guruhi boʻlib, ular 17-19-asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning
avlodlaridir. Afroamerikaliklar koʻp asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga
qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir boʻldi. Duragaylar
afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar,
italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va
boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin oʻzbek istiqomat qiladi. Ular asosan
NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa
shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shugʻullanadilar. Hozirgi
amerikalik oʻzbeklarning ota-bobolari 1917-yilgi oktabr toʻntarishidan keyin bolsheviklar
tazyiqidan qochib, avval Afgʻoniston va Xitoyga oʻtib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston,
Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida turli
yoʻllar bilan u yerga borib qolgan oʻzbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi — 1 km² ga
27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari:
Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington,
Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana qarang
Amerikaliklar
).
Aholisi
Tarixi
Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda X.
Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya,
Shvetsiya, Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida
asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini
oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy holi qirgʻin qilindi va
Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775-83-yillardagi Shimoliy Amerikada
mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4-iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u
respublika deb eʼlon qilindi.
J. Vashington
Amerika Qõshma Shtatlarining birinchi prezidenta etib
saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan
dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni
oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana
„sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas
tortib olindi. 19-asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining
hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. 19-asr oʻrtalarida AQShda
„ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar
partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari
oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861-65-yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident
A.
Linkoln
boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida
(1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng
mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va
Aleut orollarini sotib oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda
Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi
toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi
davri (1914- 18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida
turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada
iqtisodiy inqiroz (1929-33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yil 17 mln. ishsiz bor edi),
korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida
F. Ruzvelt
(1933- 45-yillarda
AQSh prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi.
Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb
atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya
Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh
Ikkinchi jahon
urushiga
qoʻshildi va Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan
Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin
tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil
Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6-iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya
ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda
G. Trumen
(1945-53-yillarda AQSh prezidenta) buyrugʻi
bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch
aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53-yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956-75-
yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan AQSh —
BMT
, shuningdek Amerika davlatlari
tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12-
fevralda oʻrnatgan.
Milliy bayrami — Mustaqillik kuni —
4-iyul
(1776).
Respublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan;
Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi — ishlab chiqarish
kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. AQShda salkam 40 mustaqil kasaba
uyushmalari ham bor, ularga 4,5 mln. ishchi va xizmatchi aʼzo boʻlib kirgan.
AQSh — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy
mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab
chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-
oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga
toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra,
1994-96-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh
birinchi oʻrinda turibdi.
1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun „Yangi yoʻnalish“
doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi.
Birinchi jahon urushi natijasida AQSh Dunyodagi etakchi davlatga aylanadi. Amerika
kompaniyalari evropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol -
yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab evropa mamlakatlari AQShdan urush olib borish
uchun kredid oldilar va urushdan soʻng AQSh oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari
urush davrida jami 35 mlrd. dollar foyda koʻrishdi. 1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam
haqidagi qonnnnnnun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi.
Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish
taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul
qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi.
Norentabel fermalar tugatildi. „Yangi yoʻnalish“ AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni
liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Xoʻjaligi
Sanoati
AQSh Kongressi "Vagner qonuni " ni qabul qildi.Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy
shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi.Kasaba uyushmalari
huquqlarining va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun
kurashiga yangi turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi. Tan olingan
markaz — Amerika mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti — Ishlab
chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish
kasaba uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning
liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada
moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik
ishi — 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki
mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi.
1935 va 1937-yillarda AQSh bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy
munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi.Ruzvelt 1937-yil 5-oktabr
kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik
davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26-iyul kuni AQSh Yaponiya
bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan
soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan
qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.
AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga
yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“,
„Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford
motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“
poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat
korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz
eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron,
shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy
etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 %
AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va
oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit
(Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy
markazlari — Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy
sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan.
Sanoatning yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-
uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy
shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada
Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va
kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York,
Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik
(asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining
asosiy markazlari — Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar,
plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli
oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda,
Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York,
Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan
eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida)
va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-
ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari — goʻsht,
sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
AQSh milliy daromadining 8 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi. Yirik fermalar
yetakchi rol oʻynaydi. Umuman qishloq xoʻjaligi sermahsul va sertovar boʻlib, muayyan hududlar
ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln.ga yaqin fermer
xoʻjaligi bor, bir fermer xoʻjaligi oʻrta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga
yaroqdi aholining 2,5 % qishloq xoʻjaligida band. AQShda asosan makkajoʻxori, soya, paxta,
tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekiladi.
Bugʻdoyzorlar („bugʻdoy mintaqasi“) Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va
Shimoliy Dakota shtatlari), makkajoʻxori („makkajoʻxori mintaqasi“) Buyuk koʻllarning janubiy va
gʻarbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi
hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi
daryosi etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki Shimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki
shtatlarida yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va
Buyuk koʻllar sohillarida koʻproq. Keng choʻllar va „makkajoʻxori mintaqasi“ shtatlarida
goʻshtbop chorvachilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan.
Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning koʻp qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyogʻ ishlab
chiqariladi. Qoʻychilik asosan qurgʻoqchil togʻli shtatlarda rivojlangan. Goʻshtbop joʻja (broyler),
tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum koʻproq janubi-sharqiy shtatlardagi
yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. AQShda 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh
choʻchqa, 10 mln. bosh qoʻy bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yogʻoch tayyorlanadi.
Ichki yuk tashishda temir yoʻl, avtomobil transporti, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo
transporti, gaz va neft quvurlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York,
Qishloq xoʻjaligi
Transporti
Filadelfiya, Baltimor, Yangi Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk koʻllarda — Chikago, Dulut.
Aviatsiya qatnovi asosiy uzellari — Nyu York, Chikago, Atlanta, Los Anjeles, Mayami, Dallas.
Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham,
importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari,
transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va
yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari,
ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari,
kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi.
Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari.
Pul birligi — Amerika dollari.
Mamlakat kasalxona muassasalarining 70 % — xususiy. Shifokorlarni tibbiyot maktablari
tayyorlaydi. Saratoga-Springs, Kliften, Trenchlik, Xot-Springsda balneologiya, Atlantiksitida
dengiz boʻyi, Santa-Klaus, Monterey, Santa Barbarada dengiz kurortlari bor. Atlantika va Tinch
okeanlari sohillari va orollarida, shuningdek togʻ va choʻl joylarda iqlimiy stansiyalar joylashgan.
Milliy maorif tizimi mustaqillik uchun urush (1775-83)dan keyin qaror topa boshladi. 1852-yilda
Massachusets shtati AQShda birinchi boʻlib majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul
qildi. AQShdagi koʻpchilik shtatlarda 7-16 yoshdagi bolalar uchun oʻqish majburiyil Oʻrta
maktabning turlari koʻp: 3-yillik kichik oʻrta maktab, 6-yillik birlashgan kichik va oʻrta, 4-yillik
oʻrta maktab. Barcha variantdagi oʻrta maktablarda oʻqish muddati — 12-yil Oliy taʼlim tizimi
universitetlarni, 4-yillik kollejlarni bundan tashqari toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan 2-yillik kichik
kollejlarni, hunar va texnika institutlarini oʻz ichiga oladi. Barcha oliy oʻquv yurtlarida taʼlim pulli.
Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli shahrida), Viskonsin, Michigan, Illinoys,
Kornell (Itaka shahrida), Kolumbiya, Prinston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya,
Stenford va Massachusets texnologiya institutlari. Yirik kutubxonalari: Kongress kutubxonasi
(1800-yil tashkil etilgan), Nodir kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasi, Milliy arxiv kutubxonasi,
Milliy tibbiyot kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari, Los-Anjeles (1872-yil tashkil
etilgan), Chikago (1872-yil tashkil etilgan), Boston (1852-yil tashkil etilgan), Nyu-York (1895-yil
tashkil etilgan) xalq kutubxonalari va boshqa Mashhur muzeylari: AQSh Milliy muzeyi, Havoda
Tashqi savdosi
Tibbiy xizmati
Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari
uchish va kosmonavtika milliy muzeyi, Nafis sanʼat asarlari milliy kolleksiyasi, Milliy sanʼat
galereyasi, Tarix va texnika milliy muzeyi, Milliy portret galereyasi (hammasi Vashingtonda),
Hozirgi zamon sanʼat muzeyi, Metropoliten muzey, Amerika tabiatshunoslik tarixi muzeyi (Nyu-
Yorkda), Boston nafis sanʼat muzeyi va boshqa
AQShda ilmiy muassasalarga rahbarlik qiladigan yagona markaz yoʻq. Vashingtondagi AQSh
Milliy Fanlar Akademiyasi (1863-yilda tashkil boʻlgan) fan va texnika masalalari boʻyicha federal
hukumatning maslahatchisi hisoblanadi. 1964-yilda alohida Milliy texnika akademiyasi tuzilgan;
Kaliforniya Fanlar Akademiyasi (1853), Chikago Fanlar Akademiyasi (1857) mavjud. Barcha ilmiy
tadqiqotlarning anchagina qismi universitetlarda olib boriladi. 1965-yilda tashkil etilgan Milliy
taʼlim akademiyasi maorif va ped. masalalari bilan shugʻullanadi. Mamlakatda birtalay
ixtisoslashgan ilmiy tashkilot va jamiyatlar bor. 10 mingdan ortiq, asosan, xususiy sanoat
firmalari, 700 ga yaqin federal hukumat muassasasi ilmiy tadqiqot va tadqiqot-konstruktorlik
ishlarini amalga oshiradi. Kongressning ijozati bilan federal hukumat barcha ilmiy tadqiqot va
konstruktorlik ishlarining yarmini pul bilan taʼminlaydi. 1950-yilda Millim ilmiy fond tashki l etildi.
Bu muassasa zimmasiga ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishini belgilash, ularni muvofiqlashtirish va
pul bilan taʼminlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Fan va texnika masalalari
boʻyicha federal kengash prezidentning maxsus yordamchisi boshchiligida hukumat
muassasalari bajaradigan tadqiqot ishlarini nazorat qiladi. Davlat muassasalari orasidagi eng yirik
fondlar Mudofaa vazirligiga qarashlidir. Bu vazirlik ixtiyorida 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot va
tajriba ilmiy markazlari bor.
AQShdagi yirik kundalik gazetalar: „Nyu-York tayms“ („Nyu-York vaqti“, 1851-yildan), „NyuYork
deyli nyus“ („Nyu-York kundalik yangiliklari“, 1919-yildan), „Nyu-York post“ („Nyu-York pochtasi“,
1801-yildan), „Vashington post“ („Vashington pochtasi“, 1877-yildan), „Vashington tayms“
(„Vashington vaqti“, 1982-yildan), „Uollstrit djornel“ („Uollstrit gazetasi“, 1889-yildan), „Chikago
tribyun“ („Chikago minbari“, 1847-yildan), „Los-Anjeles tayms“ („Los-Anjeles vaqti“, 1881 ydan),
jurnallar: „Taym“ („Vaqt“, 1923-yildan), „Nyusuik“ („Hafta yangiliklari“, 1933-yildan), „Yunayted
steyts nyus end uorld riport“ („Qoʻshma shtatlar yangiliklari va jahonga nazar“, 1933 ydan),
„Biznes uik“ („Biznes hafta mobaynida“, 1929-yildan), „Neyshn“ („Xalq“, 1865 ydan), „Demokrat“
(1961 ydan), „Layf“ („Hayot“). Yetakchi axborot agentliklari: Assoshieyted Press (AP; 1848-
yilda tashkil etilgan) va YUPI (1958-yilda tashkil etilgan). Birinchi tijorat radiostansiyasi 1920-
yilda tashkil etilgan. AQShda 9 mingdan koʻproq radio va IZO telestansiya mavjud. Tajriba
telekoʻrsatuvi — 1928-yildan, muntazam telekoʻrsatuv 1941-yildan ishlaydi.
Ilmiy muassasalari
Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi
17-asrdan rivojlana boshladi. 1775-83-yillar mustaqillik uchun urush davridagi maʼrifatparvarlar,
xususan, „Uchinchi tabaka“ oliy maqsadlarining targʻibotchisi B. Franklin va atoqli publitsist,
„Somom aql“ (1776) va „Inson huquqlari“ (1791- 92) manifestining muallifi T. Peyn faoliyati
milliy adabiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. T. Jeffersonning „Mustaqillikdeklaratsi-yasi“
(1776)da ilgʻor maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etdi. Yevropa romantizm i taʼsirida 19-asrning 1-
yarmida Amerika romantizmi yuzaga keldi va milliy oʻziga xoslik xususiyatlarini ifodalab berdi.
Romantizmning dastlabki davri 1810- 30-yillarga toʻgʻri keladi. Uning eng salmoqli vakillaridan V.
Irving, U. K. Brayant, J. F. Kuper asarlarida Amerika xalqining farovon turmush haqidagi orzu-
umidlari aks etgan. 19-asrning 40-60-yillarida adabiyotda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun
boshlangan harakat bilan bogʻliq yoʻnalish yuzaga keldi. J. G. Uityer, X. U. Longfello, J. R. Louell,
G. Bicher-Stou („Tom toganing kulbasi“), R. Xildret kabi shoir va yozuvchilar asarlari, U. L.
Xarrison, U. Filips, A. Linkoln, mutafakkir negr F. Duglaslarning publitsistikasi quldorlikka qarshi
qaratildi. Shoir U. Uitmen ijodi ham milliy adabiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Fuqarolar
urushidan keyin AQSh adabiyotida Mark Tven („Tom Soyerning sarguzashtlari“, „Geklberri
Finning sarguzashtlari“) AQSh adabiyoti tarixida oʻchmas iz krldirdi. T. Drayzer („Moliyachi“,
„Amerika fojiasi“), F. Norris, J. London („Martin Idei“) 19-asr AQSh adabiyoti anʼanalarini davom
ettirib, AQSh adabiyoti tarixida yangi saxifa ochdilar. J. Londonning asarlarida insonning alohida
toifasi, mard, kuchli, halol, ayni vaqtda oʻz hayotiy kurashida yolgʻiz inson gavdalantirilgan. T.
Drayzerning romanlarida ijtimoiy hodisalar chuqur tahlil etilgan, zamon qaxramonlarining taqdiri
keng miqyosda tasvirlangan, tarixga donishmandlarcha nazar tashlangan. 20-asrning 20-yillarida
„Yoʻqotilgan avlod“ deb atalgan adabiy guruh (E. Xeminguey, U. Folkner, J. Dos-Passos, F. S.
Fitsjerald) tashkil topdi. Uning vakillari mavjud tartibqoidalarni tanqid qildilar, ishonchsizlikni,
bosqinchilik urushlariga qarshi harakatni, yosh avlod fojiasini tasvirladilar. Ikkinchi jahon urushi
arafasida T. Drayzer fashizm mohiyatini fosh etdi va unga qarshi kurashchi obrazini yaratdi.
Urushdan keyin J. D. Selinjer, J. Chiver, J. Apdayk, U. Stayron, J. Outs prozasining bosh
qahramoni — maʼnaviyatsiz jamiyatda oʻz qobiliyatini roʻyobga chiqara olmaydigan shaxs. Bu
yozuvchilarning koʻpgina asarlari oʻrta sinf deb atalgan toifadagi odamlarga, yoshlarga
bagʻishlangan. 20-asr Amerika sheʼriyatida xilma-xil gʻoyaviy-badiiy yechimlarni koʻramiz.
AQShning ilmiy-sarguzasht va hajv adabiyoti (A. Azimov, A. Klark va boshqalar) oʻziga xos
mavzularning boyligi bilan ajralib turadi. Badiiy-hujjatli roman janri ayniqsa rivoj topdi. Amerika
adabiyotining eng yaxshi namunalari „Tom togʻaning kulbasi“ (G. BicherStou), „Tom Soyerning
sarguzashtlari“, „Geklberri Fin sarguzashtlari“ (M. Tven), „Koʻmir qiroli“ (E. Sinkler) romanlari, J.
London, O. Genri, T. Drayzer, O. Karlson, P. Bak, R. Konnel, E. Xeminguey hikoyalari, L. Xyuz
sheʼrlari va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr etilgan.
Adabiyoti
Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga kelmaslaridan oldin indeyslarning oʻziga xos meʼmorligi
boʻlgan. Irokezlar „uzun uylar“ deb atalgan turar joylar yaratgan boʻlsalar, Pueblo indeyslari
„pueblo“ qishloq uylarini qurganlar. Ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari AQShga Yevropa
anʼanalarini keltirdilar. Dastlabki binolar barokko uslubida qurilgan. Ular sodda boʻlib, nAQShlar
kam ishlatilgan. 18-19-asrlarda AQSh meʼmorligida klassitsizm uslubi hukm surdi. Bu uslubda
davlat va jamoat binolari (Vashingtondagi Oq uy, Nyu-Yorkdagi Eski ratusha — shahar idorasi),
ibodatxona va boshqa qurildi. Keyinroq quramalik va dabdabalilik kuchaydi [Vashingtondagi
Kapitoliy (kongress) binosi]. Fuqarolar urushidan soʻng AQSh meʼmorligi yuksalish yuliga oʻtdi.
AQShning bir qancha isteʼdodli meʼmorlari T. Richardson, J. O. Ryoblin, U. O. Reblinglar qurilish
texnikasi rivojiga katta hissa qoʻshdilar (Bruklin koʻprigi). 20-asr AQSh meʼmorligi, asosan,
texnika va iqtisod surʼatiga bogʻliq holda rivojlandi. 20-asrning 20-30-yillarida Amerikaning bir
qancha shaharlarida (Nyu-York, LosAnjeles, Chikago va boshqalar) nihoyatda baland binolar
qurildi. Amerikaning eng isteʼdodli meʼmorlari L. Salli-ven va F. L. Rayt yangi texnika
imkoniyatlarini estetik tushunishga intildilar: L. Salliven koʻp odam sigʻadigan katta binolar
uchun poʻlat toʻsinli konstruksiyani ishlab chiqsi, F. L. Rayt esa kichik bino loyihalari ustida
ishladi, ayni vaqtda bir necha baland hamda baʼzi maʼmuriy binolar loyihasi ham 30-yillar
oʻrtalarida chizildi. AQShga Yevropadan mashhur meʼmorlar: V. Gropius, M. Breyner, L. Mis van
der Roe, E. Mendelson, R. Neytra, E. Sa-ariyenen va boshqa keldilar. Ular hozirgi zamon AQSh
meʼmorligiga asos soldilar. Ikkinchi jahon urushi-yillari AQShda yigʻma qurilish rivojlandi. Urushdan
soʻng „Poʻlat va alyuminiy“ meʼmorligi ragʻbatlantirildi, meʼmoriy shakllarning „universal uslubi“
taraqqiy etdi (L. Mis van der Roe asarlari). 50-yillarning oxirida yangi klassitsizmning yangicha
nusxasi paydo boʻldi (E. D. Stoun, M. Yamasaki kabi meʼmorlar). 60-80-yillar inshootlari hajmining
kattaligi, geometrik miqyoslarining salmoqliligi, meʼmoriy yunalishlarning betartibligi bilan ajralib
turadi (Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markazining 412 m balandlikdagi 110 kavatli minorasi, 1971-
73, meʼmorlar M. Yamasaki, E. Rot; Chikagodagi „Sire va Robak“ savdo konsernining 442 m
balandlikdagi minorasi, 1972-75, „SOM“ firmasi meʼmorlari; Minne-apolisdagi bank binosi, 1969-
73, meʼmor G. Birkerts va boshqa; San-Fransiskodagi „Xayat Rijensi“ mehmonxonasi, 1973, „Jon
Portmen va boshqa“ firmasi hamda Los-Anjelesdagi „Bonavantyur“, 1978, meʼmor J. Portmen).
AQShning yerli xalqi — indeyslarning AQShga boshqa mamlakatlardan kelgan xalqlar sanʼatidan
farklanuvchi oʻziga xos qadimiy sanʼati bor. Indeyslar sanʼati diniy xarakterdagi yogʻoch haykallar,
nAQShli sopol idishlar, guldor matolar, bizon terisiga tushirilgan nAQSh va rasmlar,
zebziynatlardan iborat. AQSh yerlari yevropaliklar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan
davrdan 18-asr oʻrtalarigacha mahalliy tasviriy sanʼatda (yevropaliklar sanʼati) barokko uslubining
Meʼmorligi
Tasviriy sanʼati
soddalashtirilgan shakllari bilan yaratilgan taqlidiy asarlar tarqalgan. 18-asr oxiri va 19-asr
boshlarida AQShda rassomlar — G. Styuart, J. Trammbal, T. Salli ijod qildilar. AQSh tasviriy
sanʼati rivojida Filadelfiyada tashkil topgan Badiiy akademiyaning (1805) ahamiyati katta boʻldi.
18-asr oxiri va 19-asr boshlarida rivojlangan AQSh tasviriy sanʼati 19-asrning 20-50-yillarida
tushkunlik davrini boshdan kechirib, 19-asr 2-yarmidan yana yuksaldi. Biron Uoldo, U. Maunt kabi
realist rassomlar ijodida xalq turmushini jonli va haqqoniy ifodalashga intilish seziladi. 19-asrning
2-yarmida ijod qilgan va Amerika sanʼatini yuksak darajaga kutargan rassomlar orasida U. Gomer,
T. Itkins, J. Uistlerlar alohida oʻrin tutadi. Rassomlik sanʼatining tarkib topishiga T. Nast,
haykaltaroshlikka esa O. Sent-Godens hissa qoʻshgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQSh
tasviriy sanʼatida impressionizm, simvolizm, modernizm (Ch. Xessem, M. Preidergast) oqimlari
paydo boʻldi. 20-asr boshlarida haykaltarosh J. Bernard, rassomlardan J. Pensell, J. Sloan va J.
Bellouz kabilar ijod qildilar. AQSh tasviriy sanʼatida rassom R. Kent alohida oʻrin tutadi. R. Kent
shimoliy manzaralari va kitob suratkashligining mohir ustasi sifatida jahonga tanilgan. Portretchi
I. Olinskiy, amerika xalqi turmushini haqqoniy tasvirlovchi aka-uka R. va M. Soyerlar, haykaltarosh
M. Filde kabilar ham mashhur.
AQSh musiqiy madaniyati Yevropa va Afrikadan olingan musiqiy shakllar, janrlar va uslublar
hamda Amerika qitʼasida qadimdan mavjud boʻlgan musiqiy anʼanalar omuxtasi tarzida tarkib
topdi. Indeyslarning musiqa madaniyati bir ovozli va pasayib boruvchi ohangli qoʻshiq hamda
raqslardan iborat boʻlgan. Amerikaning dastlabki yarim professional musiqachilari — U. Billings, E.
Lou, J. Morgan (18-asr oxiri); ular ijodida dastlabki kelgindilarning diniy qoʻshiqlari amerikacha
musiqaga xos yangi shaklga kirdi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab AQShga Yevropa
mamlakatlaridan musiqachilar, kompozitorlar kelib, Amerika musiqa madaniyati rivojiga hissa
qoʻshdilar. Ular simfonik orkestrlar, musiqa oʻquv yurtlari va jamiyatlari, teatrlar tashkil etishdi.
1883-yil Nyu-Yorkda mashhur „Metropoliten opera“ teatri ochildi. Shotlandiyalik Edvard Mak
Douell AQSh professional kompozitorlik maktabiga asos soldi. L. Armstrong, B. Gudmen, Dyuk
Ellington kabi musiqachilar jaz sanʼatini rivojlantirdilar. Kompozitor va pianinochi Jorj Gershvinning
1935-yilda sahnalashtirilgan „Porgi va Bess“ operasi Amerikaning haqiqiy milliy operasi sifatida
musiqa tarixiga kirdi. 20-asr 30-yillarida „Kompozitorlar uyushmasi“ va „Ishchi musiqachilar
uyushmasi“ atrofida toʻplangan kompozitorlarning ijodiy faoliyati avj oldi. AQSh
kompozitorlaridan — L. Bernstayn, S Barber, J. K. Menotti, U. Shumen, dirijyorlardan — Yu.
Ormandi, L. Stokovskiy, pianinochi — V. Klaybern, skripkachilardan — I. Menuxin, Isaak Stern,
mashhur negr qoʻshiqchilari — Pol Robson va Marian Anderson, qoʻshiqchi kompozitor Pit Siger,
musiqashunoslar — O. Kinkeldi, P. Lang, N. Slominskiy va boshqalarlar AQSh musiqa tarixida
salmoqli oʻrin tutadi. Mamlakatda bir necha mashhur orkestrlar, opera teatrlari, yirik musiqa
Musiqasi
oʻquv yurtlari, maktablari bor. Mashhur skripkachi Isaak Stern, qoʻshiqchi kompozitor Pit Siger,
Beni Gudmen rahbarligidagi orkestr va boshqa turli vaqtlarda Oʻzbekistonda gastrodda boʻlgan.
Shimoliy Amerika hududida teatr sanʼati boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 17-asrga oid.
Oʻsha paytlarda ingliz missionerlari xristianlikni targʻib qilish uchun diniy pyesalarni sahnalashtirar
edilar. 18-asrda asosan Angliyadan kelgan teatr guruhlari spektakllar qoʻyishardi. 1716-yilda
Uilyamsburgda (Virginiya shtati) birinchi teatr binosi qurildi. Angliyadan kelgan L. Xallem teatri
shu binoda faoliyatini boshladi. U Shekspirning „Venetsiyalik savdogar“ pyesasini sahnaga
qoʻydi. AQSh professional teatri shu tariqa boshlandi. Uning repertuar asosini ingliz
dramaturgiyasi tashkil qilgan edi. 18-asr oxiridan boshlab Amerika dramaturglarining (koʻpincha
U. Danlep) asarlari qoʻyiladigan boʻldi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida yirik shaharlarda teatrlar
tashkil qilindi: „Park“, „Chetem“, „Baueri“ (Nyu-York), „Chestnat Strit“ (Filadelfiya), „Tremont“
(Boston) va boshqa 19-asr ikkinchi yarmida koʻchma guruhlar hisobiga teatrlar soni ortdi. Bu
teatrlarda maʼlum bir pyesani qoʻyish uchun guruh yigʻish, spektaklni foyda bermay qolguncha
koʻrsatib, soʻng guruhni tarkatib yuborish va boshqa pyesa hamda guruh izlash, ularda yetakchi
oʻrinni egallagan „yulduzlar“dan foydalanish odat tusiga kirgan edi. Bu hol Nyu-Yorkning Brodvey
kuchasida joylashgan teatrlarda ham roʻy berdi. 30-yillarda ishchi teatrlari maydonga keldi.
1927-yilda J. Louson va M. Gold „Yangi dramaturglar teatri“ tashkil qilib, „Xoboken Blyuz“ (M.
Gold) va „Internatsional“ (J. Louson) kabi asarlarni sahnalashtirdi. Shu-yillarda „Reper-tuarli
fuqaro teatri“ va 158 federal teatr ochildi. Ammo iqtisodiy tanazzul natijasida ilgʻor teatrlar
birin-ketin yopilib, yana Brodvey teatrlari hukmron boʻlib qoldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin
„Brodveydan tashqari“ teatrlar maydonga keldi: „Kriket“, „Grinuich-Myuz“, „Living“, „Sheridan
Skver pleyxaus“ va boshqa 1957-yilda NyuYorkda „Brodveydan tashqari“ teatrlar uyushmasi
tashkil etildi. 1964-yilda NyuYorkda „Linkoln sanʼat markazi doimiy teatri“ ochildi. 70-yillarda
Texas, Kaliforniya, Florida, Rod-Aylend va boshqa shtatlarda mintaqa teatrlari tashkil topdi.
Tennessi, Viskonsin, Oklaxoma, Minnesota shtatlarida bolalar teatrlari ishlaydi. 50- 80-yillardagi
AQShning yetakchi dramaturglari — A. Miller, T. Uilyame, E. Olbi, J. Gelber, L. Xensberi, J. Boldun,
D. Reyb va b; tanikli rejissorlar — J. Papp, E. Kazan, J. Bek, J. Chaykin, P. Shuman, D. Makbet, E.
Sherin, D. OʻNil, J. Uord; aktyorlar — R. Stayger, L. Kobb, J. Fonda, J. Xarris, M. Stepplton, S.
Puatye, D. Din, D. Jons va boshqa Turli millatlarning ishchi tashkilotlari huzurida havaskorlik
toʻgaraklari mavjud. Teatr kadrlari universitetlarning maxsus fakultetlarida, xususiy drama
studiyalarida tayyorlanadi.
Teatri
Kinosi
AQShda kino sanʼati rivojlana boshlashi arafasida, 1893-yilda T. A. Edison „kinetoskop“ni ixtiro
qildi. Mamlakatda uch-yildan keyin kino ishlab chiqarish boshlandi. 1908-yildan Gollivud
(LosAnjeles yaqinida) AQSh kinematografiyasi markazi boʻlib qoldi. Isteʼdodli rejissor D. U. Griffit
yaratgan „Millatning tugʻilishi“ (1915), „Chidab boʻlmaslik“ (1916), „Sindirilgan novdalar“ (1919)
kabi tarixiy filmlar mustaqil sanʼat sifatida kinoga asos soldi. L. Gish, R. Bartelmes, M. Pikford, K.
Marsh, T. Ins, S.de Mill va boshqa kino sanʼati namoyandalari kinematografiya tarixida oʻchmas iz
qol-dirdi. 20-yillarda „Shimoldan kelgan Nanuk“ (rejissor R. Flaerti, 1922), „Janubiy dengizlarning
Moanasi“ (rejissor R. Flaerti, 1926), „Ochkoʻzlik“ (rejissor E. Shtrogeym, 1924), „Ulugʻ namoyish“
(rejissor K. Vidor, 1925) kabi filmlar yaratildi. Ovozsiz kino sanʼatida Ch. Chaplin, G. Lloyd, B. Kiton,
R. Arbekl, Ch. Konklin kabi kino qiziqchilari yetishib chiqdi. 20-yillarda kino ishlab chiqarish
„Metro-Goldvin-Mayer“, „Kolumbiya“, „Paramaunt“, „Uorner Brazers“ degan asosiy
kinokompaniyalar ixtiyorida boʻldi. „Rizqi-roʻzimiz“ (rejissor K. Vidor, 1934), „Men surgundan
qochganman“ (rejissor Le Roy, 1932), „Gʻazab“ (rejissor F. Lang, 1935), „Jin koʻcha“ (1937) 30-
yillarning eng yaxshi filmlaridandir. Ikkinchi jahon urushi-yillarida „Yettinchi xoch“ (rejissor F.
Sinneman, 1943), „Shimol yulduzi“ (rejissor L. Maylstoun, 1943), „Moskvaga safar“ (rejissor J.
Uorner, 1943) kabi filmlar paydo boʻldi. 50-yillarda Gollivud koʻp seri yal i filmlar chiqara boshladi:
„Ben-Gur“, „Spartak“, „Kleopatra“ va boshqa „Nyu-York maktabi“ deb atalgan ilgʻor maktab
kinematografchilari „Bauerida“ (1956), „Qayt, Afrika“ (1959), „Oʻqraygan koʻz“, „Soyalar“,
„Aloqdchi“ kabi filmlarni yaratdilar. 60-yillardagi AQSh kinofilmlarining eng yaxshilari qatoriga
„Bonni va Klayd“ (A. Peni, 1966), „Favqulodda hodisa“ (S. Lyumet, 1967), „Janubning diqqinafas
tunida“ (M. Nikole, 1967), „Bitiruvchi“ (1968) kabilar kiradi. 70-80-yillarda koʻngilochar va
sarguzasht filmlar, „dahshat“ va „falokat“ filmlari chiqarishga kirishib ketildi. AQSh
kinoaktyorlari — B. Lankaster, S. Tresi, M. Brando, G. va D. Fondalar, D. Xofman. AQShda kino
sanʼati oʻquv va ilmiy tadqiqot muassasalari, jumladan, Kino sanʼati akademiyasi (1927-yilda asos
solingan) bor, u har-yili mamlakat va chet ellarda yaratilgan eng yaxshi filmlarga „Oskar“
mukofotini beradi.
Asosiy maqola:
AQSh geografiyasi
Geografiyasi
|