Amir Temur buyuk davlat arbobi



Yüklə 9,61 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü9,61 Kb.
#209384
1   2   3   4
02. Amir Temur - buyuk davlat arbobi

Jamiyatni rivojlantirish

  • Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroiya tizim – vazirliklarning o‘rni muhim bo‘lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ulardan jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish uchun qat’iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi.
  • Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.

Amir Temur va Islom

  • “Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim”. Sohibqironning birgina ana shu so‘zi uning butun saltanatining ezgulik va yuksak ma’naviyatga asoslangan g‘oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi.
  • Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini belgilaydigan ulkan hodisadir.

Harbiy iste’dodi

Sohibqironning betakror harbiy iste’dodi va qobiliyati zabardast harbiy islohotchi hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko‘zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli armiyani barpo etishga, harbiy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona boshqarishga, paydo bo‘lgan har qanday g‘ov va to ‘siqlarni tadbirkorlik bilan yengishga, qo‘shindagi jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini doimo yuksaltirib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Amir Temur shaxsiyati va mustaqillik

  • Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an’analarini yanada boyitish, bu boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda yosh mustaqil davlatimiz tizimini tobora takomillashtirish sabog‘ini bermoqda.
  • Zotan, biz huquqiy demokratik adolatli davlat va insonparvar fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan bormoqdamiz.

San’at va madaniyat

Amir Temurning san’at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi uchun g‘amxo‘rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida e‘zozlashga intilish singari xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega.

660 yillik to‘yi

  • Amir Temur hazratlari 660 yillik to‘yining 1996-yil 21–24-aprel kunlari Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari bo‘lgan Parij shahrida YuNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtirok etishi va katta nutq so‘zlashi ulkan voqeaga aylandi.

Yüklə 9,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin