Amir temur davrida moliya-pul islohati va soliq siyosati tangalari muomilasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124467
  1   2


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
69 
JILD:02 NASHR:02 2023 yil
 
“AMIR TEMUR DAVRIDA MOLIYA-PUL ISLOHATI VA
SOLIQ SIYOSATI TANGALARI MUOMILASI“ 
 
Baxtiyorov Shoxrux G’ulom o’g’li 
O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti 2-bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqola Amir Temur davrida pul siyosati va islohati tanga muomilasi soliq 
siyosati borasidagin ishlar va qonunlarga bag’ishlangan. 
Kalit so’zlar: Tangalar, pul, soliq, hukmdorlar, no’yon, xon, shayx, bek, amir Kirish. 
Amir Temur bin Tarag’ay 736 hijriy yili (milodiy 1336 yili 9 aprelda) Shaxrisabz shahri yaqin Xo’ja 
Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan.Otasi Tarag’ay Barlos urug’ining nufuzli beklaridan bo’lganligi uchun ham 
yiliga bir marta Ili daryosi bo’yidagi Olmaliq shahrida xon tomonidan chaqiriladigan quriltoyga taklif 
qilinar edi.U xudojuy kishi sifatida shayxlar bilan yaqin munosabatda bo’lar,ayniqsa piri Shayx 
Shamsiddin Kulolga chuqur hurmat va extirom ko’rgizardi.Keyinchalik Shayx Shamsiddin Kulolga 
Amir Temurning ham piri bo’ldi.Tarag’ay 1360 yili vafot etgan va Kesh shahrida dafn etilgan. 
1370 yili bahorida,9 aprel kuni Chig’atoy ulusining barcha beklari Balx shahriga to’planib quriltoy 
ochdilar,unda Amir Temurni Mavronnahrning yagona hukmdori deb e’lon qildilar.Amir Temur Turon 
yurtiga yakka-yu yagona hukmdor bo’lganidan so’ng bu hududagi xalqlar uzoq davrdan buyon orzu 
qilgan tinchlik,barqarorlik va osoyishtalik vujudga keldi. 
Amir Temur uzi tuzgan saltanatda yuritgan iqtisodiy siyosiy,ayniqsa,pul-moliya tizimining 
rivojlantirishi mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga kuchli ta’sir qilar edi.Shuning uchun bu davlat 
ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga,ichki bozor hamda tashqi dunyo bilan savdo-sotiqning 
o’sishiga ham kuchli ta’sir ko’rsatgan eng asosiy omillaridan biriga aylangandi. 
Pulning jamiyat iqtisodida o’ynagan roli kundan-kunga kuchayib borganligi uchun ham qishloq 
xo’jalik maxsulotlaridan olinadigan soliqni naqd pul bilan olishga imkon bergan.Bu davrda asosan 
,qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi xiroj va ushr soliqidan boshqa,savdogarlar va 
hunarmandlar zakod to’laganlar,chegaradan o’tagan mollar hisobidan boj olingan.Bularning hammasi 
davlat xazinasining asosiy manbai hisoblangan.Amir Temur o’z “Tuzuklarida”saltanat ishlarini 
yurutuvchi vazir.U butun saltanat idoralarning kirim-chiqimlari,xazinadan sarf qilingan tamom 
xarajatlar,xatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlargacha ogoh bo’lishi 
lozim.Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni,kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir 
kotib tayinlansin-deb yozadi.Amir Temur davriga kelib,bujet nafaqat tushumlar va chiqimlar qayt 
etilibgina qolmay,balki keying moliya yili uchun muljallangan chiqimlar-u kirimlar miqdorlari ham 
rejalashtirilgan.Davlat bujetidagi xodimlarga oylik moash berishda pul va yani moddiy normalarda 
to’lash tizimi qo’llanilgan.Amir Temur olib borgan pul-moliya siyosatining moxiyatiga tushinib 
yetmagan rus tarixchisi M.Ivanin uning natural bilan to’lash iqtisodiy siyosatini xato talqin qilib;,pul 
munosabatlari bilan yaxshi tanish bo’lmagan ko’chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini odatda 
ot,qo’y,tuya va boshqa narsalar bilan o’lchaydilar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu 
jangchiga tegishli otning narxiga teng qilib belgilardi”-deb yozadi.
18 asrning oxiri,aniq qilib aytganda 1776-yilda Ovrupolik siyosiy iqtisodchi Adam Smit va undan 
keyin David Rekordalar o’z asarida davlatning boyligi uning xazinasida saqlanayotgan oltin,kumush 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
70 
bilan emas,balki shu davlatda yashayotgan xalqlarning o’zlari ishlab chiqargan mehnat mahsulotlarini 
chet ellarda erkin chiqararib savdo-sotiq qilishi bilan belgilanadigan deb yozgandi va fikr Ovrupadagi 
kapital dunyosidagi katta shov-shuvgada sabab bo’lgan edi.Amir Temur o’zining tanga pullarini 
774\1372-1373-yillarda Chig’atoy xonlarining andozasi bo’yicha zarb qilingan bo’lsa ham,lekin 1380-
yillarda pul islohati olib borishi natijasida yangi shakldagi pullarni o’z nomi bilan zarb qildirdi. 
Eski tanga pullar esa xazinaga qaytarib olib,ularni eritgan.Yangi andozadagi tanga pullarni zarb 
qilganligi uchun ham uning birinchi chiqargan pullari turli joylarda topilgan xazinalarda juda kam 
uchraydi.Amir Temur davlatida 1380-yillarda Samarqand va Xorazmda onda-sonda oltin tangalar zarb 
qilingan bo’lsa ham bu tangalar butun dunyodagi numizmatika kolleksionlari uchun kamyob nodir 
tanga hisoblanadi. 
Amir Temur kumush tanga pullarining qadri-qimmati shuncha baland bo’lganki,1403-yili Amir 
Temur saltanatini ziyorat qilgani kelgan Kastiliya(Ispaniya) elchisi Kio Gonsales de Klavix 
yozadi.Amir Temurning kumush tangalari og’irlik vazini 6 grammni tashkil etgan bo’lsa bu tangalar 
katta tangalar deb atalgan.Yana u o’z xotiralarida,Samarqand shahrida har yili juda ko’p turli xil 
mollar sotilar,bu mollar esa Xitoy,Hindiston,Tatariston(Dashti Qipchoq) va boshqa mamlakatlardan 
keltirilar edi.Amir Temur o’zi bevosita Chingizxon avlodidan bo’lmagani uchun o’zini “Amir”deb 
aytaydi.1372-yildan 1388-yilga qadar qo’g’irchoq xon Suyurg’atmish,undan keyin esa uning o’g’li 
Mahmudxon nomidan ish yuritiladi.Manbalarda “Suyurg’atmishxon vafotidan so’ng Amir Temur 
Sohibqiron no’yonlar,amirlar va davlat arkonlari bilan o’tkazilayotgan quriltoyda bu borada bahs va 
mashvarat qilib saltanat taxtiga uning layoqatli o’g’li Sulton Mahmudni o’tirgizdi va uning nomi va 
duosi bilan tangalar zarb qildirdi”,Bu tangalar esa Amir Temur Maxmudxon nomi bilan birga,o’z 
nomini qo’shib zarb qildirdi” 
1402-yili Maxmudxon vafot etgach,Amir Temur boshqa qo’g’irchoq xon tutmay o’sha 
Maxmudxonning nomi bilan pul zarb qilishini davom ettirdi.Bu tangalar old tomoniga: La ilaha 
illallohu Muhammadin rasulloh degan iymon keltirish kalimasini yozdirdi.Tangalar to’rt burchagiga 
esa to’rt xalifa –Abu Bakr, Umar,Usmon va Alilarning nomlarini yozdirdi.Tanganing orqa tamoniga 
esa:Suyurg’amishxon yorlig’i Amir Temur Ko’ragon ahmoni deb yozilgan. 
Amir Temur va Sulton Maxmudxon nomi bilan Avg’oniston, Eron, Iroq va Ozarbayjon shaharlarida 
turli davrlarda zarb qilingan tangalarning orqa tomoniga yozilgan namunalardan aytib o’taman.Sulton 
Maxmudxon yorlig’i Amir Temur Ko’ragon xaldolloh mulkehu;zarb Astrabot va shu kabi tangalarni 
aytib o’tishimiz mumkun.Amir Temur tangalarida biz arabcha,forscha,turkcha va mug’ulcha so’zlarni 
o’qiymiz.Arabchadan Olloh uning padsho va sultonligini mangu boqiy qilsin deb yozilgan edi. 
Yuqorida keltirilgan dalilarda Amir Temur davida O’rta Osiyo shaharlarida pul soliq va tanga 
munosabatlari yoritildi va bu davrning soliq qay darajada olinga pul munosabati qanday bo’lgan 
haqida aytib o’tdik.Juda ko’p tarixiy dalillarni xulosalasak shunday fikrga kelamiz garchgan Amir 
Temur Markaziy Osiyo, Xuroson va Eron yerlarini o’z saltanatiga qo’shib olib u yerlarda tanga pullar 
zarb qildirgani bu davlatni iqtisodi o’sishiga yordam beradi.Amir Temur davrida uzi bosib olgan 
mamlakatni tanga pullarini o’zni 1380-yili chiqargan tanga pullar bilan almashtiradi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin