№4 2022
42
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 1 oktabr Ustoz va
murabbiylar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabriklarida “Biz keng ko‘lamli demokratik
o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri,
ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib
belgiladik.
Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-
mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak”, deb
ta’kidladilar.
Shu yo‘sinda O‘rta Osiyoda va butun Sharq olamida sodir bo‘lgan birinchi va
ikkinchi Renessans mohiyatini va shart-sharoitlarini chuqur anglab yetishimiz zarur.
Eng avvalo, Amir Temur bobomizning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan beqiyos
o‘rinlari
bilan birga, XIV-XV asrda ikkinchi Renessans uchun shart-sharoit yaratib
berganligini ta’kidlash joizdir.
Temuriylar davlati nafaqat hozirgi O‘zbekiston, balki butun Yevroosiyo
hududlarini o‘z ichiga olgan ulkan va qudratli davlatni tuzishga va eng asosiysi, bu
yerda yashagan 72 millatni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Mo‘g‘ullar iskanjasidan
xalos etish barobarida parchalanib ketgan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini
birlashtirib, jahon silsilasida ulkan qudratli mamlakatni barpo etishdek buyuk tarixiy
missiyani bajardi. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan Amir Temurning siyosiy kurash
maydoniga kelishi va Markaziy Osiyoda yashaydigan
xalqlarni birlashtirishi
Yevroosiyo mintaqasida turli ilmiy va madaniy maktablarning qo‘shilishiga va turli
kashfiyot va uslublarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. O‘rta Osiyoda sharq ilmiy
tafakkuri umumlashib, uyg‘unlashib, bir-birining eng ilg‘or taraflarini olib,
yangi
taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi, Amir Temur va temuriylar davri o‘ziga xos ilmiy va
falsafiy tafakkuri paydo bo‘ldi, ilm-fan uyg‘unlashuvi kuchaydi, bir so‘z bilan
aytganda, baynalminal ko‘prik o‘rnatildi. 27 davlatni o‘z ichiga birlashtirgan Ovrupa
va Osiyo hududida tashkil topgan ulkan saltanatda tinchlik-xotirjamlikning
o‘rnatilishi, tashqi xavf-xatarlarning
bartaraf etilishi, mamlakatdagi keng
obodonchilik ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, ilm-fan va ma’naviyatga e’tibor davlat va
jamiyat hayotida muhim burilishlarni boshlab bergan. Amir Temurning homiyligi va
rahbarligi ostida o‘sha davrning mashhur va bilimi o‘tkir olimu ulamolari, usta
quruvchilar, din peshvolari, tabiblar va boshqa o‘z kasbining ustasi bo‘lgan
mutaxassislar Samarqandga taklif etildi. Samarqandda o‘sha
davr dunyosining eng
yirik kutubxonalari va madrasalari bunyod etildi. Temuriylar saltanatining olimlari bu
yerda ilmiy izlanishlar bilan qizg‘in shug‘ullana boshlaganlar. Amir Temur va
Temuriylar davlatining markazi bo‘lgan Samarqand Sharqning intellektual va
madaniyat markaziga aylandi. Amir Temur o‘z zamonasining yetuk bilimdoni
bo‘lishi bilan bir qatorda bir necha tilni bilganligi qayd etiladi. Sohibqiron o‘z
davrining mashhur olimlari bilan majlislarda o‘tkazilgan bahs va munozaralarda ham