Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi
Temur davlatida sud ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Sudlar ochiq ko'rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo'lgan. Aholi uchun, qo'shinlar uchun, ruhoniylar-dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo'lgan.
Umuman sud hokimiyati 3 xil ko'rinishga ega bo'lgan: 1) ma'muriy sudlar; 2)shariat qozisi, ya'ni shariat normalariga asoslanib ish yurituvchi sudya; 3) ahdos qozisi - odat huquqi asosida ish ko'ruvchi sudya.
Diniy martabadagi kishilarni shayx-ul-islom sud qilgan.
Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha xulosalarni mufti (qonunshunos yurist) bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo'lgan. U tortishuv xarakteriga ega bo'lib, tomonlarning o'zlari ayblovchi va oqlovchi ma'lumotlarni, hujjatlarni to'plaganlar, guvohlarni keltirganlar. «Temur tuzuklari»ga asosan, qozilar, har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, «asosli qarorlar va hukmlar» chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo'lsalar faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. Amirning hukmi vojib bo'lgan.
Temur davlatida muxtasiblar (arabcha nazorat qiluvchilar) alohida mavqega ega edilar. Ular diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilib turardilar.
Butun imperiya bo'yicha odil sudlov holatiga qozikalon (oliy sudya) javob bergan. U raiyat qozilari faoliyati ustidan nazorat qilib turgan. Temur davlatida davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablarni suiiste'mol qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo'yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ - adolat devoni mavjud bo'lgan.
Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e'tibor berilgan. Masalan: bosib olingan o'lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo'ysunmasa, unga tan jazosi qo'llanishi mumkin emas edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma'lum qilish kerak edi. Uni ustidan sudni amirning o'zi amalga oshirgan.
Temur juda ko'p davlatlarni bo'ysundirgan. U bosib olgan mamlakatlarning aholisining itoatkorligini, hukmron sinflarning yurish-turishlarini qattiq kuzatib turgan. Temurning maxfiy agentlari bo'lgan. Shu bilan birga har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini kuzatib turish uchun voqeanavis (yurtda bo'ladigan voqealarni kunma-kun yozib boruvchi odam)lar tayinlangan. Voqeanavis maxfiy politsiya funksiyasini bajargan. U o'ziga tegishli hududdagi aholi orasida, harbiy boshliqlar va lashkarlar orasida nima voqealar bo'layotganidan doimo xabardor bo'lib turishi va bular haqida Temurga har kuni ma'lum qilib turishi kerak edi.
Maxfiy politsiya funksiyasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqunchilar, ming nafar choparlar amalga oshirganlar. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib amirga yetkazib turganlar.
Temur tuzuklarida yozilganidek, har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchi (xabarnavis)lar tayinlanib, ular hokimlar, raiyat, sipoh va begona lashkarning xatti-harakati haqida amirni xabardor qilib turganlar. Ular atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqqan yot kishilar har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar, qo'shni podsholar, ularning gaplari, ishlari va chekka o'lkalardan kelgan ulamo, fuzalo haqida batafsil xabarlarni to'g'ri yozib turishlari lozim bo'lgan.
Maxfiy politsiya bilan birga jinoiy politsiya ham mavjud bo'lgan. Masalan, har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal'a komendanti) tayinlanib, u sipoh va raiyatga soqchilik qilgan, o'g'irlik va bosqinchiliklarni oldini olgan. Bundan tashqari yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar (boshqaruvchilar) tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlaganlar, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarining daxlsizligini himoya qilganlar. Yana har bir shaharda qo'rchilar (qo'riqchilar, posbonlar) ham bo'lib, ular aholini qo'riqlab turganlar. Temur har bir mamlakatda mehnatga layoqatli gadolarni aniqlab, ularga vazifa yuklab ish berilishi haqida buyruq chiqargan.
Ta'lim texnologiyali muammolari, O`zbekiston tarixi fani bo’yucha hozirgacha o`qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni talab etadi Innovatsion texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o`qishlar katta farqi bor.
“Ta’limda innovatsion texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:
Ilmiy pedagogik texnologiya - o`qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o`rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogika fanning bir qismidir.
Dostları ilə paylaş: |