Amerika Qoʻshma Shtatlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/4
tarix30.07.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#138011
  1   2   3   4
Amerika Qoʻshma Shtatlari

Amerika Qoʻshma Shtatlari

Tayyorladi: Qurbonov M.

Qabul qildi:

Amerika Qoʻshma Shtatlari

  • Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQShinglizchaUnited States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizchaUnited States) yoki shunchaki Amerika (inglizchaAmerica) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko HamdoʻstligiShimoliy Mariana orollari HamdoʻstligiGuamVirginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — 9.8 million km2. Aholisi 331 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari


Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeyslar va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda Christopher Columbus tomonidan kashf etilgandan keyin XVI asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya va Shvetsiya Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya XVIII asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775–83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4-iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. George Washington Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi prezidenti etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin